$
12672.81 UZS
79.04
158.89 UZS
0.4
14753.69 UZS
55.5
38° Kechasi 25°

Zanjabil iste’mol qilishning bizga ma’lum bo‘lmagan xususiyatlari

13:44 / 18.08.2019

Insoniyat zanjabilning foydali xususiyatlaridan 5 000 yildan buyon bahramand bo‘lib kelmoqda. Hind va xitoy tibbiyotida ushbu ildiz deyarli eng qimmatbaho tabiiy dori, barcha kasalliklarga qarshi “mo‘jizaviy” hisoblangan. Zanjabil qoraqarag'ay ildizi bo'lib, yangi uzilgan, quritilgan, tuzlangan, maydalab kukun holiga keltirilgan ko‘rinishda xalq orasida foydalanib kelinadi. Shuningdek,  sharbat yoki yog' shaklida ham uchraydi. Hatto pardoz vositalariga ham qo'shilishi uning chindan ham kuchli shifobaxsh vosita ekanligiga dalolatdir.

Zanjabilni vaqti-vaqti bilan iste’mol qilish, yoxud kuniga bir marta yetarli miqdorda choy yoki ovqatga solib tanovul qilishning foydalari haqida:

Qarish jarayonini sekinlashtiradi

Zanjabil kuchli antioksidantdir. Zanjabilning asosiy faol moddasi gingerol (zanjabil ildizida joylashgan noyob kimyoviy birikma) oksidlanish deb ataluvchi stress bilan kurashishga qodir. Oksidlanish stressi bu — tanada juda ko'p erkin radikallar to'planadigan jarayondir. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, sog'lom hujayralarga zarar yetkazadigan haddan tashqari faol molekulalar hisoblanadi. Aynan ruhiy tushkunlik qarish sabablaridan biridir. Zanjabil vositasida esa hujayralar zararli ta'sirlarga chidamli bo'ladi.

Ko'ngil aynish holatlari kamayadi

Zanjabil quyidagi hollarda kelib chiqadigan ko'ngil aynishida samarali yordam beradi:

-homiladorlikning birinchi uch oyligida;
-dengiz kasalligiga chalinganda;
-kimyoterapiya muolajasi davrida;
-qon bosiminig ko'tarilishi va boshqa hollarda.

Yuqoridagi hollarda ham kasallik bilan kurashish yana gingerol tomonidan “ijro” etiladi. Zanjabil, shuningdek, oshqozon-ichak tizimi faoliyatini yaxshilaydi. 

Qondagi qand miqdorini me’yorida ushlaydi 

Shu bilan birga, gipertenziya, semirish, o't toshlari kasalligi va glyukoza darajasining oshishi bilan bog'liq boshqa holatlarda rivojlanish xavfi kamayadi.

Agar sizda allaqachon 2-toifa qandli diabet bo'lsa, zanjabil bu kasallik bilan bog'liq asoratlar xavfini minimallashtirishga yordam beradi.

Faol bakteriyalarga qarshi turadi

Antibiotiklarni iste'mol qilishga haddan tashqari ruju qo‘yish zamonaviy tibbiyotning jiddiy muammolaridan biridir. Oddiygina shamollash (o’tkir respirator virusli infektsiya)ni antibiotiklar bilan davolashga harakat qilish insoniyat sog'lig'iga qanchalik jiddiy zarba bo‘layotganini tushunishmayapti. Shu bilan birga, antibiotiklardan asossiz foydalanish organizmda bakteriyalarning ko'payishiga olib kelishi allaqachon o‘z isbotini topgan. Bu shuni anglatadiki, kecha davolanish oson bo'lgan bakterial infeksiyalarga bugungi dori-darmonlar orqali shifo topish qiyinlashadi. Buning nimaga olib kelishini esa tushuntirishga hojat yo'qdir.

Olimlarning ta'kidlashicha esa, aynan zanjabil ko'plab bakterial kasalliklarni davolashda juda muhim ahamiyatga egadir.

