Bugun, 10-aprel kuni Xalq deputatlari Gʻuzor tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Hozirga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Sa’dulla Babaqulov sog‘ligidagi surunkali muammolar sababli o‘z arizasiga asosan, vazifasidan ozod etildi.
Gʻuzor tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan Bekzod Suyunov tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
Sessiyada viloyat hokimi Zoir Mirzayev ham ishtirok etgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!