Joriy yilning 16-mart kuni “Noshirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot ximzati xabar berdi.
Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-oktabrdan boshlab darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni nashr etishda narxlar davlat tomonidan tartibga solinishi bekor qilinadi.
Shuningdek, 2020-yilning 1-iyulidan boshlab noshirlik faoliyatini litsenziyalash hamda matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartiblari bekor qilinadi, noshirlik va matbaa faoliyatini boshlaganlik haqida vakolatli organni xabardor etish tizimi joriy etiladi.
Bundan tashqari, 2021-yil 1-yanvardan boshlab bosma mahsulotlarni sotishdan, shuningdek bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq tahrir, matbaa va noshirlik xizmatlari ko‘rsatishdan tushgan tushumdan “Ijod” fondiga ajratmalar bekor qilinadi.
Qarorga ko‘ra, “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi”, “Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” va “O‘qituvchi” matbaa uyi” davlat korxonalari xususiylashtirish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladi.
Shuningdek, “Ko‘zi ojizlar bosmaxonasi” davlat korxonasi ushbu agentlikka samarali foydalanish uchun o‘tkaziladi.
“O‘qituvchi” ilmiy-metodik nashriyot markazi” davlat korxonasi va Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining hududiy bo‘linmalari tizimidagi (Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashqari) nashriyotlar faoliyati tugatiladi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tizimida “O‘zbekiston nashriyoti” davlat korxonasi tashkil etiladi, unga “Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” va “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti” davlat korxonalari qo‘shib olinadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!