$
12900.00 UZS
-20.16
157.32 UZS
-1.29
14595.06 UZS
-86.12
28° Kechasi 15°

Prezident qarori: Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun uchta bank kapitali 710 mlrdga oshiriladi 

10:31 / 25.10.2019

24-oktabr kuni O‘zbekiston Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

Ushbu qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 1-noyabrga qadar AT Xalq banki ustav kapitalini 250 milliard so‘mga, “Mikrokreditbank” ATB ustav kapitalini 170 milliard so‘mga va “Agrobank” ATB ustav kapitalini 290 milliard so‘mga oshirish uchun mablag‘lar ajratish belgilandi. 

Mazkur mablag‘lar mamlakat Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni doirasida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun sarflanadi. 

Shuningdek, qarorga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan boshlab:

– kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, aholining o‘zini o‘zi band qilishni rivojlantirish, ayollar uchun imkoniyatlarni oshirish va yosh avlodni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari doirasidagi loyihalarni kreditlash Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi bo‘yicha ustuvor ravishda AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB (vakolatli banklar) orqali amalga oshiriladi;

– kichik biznes, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, xotin-qizlar va yosh avlod tashabbuslariga vakolatli banklar tomonidan ajratilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensasiya va subsidiyalar berishga ruxsat etiladi;

– mazkur dasturlarni moliyalashtirish uchun tegishli jamg‘armalar tomonidan ajratiladigan resurslarning 2020-2022-yillarda so‘ndiriladigan qismi har oyda vakolatli banklarga dasturlar doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi, bunda resurslar bo‘yicha foiz stavkasi qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foiz past qilib belgilanadi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra barcha hududlarda “bank xizmatlari ofislari”ning keng tarmog‘i yaratiladi, axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali yangi bank xizmatlari hamda “modulli” kreditlash asosida yangi kredit turlari  joriy qilinadi. 


Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev nodavlat ta’lim xizmatlari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev nodavlat ta’lim xizmatlari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni nodavlat ta’lim xizmatlari tizimini takomillashtirish, oliy va kasbiy ta’limda si…
20:02 / 30.04.2025
2025-yilning birinchi choragida 9 mingdan ortiq oila ajrashdi

2025-yilning birinchi choragida 9 mingdan ortiq oila ajrashdi

Joriy yilning birinchi choragida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi 9 mingdan ortiq da’von…
20:32 / 01.05.2025
O‘zbekistonning matbuot erkinligi reytingidagi o‘rni o‘zgarishsiz qoldi

O‘zbekistonning matbuot erkinligi reytingidagi o‘rni o‘zgarishsiz qoldi

“Chegara bilmas muxbirlar” matbuot erkinligi indeksini e’lon qildi. Tarixda ilk bor dunyodagi matbuot erkinligi holati “og‘i…
16:02 / 02.05.2025
Hududiy o‘rmon xo‘jaliklariga zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari tarqatildi

Hududiy o‘rmon xo‘jaliklariga zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari tarqatildi

Ekologiya vazirligi hamda O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan o‘rmonlar barpo etish, qayta tiklash va o‘rmon yong‘inlariga …
12:24 / 02.05.2025
Denovda YPX xodimlarini kaltaklaganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Denovda YPX xodimlarini kaltaklaganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bu haqda, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
09:37 / 02.05.2025
Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

“Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish hamda axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomill…
09:45 / 01.05.2025
Farg‘onaga 24 ta zamonaviy avtobuslar olib kelindi

Farg‘onaga 24 ta zamonaviy avtobuslar olib kelindi

Farg‘ona viloyatiga jamoat transporti uchun Xitoydan 24 ta zamonaviy avtobus olib kelindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokiml…
19:10 / 30.04.2025
Toshkentdagi texnopark hududida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi texnopark hududida yong‘in sodir bo‘ldi

Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari  soat 07:04 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in 07:45 da qurshab olingan va  soat…
08:28 / 01.05.2025
AQSh va Ukraina tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha bitimni imzoladi

AQSh va Ukraina tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha bitimni imzoladi

Ushbu hujjatga AQSh Moliya vaziri Skott Bessent va Ukraina Iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko imzo chekdi.
10:26 / 01.05.2025
Olmaotada hujjatlari tortib olinib, ishlashga majbur qilingan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

Olmaotada hujjatlari tortib olinib, ishlashga majbur qilingan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

“O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari ko‘magida Qozog‘istonning Olmaota viloyatida mushkul ahvolda qolgan yurtdoshimiz oi…
16:49 / 01.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!