$
11974.79 UZS
-54.41
159.64 UZS
-0.62
14008.11 UZS
-57.63
31° Kechasi 18°

Eng kuchli qiruvchi samolyotlar

09:47 / 29.03.2015

XABARDOR.UZBir asrlik tarixi davomida avialoiyhachilar turli xil aviasamolyotlar ixtiro qilishdi. Samolyotlarni harbiy ishlarda ishlatish g‘oyasi Birinchi jahon urushida paydo bo‘lgandi va jang qilayotgan davlatlar ulardan uch maqsadda foydalanishdi. Birinchisi bombardimon qilish, ikkinchisi razvedka, uchinchisi esa dushman samolyotlarini urib tushirish maqsadida. To‘xtovsiz bo‘layotgan janglar sabab sifatsiz va kuchsiz samolyotlar yo‘q bo‘lib, ularning o‘rniga yanada yaxshilari ishlab chiqarilaverdi. Oqibatda hozir siz guvohi bo‘ladigan qiruvchi samolyotlar paydo bo‘ldi.

O‘z davlatlarining harbiy havo kuchlarida xizmat qilish davrida ular havoda tengsiz ekanliklarini isbot qilishdi. Ko‘rib turgan samolyotlaringizning har biri kuchli mashinalar hisoblanadi. Xoh harakatlanishda bo‘lsin, xoh zamonaviy qurollar bilan qurollanishda va radarga ko‘rinmaydigan texnologiyaga ega bo‘lsin ular eng yaxshilari hisoblanadi. 

Su-35

Rossiyada ishlab chiqarilgan qiruvchi samolyot. Su-35 osmonga ko‘tarilgan “temir qush”larning eng tez harakatlanadigani hisoblanadi.

The Chengdu J-20

J-20 — Xitoyda ishlab chiqarilgan qiruvchi samolyotlarning beshinchi avlodi hisoblanadi. Bu mashina haqida juda kam ma'lumot bor. U fazoviy kemaga o‘xshashdan tashqari stels-texnologiyasi ostida ishlab chiqarilgan.

F-35

AQSh harbiy havo kuchlaridagi qimmatbaho, ishonchli, tik holatda ucha oladigan va qo‘na oladigan qiruvchi samolyot.

The Eurofighter Typhoon

“F-18 Super Hornet” bilan raqobatchi va sotilish jihatidan uni dunyodagi eng yaxshi samolyot deyish mumkin.

T-50

Rossiyada ishlab chiqarilan beshinchi avlod qiruvchi samolyoti. Amerikaning F-22 va F-35 samolyotlariga to‘liq qarshilik ko‘rsata oladi. Bu samolyot bilan to‘liq ta'minlangan Rossiya aviatsiya qo‘shini 2020 yilda tayyor bo‘ladi.

Saab Gripen

VAYe va Shvetsiya kompaniyasi “Saab Gripen” tomonidan ishlab chiqarilgan qiruvchi samolyot. Bir vaqtning o‘zida qo‘lga oluvchi, razvedkachi va hujum qiluvchi bo‘la oladi.

AS-130

Tish-tirnog‘igacha qurollangan og‘ir hujum samolyoti. Unga 60 mm. li  pulemyotdan tortib, 105 mm. li artilleriya snaryadlarigacha o‘rnatilgan.

MiG-35

Rossiyada ishlab chiqarilgan, katta imkoniyatlarga ega qiruvchi samolyot. Xalqaro qurol-yaroq bozorlarida undan katta umid qilishmoqda. U MiG-29 ning o‘rniga ishlab chiqarilgan.

Tejas

Hindistonning yengil qiruvchi samolyoti. Bu samolyot havoda harbiy topshiriqlarni bajarish va aviatsiyaning ko‘magi kerak bo‘lganda yordam berish uchun AQSh bilan birga ishlab chiqarilgan mashinasi.

Chengdu J-10

Rossiya va Xitoy hamkorligida “Saturn” NPO kompaniyasi dvigatellari o‘rnatilgan Xitoyning bir o‘rinli qiruvchi samolyoti. G‘arbda “Chaqqon ajdar” (Vigorous Dragon) nomi bilan mashhur.

The B-2 Spirit

Sezilmas va ajal olib keluvchi bu og‘ir AQSh bombardimonichisi stels-texnologiyasi ostida ishlab chiqarilgan. Uning qoplamasi to‘lqin yutuvchi bo‘lib, u umuman radarlarda ko‘rinmaydi.