Og'iz bo'shlig'ining holatini yaxshilaydi

Zanjabil milk kasalliklari, xususan, gingivit, periodontit, og‘iz bo‘shlig‘i infeksiyalari, ildiz kanallari va boshqalarga sabab bo'lgan patogen bakteriyalarning faoliyatini to'xtatadi. Kuniga bir marta yangi zanjabilni chaynash yoki og'izni zanjabil damlamasi bilan chayish kifoya, tishlar salomatligi o‘z holiga qaytadi.

Xotirani va fikrlash tezligini yaxshilaydi

O'rta yoshli ayollar ishtirokidagi tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, zanjabil miya yarim sharidagi yoshga bog'liq o'zgarishlarni sezilarli darajada sekinlashtiradi. Ikki oy davomida zanjabil ekstrakti tabletkasini qabul qilgan kishi xotirasi, fikrlash tezligi va o‘rganish qobiliyati yaxshilanganini tasdiqladi. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, zanjabil Altsgeymer kasalligiga qarshi himoya vositasi ham hisoblanadi.


Bu ham qiziq

Shifokorlar alstgeymerga shifo topdi

Shifokorlar alstgeymerga shifo topdi

Olimlar hatto unutilgan xotirani tiklashni ham o‘rganishdi
21:51 / 10.08.2025
“Ukraina kelajagi ukrainaliklarsiz hal etilishi mumkin emas” — Makron

“Ukraina kelajagi ukrainaliklarsiz hal etilishi mumkin emas” — Makron

Fransiya Prezidenti bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
22:05 / 09.08.2025
Surxondaryoda erkak tanish ayolning shaxsiy videolarini tarqatmaslik uchun 1 000 dollar talab qildi

Surxondaryoda erkak tanish ayolning shaxsiy videolarini tarqatmaslik uchun 1 000 dollar talab qildi

Erkak pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
23:06 / 09.08.2025
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon sanalari ma’lum qilindi

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon sanalari ma’lum qilindi

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test si…
16:33 / 10.08.2025
Avstraliya ham Falastinni tan olishi mumkin

Avstraliya ham Falastinni tan olishi mumkin

Bu haqda Sydney Morning Herald gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi.
11:27 / 11.08.2025
Boks. O‘zbekiston U19 terma jamoasi qit’ada tengsiz bo‘ldi

Boks. O‘zbekiston U19 terma jamoasi qit’ada tengsiz bo‘ldi

Tailandda boks bo‘yicha U19 yosh toifasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. E’tiborlisi, unda ishtirok etgan O‘zbekis…
17:44 / 10.08.2025
Tramp va Putin uchrashuvida Zelenskiyning ishtiroki rejalashtirilmagan

Tramp va Putin uchrashuvida Zelenskiyning ishtiroki rejalashtirilmagan

O‘tgan hafta Putin bunday uchrashuvni izohlar ekan, hozircha Ukraina prezidenti bilan shaxsiy uchrashuvi uchun “sharoitlar” …
10:59 / 10.08.2025
Luish Figu va Ronaldinyo O‘zbekistonga keladi

Luish Figu va Ronaldinyo O‘zbekistonga keladi

Har ikkala afsona futzal bahsini ko‘rgani Toshkentga kelishi mumkin
18:40 / 10.08.2025
Fransiyalik ayol 21 yil ishlamasdan pul olgani uchun ish beruvchini sudga berdi

Fransiyalik ayol 21 yil ishlamasdan pul olgani uchun ish beruvchini sudga berdi

“Bunga chidash qiyin edi” – deydi ayol o‘z ko‘rsatmasida
22:36 / 10.08.2025
Farg‘onada o‘qituvchi o‘zini osdimi?

Farg‘onada o‘qituvchi o‘zini osdimi?

Viloyat maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi axborot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.
21:01 / 09.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!