O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik kengaymoqda. Yangi kelishuvga ko‘ra, 2026-yil yoz mavsumida 50 nafar o‘zbekistonlik Fransiyaga uzumzorlarda mavsumiy ishlar uchun yuboriladi.
Mazkur loyiha pilot tarzda amalga oshirilib, Fransiya Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Nomzodlarni saralash va ishga joylashtirish jarayonlari esa maxsus tashkilotlar bilan tuzilgan bitimlar asosida olib boriladi.
Shuningdek, yangi tashabbuslar doirasida o‘zbekistonliklar uchun “ta’lim + ish” formati ham yo‘lga qo‘yilmoqda. Ushbu dastur orqali fuqarolar Fransiyada restoran sohasida ishlab, bir vaqtning o‘zida malaka oshirish imkoniga ega bo‘ladi.
Kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan Fransiyaning tegishli vazirliklari hamda yirik tashkilotlari bilan muzokaralar o‘tkazilib, tashkiliy va huquqiy masalalar muvofiqlashtirildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!