$
12758.36 UZS
-19.76
163.34 UZS
-0.67
14820.11 UZS
-111.12
38° Kechasi 24°

Kun tarixi: “Monopoliya” o‘yini 87 yoshda. Kiosakiga ta’sir qilgan biznesni o‘rgatuvchi o‘yin haqida nimalarni bilamiz?

11:46 / 07.03.2020

“Monopoliya” – ikki va undan ortiq, 8 yoshdan katta bo‘lgan insonlar uchun mo‘ljallangan iqtisodiy va strategik o‘yin. XX asrda dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida mashhurlikka erishgan ushbu o‘yin “Menejer”, “Imperiya”, “Biznesmen” nomlari bilan ham atalgan. O‘yinning maqsadi boshlang‘ich kapital (mablag‘) bilan boshqa o‘yinchilarning bankrot (kasod) bo‘lishiga erishish.

O‘yin tarixi

“Monopoliya” 1933-yil 7-martda Charlz Darrou tomonidan o‘ylab topilgan. 1934-yil u o‘z loyihasini aka-uka Parkerlar (inglizchada Parker Brothers) kompaniyasiga ko‘rsatadi, ammo “dizayndagi 52 xato” tufayli loyiha inkor qilinadi. 
1935-yil Charlz Darrou do‘sti yordamida 5000 ta qo‘lda tayyorlangan o‘yinni Filadelfiyadagi univermagda sotadi. Ko‘p vaqt o‘tmasdan o‘yin asoschisi talab ko‘pligidan hech narsaga ulgura olmay qoladi va yana o‘sha kompaniyaga murojaat qiladi. “Monopoliya” tarixga 1936-yilning o‘zida AQShda eng ko‘p sotilgan o‘yin bo‘ldi.
“Boy ota, kambag‘al ota” va shu bilan birga bir qancha asarlar muallifi Robert Kiosaki ham eng sevimli o‘yini “Monopoliya” bo‘lgan. O‘yin qarshisida soatlab o‘tirishlari, albatta, maktabdagi o‘qishlariga ta’sir qilmay qolmaydi. O‘yin uning doimiy sevimli mashg‘uloti bo‘lib qolgan va do‘stlari hamda yaqinlarini “Monopoliya”ni o‘ynashga ko‘p chorlagan. 

O‘yinning foydalari
O‘yin klassik kapitalistik iqtisodiyotning asosiy tamoyillarini oddiy, oson o‘yin tarzida o‘rgatadi. Pulga bo‘lgan munosabat (qayerda, qanday, nimaga ishlatish)ni o‘rgatadi.

Omadli tadbirkorlar avlodini shakllantiradi 
O‘yinchilar bir-biri bilan kelishayotgan paytda diplomatik aloqalar o‘rnatishni o‘rganadilar. Agar bola “Monopoliya” o‘yinini yaxshi o‘zlashtirsa, maktabdagi iqtisodiyot darslarini bemalol tushuna oladigan bo‘ladi. Shunungdek, o‘yin davomida bolalarda biznesga doir ko‘nikmalar paydo bo‘ladi.

O‘yin qoidalari
O‘yinchilar tosh (zarik)larni uloqtirishadi va tushgan raqam bo‘yicha yurish qilishadi. Qaysi katakchaga tushganiga qarab o‘yinchi o‘sha katakdagi mamlakatni sotib olishi, agar sotib olingan bo‘lsa u yerda turgani uchun ma’lum darajadagi soliqni yer egasiga to‘lashi kerak. “Voqealar” joyiga tushgan o‘yinchi kartalarda yozilgan vazifalarni bajarishi yoki qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanishi mumkin. Masalan, bankdan qo‘shimcha mablag‘ oling (bank ham o‘yinchi-fuqarolar bilan o‘zaro munosabatda bo‘luvchi o‘yinchi), bankka ma’lum miqdorda pul to‘lang, boshqa hududga sakrab o‘ting, bitta navbat o‘tkazing va boshqalar. 

Qisqa qoidalar

Barcha soliq va jarimalar maxsus bankka joylanadi. “Tekin to‘xtash joyi”ga tushgan inson ushbu pullarga ega bo‘la oladi. “Start” maydoniga har safar kelinganda o‘yinchilarga ma’lum bir miqdorda pul to‘lanadi. “Qamoq”qa tushgan o‘yinchi jarima to‘laydi yoki bir navbat o‘tkazganidan so‘nggina yana o‘yinga qayta oladi. 
O‘yinga doir qoidalari qo‘llanma sifatida o‘yin bilan birga ham sotiladi. Shu bilan birga hozirgi kunda “Monopoliya”ni kompyuter va smartfonlarda ham o‘ynash mumkin. Lekin do‘stlar va oila a’zolar uchun an’anaviy “stol o‘yini” variantini sotib olgan yaxshiroq.

Guljahon Sanjarbekova tayyorladi


Bu ham qiziq

Ai-80 benzini rekord darajada qimmatladi

Ai-80 benzini rekord darajada qimmatladi

Mazkur markadagi benzin narxi qariyb 44% ga qimmatlagan
22:53 / 16.07.2025
O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

Hamyurtlarimiz eng ko‘p sayohatni qaysi davlatga amalga oshirgan?
19:55 / 16.07.2025
Los-Anjeles–2028. XXXIV yozgi Olimpiya o‘yinlari taqvimi e’lon qilindi

Los-Anjeles–2028. XXXIV yozgi Olimpiya o‘yinlari taqvimi e’lon qilindi

“AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari rasman 2028-yil 14–30-iyul kunlariga belgilangan, b…
16:54 / 16.07.2025
Toshkentdagi podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi

Xabarga ko‘ra, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
09:53 / 17.07.2025
Yevropa Ittifoqi Gruziyaga ultimatum qo‘ydi

Yevropa Ittifoqi Gruziyaga ultimatum qo‘ydi

Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallasning so‘zlariga ko‘ra, gruzinlar hukumati ma’lum shartlarni bajarishi lozim
18:37 / 16.07.2025
Mars sayyorasining bir bo‘lagi auksionda qimmatbaho summaga sotildi

Mars sayyorasining bir bo‘lagi auksionda qimmatbaho summaga sotildi

Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan auksionda xaridor “Qizil sayyora”ning bir bo‘lagini qimmat narxga sotib oldi
18:56 / 17.07.2025
Isroil Suriya janubiga zarba berdi

Isroil Suriya janubiga zarba berdi

BBC xabariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Suriyaning, asosan, druzlar istiqomat qiladigan hududlarida badaviy qabilalar hamda mah…
12:58 / 16.07.2025
“UzAuto Motors” Chevrolet Onix, Tracker va Damas uchun xarid shartlarini soddalashtirdi

“UzAuto Motors” Chevrolet Onix, Tracker va Damas uchun xarid shartlarini soddalashtirdi

UzAuto Motors” AJning ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 21-iyuldan boshlab Chevrolet Onix, Tracker va Damas avtomobillarini tij…
15:08 / 17.07.2025
Kolumbiya prezidenti: “NATO bilan ortiq hamkorlik qilmaymiz”

Kolumbiya prezidenti: “NATO bilan ortiq hamkorlik qilmaymiz”

Siyosatchi Gaaga shahridagi xalqaro anjumanda bu masalaga to‘xtalib o‘tdi
20:36 / 17.07.2025
O‘zbekiston xalqaro munosabatlar uchun kerakli nuqtaga aylanmoqda

O‘zbekiston xalqaro munosabatlar uchun kerakli nuqtaga aylanmoqda

Bu haqda “Forbes” jurnalining maqolasida so‘z borgan
20:00 / 17.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!