$
12634.34 UZS
-18.98
162.37 UZS
0.48
14821.34 UZS
-0.76
36° Kechasi 23°

Aqlingizni sinaydigan topishmoqlar

14:13 / 11.05.2016

Bu topishmoqlarni osongina yechish mumkin. Yoki bo‘lmasa, soatlab ham javob topolmaslik mumkin. Sizlarni quyidagi jumboqlarni yechishga taklif etamiz.

 

1. Yo‘ldagi qiyinchilik

Bir kishi mashinasi g‘ildiragini almashtirayotib ehtiyotsizlik oqibatida g‘ildirakning to‘rtala gaykasini ham kanalizatsiya tirqishidan tushirib yubordi. Ularni olishning imkoni yo‘q edi. Haydovchi endi yo‘lda qolib ketishi haqida o‘ylay boshlaganida uning yonidan o‘tib ketayotgan bir bolakay g‘ildirakni qanday qilib mahkamlash mumkinligi borasida maslahat berdi. Haydovchi bolaning maslahatiga amal qildi va yaqin-oradagi ustaxonaga yetib oldi. Bola qanday maslahat bergan?

 

2. Fosh bo‘lgan yolg‘onchilik

Bir kishi maxfiy klubga shubha uyg‘otmasdan kirishi kerak edi. U klubga kirayotganlar soqchining savoliga javob berib, so‘ngra kirib ketishayotganligini kuzatib turdi. Birinchi kishiga quyidagi savol berildi: «O‘n ikki?» U javob qildi: «Olti!» Va klubga kirib ketdi. Ikkinchi kishiga — «Yigirma ikki?» Javob: «O‘n bir». U ham klubga kirib ketdi. Kuzatayotgan kishi savolga javob topish oson ekanligini ko‘rdi va qorovul oldiga keldi. «Qirq ikki?» — dedi qorovul. «Yigirma bir!» — ishonch bilan javob berdi u va shu zahoti fosh bo‘ldi. Nega?

 

3. Yalmog‘iz kampirning sovg‘asi

Shahzoda Ivan yoz tugab borayotgan paytda to‘qqizinchi qirollik tomon yo‘lga chiqdi va yo‘lda yalmog‘iz kampirning uyida bir tun mehmon bo‘ldi. Kampir uni mehmon qilib, uyidan joy berdi. Ertasiga ertalab shahzodani kuzatar ekan, u bir ko‘ylakni uzatib shunday dedi: «Yo‘lingda daryo uchraydi, uning ustida ko‘prik yo‘q, suzib o‘tishingga to‘g‘ri keladi. Mana bu sehrli ko‘ylakni kiyib olsang, daryodan cho‘kmay o‘tasan». Roppa-rosa yuz kundan keyin shahzoda Ivan daryoga yetib keldi. Lekin daryodan sehrli ko‘ylakni kiymasdan ham bemalol o‘tdi. Nima uchun?

 

4. Quyonlar solingan qafaslar

Hovlida uchta: qizil, sariq va yashil rangli qafas bor edi. Qafaslarda quyonlar bo‘lib, yashil rangli qafasdagi quyonlar soni sariq qafasdagi quyonlardan ikki barobar ko‘p edi. Bir kuni chapdagi qafasdan beshta quyon olindi, qolgan quyonlarning yarmini esa qizil qafasga solishdi. Chapdagi qafas qanday rangda?

 

5. Kim aybdor?

Yarim tunda bir ko‘chada noma'lum mashina bir odamni urib yuborib, voqea joyidan g‘oyib  bo‘ldi. Militsiya xodimi avtomobil katta tezlikda harakatlanganiga e'tibor berdi. Atrofda guvoh bo‘lgan olti kishi bir-biriga zid ma'lumot berishdi:

 

— mashinaning rangi ko‘k, rulda erkak kishi edi;

— mashina katta tezlikda harakatlangandi va chiroqlari o‘chiq edi;

— mashinaning davlat raqami bor edi va sekin ketayotgandi;

— mashinaning rusumi «Neksiya», chiroqlari o‘chiq edi;

— mashinaning davlat raqami yo‘q edi, rulda ayol kishi edi;

— mashinaning rusumi «Spark», kulrang edi.

 

Avtomobil topilgach, faqatgina bitta guvoh to‘g‘ri ma'lumot bergani aniqlandi. Qolgan besh kishining bitta ma'lumoti to‘g‘ri, ikkinchi ma'lumoti noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Javoblardan kelib chiqib mashinaning rusumi, rangi, tezligi, davlat raqami bor-yo‘qligi, chiroqlari o‘chiq-yoniqligi va rulda kim bo‘lganligini aniqlang.

 

6. So‘nggi savol

Yer yuzidagi barcha odamlar bir vaqtning o‘zida nima qilishadi?

 


Bu ham qiziq

Tennis. Karlos Alkaras Uimbldon finaliga yo‘l oldi

Tennis. Karlos Alkaras Uimbldon finaliga yo‘l oldi

Londonda davom etayotgan tennis bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining erkaklar o‘rtasidagi bahsl…
13:13 / 12.07.2025
Taxtiqoracha dovoni orqali pulli tunnel qurilishi bo‘yicha shartnoma imzolanadi

Taxtiqoracha dovoni orqali pulli tunnel qurilishi bo‘yicha shartnoma imzolanadi

Tunnel qurilishidagi asosiy murakkabliklar geologik sharoit va tog‘lik hududda ish olib borish bilan bog‘liq.
18:01 / 12.07.2025
O‘zbekistonning tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

Joriy yilning I choragida O‘zbekistonning umumiy tashqi qarz hajmi 68,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy ba…
16:59 / 12.07.2025
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yaponiya elchisi bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yaponiya elchisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda kun tartibidagi bir qancha masalalar muhokama qilindi
19:01 / 12.07.2025
“Qalpoq” yumoristik jamoasi aktyori hayotdan ko‘z yumdi

“Qalpoq” yumoristik jamoasi aktyori hayotdan ko‘z yumdi

Bu haqda jamoa asoschisi Rahmonali Suropov ma’lum qildi
18:29 / 13.07.2025
Finlandiyada sobiq Vagner harbiy tashkilotining askari hibsga olindi

Finlandiyada sobiq Vagner harbiy tashkilotining askari hibsga olindi

U mamlakatdan siyosiy boshpana so'ragan
20:57 / 12.07.2025
Suriyaning muvaqqat prezidenti Ozarbayjonga keldi

Suriyaning muvaqqat prezidenti Ozarbayjonga keldi

Ozarbayjon rahbari bu uchrashuvni o'ta muhim deb atagan
19:59 / 12.07.2025
Toshkentda sun’iy intellektga asoslangan kameralar ishga tushdi

Toshkentda sun’iy intellektga asoslangan kameralar ishga tushdi

Toshkent shahridagi 10 ta piyodalar o‘tish joyida AI (sun’iy intellekt) texnologiyasiga asoslangan kuzatuv kameralari ishga …
09:50 / 12.07.2025
Yangi Kaledoniya davlati tuziladi

Yangi Kaledoniya davlati tuziladi

Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
09:27 / 13.07.2025
Yevropa komissiyasi prezidenti: “Donald Tramp savdo urushini boshlamoqda”

Yevropa komissiyasi prezidenti: “Donald Tramp savdo urushini boshlamoqda”

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar besamar ketsa, AQShga javob choralari qo‘llaniladi
21:33 / 12.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!