“Rafale”

Fransiyada ishlab chiqarilgan ikki matorli qiruvchi samolyot. Bu mashina havoda samolyot qanday harakat qilishligi mumkinligi bilan mo‘jiza ko‘rsatishi mumkin.

F-18 Super Hornet

Dunyodagi eng ishonchli samolyotlardan biri. Xalqaro bozorda “Saab Gripen” va “Typhoon”ning raqobatchisi.

The Shenyang J-31

Xitoyning F-22 va F-35 larga o‘xshatib yasamoqchi bo‘lgan va ishlab chiqargan eng yaxshi samolyoti.

Tu-160

Tupolev OKBda ishlab chiqarilgan ovozdan tez uchar raketa tashuvchi bombardimonchi samolyoti. 

F-22 Raptor

AQShning bu samolyoti dunyoda birinchi ko‘p masshtabli qiruvchisi bo‘lib, u beshinchi avlodga mansub. Uni ishlab chiqarish uchun soliq to‘lovchilarning 70 mlrd. dollar puli sarflangan. Bu rekord darajadir. Juda qimmat bo‘lganligi sababli uch yil oldin uni ishlab chiqarish to‘xtatib qo‘yilgan.

A-10 Thunderbolt

O‘zini g‘alati laqabi “warthog” (darranda) va antiqa ko‘rinishiga qaramay Fors ko‘rfazidagi urushda nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. 

Sarvar Anvar o‘g‘li tayyorladi.

 

 


Bu ham qiziq

Tramp Hormuz bo‘g‘ozini “Tramp bo‘g‘ozi” deb o‘zgartirmoqchi

Tramp Hormuz bo‘g‘ozini “Tramp bo‘g‘ozi” deb o‘zgartirmoqchi

Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Hormuzni “Tramp bo‘g‘ozi” deb nomlash g‘oyasini ilgari surdi.
11:33 / 30.04.2026
Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Ikki karra Olimpiada va Jahon chempioni Bahodir Jalolov 9-may kuni Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida o‘tkaziladigan y…
10:44 / 30.04.2026
Qariyb 13 kg “opiy” noqonuniy aylanishdan to‘xtatib qolindi

Qariyb 13 kg “opiy” noqonuniy aylanishdan to‘xtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida yirik miqdordagi giyo…
09:19 / 30.04.2026
Kiberxavfsizlik markazi xodimlarining ma’lumotlari o‘g‘irlandimi?

Kiberxavfsizlik markazi xodimlarining ma’lumotlari o‘g‘irlandimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi Kiberxavfsizlik markazi DUK xodimlarining shaxsiy ma’lumotlari sizdirilgani va sotuvga …
11:17 / 29.04.2026
O‘zbekistonliklar Fransiyada mavsumiy ish bilan ta’minlanadi

O‘zbekistonliklar Fransiyada mavsumiy ish bilan ta’minlanadi

O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik kengaymoqda. Yangi kelishuvga ko‘ra, 2026-yil yoz m…
09:14 / 30.04.2026
Jarima maydonchasidan avtomashinani onlayn olish imkoniyati yaratildi

Jarima maydonchasidan avtomashinani onlayn olish imkoniyati yaratildi

Yangi tartibga ko‘ra, jarima maydonchasida saqlanayotgan avtomobillarni onlayn tarzda qaytarib olish imkoniyati joriy etildi.
19:59 / 29.04.2026
Chirchiqda zararli APK dasturlarni sotgan shaxs qo‘lga olindi

Chirchiqda zararli APK dasturlarni sotgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida zararli dasturlarni sotish bilan shug‘ullangan shaxs faoliyatiga chek qo‘yildi.
17:31 / 29.04.2026
O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida qator muhim bitimlar imzolandi

O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida qator muhim bitimlar imzolandi

30-aprel kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Andrey Babish Kengaytirilgan hamkorli…
14:16 / 30.04.2026
Ko‘p qavatli uylarda tozalash va xizmat ko‘rsatish talablari kuchaytirildi

Ko‘p qavatli uylarda tozalash va xizmat ko‘rsatish talablari kuchaytirildi

Ministry of Justice of Uzbekistan ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini (29-aprel, 2026-yil) da…
16:51 / 30.04.2026
“Haj–2026” mavsumi 2-maydan boshlanadi

“Haj–2026” mavsumi 2-maydan boshlanadi

O‘zbekistonlik ziyoratchilarni Saudiya Arabistoniga Haj ziyorati uchun jo‘natish mavsumi 2026-yil 2-maydan 18-mayga qadar da…
14:03 / 29.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!