$
12658.19 UZS
-100.17
161.44 UZS
-1.9
14672.11 UZS
-148
41° Kechasi 24°

Qo‘l soati faqat chap qo‘lga taqilmaydi! Soatni to‘g‘ri taqish tartibi

13:11 / 04.12.2019

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nima uchun aksariyat insonlar soatni chap qo‘liga taqadi? Bu savol ko‘pchilikda soatni o‘ngaqaylar chap qo‘liga, chapaqaylar esa o‘ng qo‘liga taqadi-da, degan javobni paydo qiladi. Xo‘sh, nima uchun? Chunki shunday taqish insonning o‘ziga qulaylik yaratadi. Aslida, javob ko‘pchilik o‘ziga qulaylik yaratish va nisbatan kam ishlatiladigan qo‘liga soat taqishdan iborat. Nima, hammasi shunday osonmi?

 

На какой руке носят часы?

Ilk qo‘l soatlari ayollarga moslab chiqarilgan

Dastlab qo‘l soatlari zargarlik buyumlariga tenglashtirilgan. Chunki, ular bilaguzukli shaklda bo‘lgan va ayollarning sevimli taqinchog‘iga aylangan. Erkaklar soat taqishni qanchalik istashmasin, o‘zlarini bu kabi taqinchoqlar bilan “bezashni” o‘ziga ep ko‘rishmagan. 

Va nihoyat, fransiyalik zargar Lui Kartye erkaklar istagini amalga oshirdi va erkaklar uchun ilk soatni yaratdi. Zargar qandaydir soatga xos revolyutsiya yaratishni maqsad qilmagan, bor-yo‘g‘i yaqin do‘stining buyurtmasini bajargan edi. Luining uchuvchi do‘sti Alberto Santos Dyumon samolyot shturvalidan qo‘l uzishni talab etmaydigan soat yaratish haqida buyurtma bergan edi. 1904-yili mana shunday erkaklar qo‘l soati “dunyoga keldi” va ular Birinchi jahon urishi vaqtida ofitserlar orasida tez mashhurlikka erishdi.

Винтажные часы Cartier

Avvaliga soatni chap qo‘lga taqish ko‘nikmasi shakllangan

Qo‘l soatlari hamma ishda qo‘llanila boshladi. Ishchilar shikastlanmaslik uchun soatni chap qo‘lga taqishga odatlanishdi. Chunki ko‘pchilik soatning yon murvati uning o‘ng tomonida joylashgan edi. Shu-shu qo‘l soatlarini chap qo‘lga taqish “an’anasi” paydo bo‘ldi.
Endi shakllanib ulgurgan soatni taqish “an’anasidan” chetlashib, ayollar va erkaklar soatni qaysi qo‘lda taqishlari kerakligiga to‘xtalamiz.

На какой руке носят часы?

Soatni istagan qo‘lingizga taqishingiz mumkin, chunki…

Aslida, soatni qaysi qo‘lga taqish kerak, degan savolni berish noo‘rin. Odamlar soatni o‘ziga qulay holatda taqishlari kerak. Eng optimal yechim shunday! 
•  Psixologlarning ta’kidlashicha, chap qo‘liga soat taquvchilar o‘tmishni qo‘yib yubora olmaydigan, hozir va kelajakda yashashni bilmaydiganlar ekan. Soatni o‘ng qo‘lga taqadiganlar esa maqsad sari harakatlanuvchi insonni yaratadi. Ular kelajak sari ishonch bilan qadam tashlaydi. 
•  Qadimgi Xitoyning “Fukuriya” ilmiga ko‘ra, inson bilagida biologik faol nuqtalar – Chi, Sun  va Guan joylashgan. Erkaklarda ushbu nuqtalardan biri o‘ng qo‘lda, pulsga yaqin yerda joylashgan va u yurak ishiga javob beradi. O‘ng qo‘ldagi soatning ushbu nuqtaga ta’sir etishi salomatlik bilan bog‘liq jiddiy o‘zgarishlar olib kelishi mumkin ekan.
    
Mashhurlar ham soatni o‘ng qo‘liga taqishadi

O‘ng qo‘lga taqilgan soat ijodiy insonning belgisi bo‘lishi mumkin. Rassomlar, shoir va musiqachilarning ko‘pchiligi soatni o‘ng qo‘liga taqishgan. Mashhur amerikalik aktyor va aktrisalar – Juliya Roberts, Bryus Uillis, Sheron Stoun, rossiyalik siyosatchi Kseniya Sobchak, jurnalist, boshlovchi Tina Kandelaki kabi bir qator mashhurlar ham soatni o‘ng qo‘liga taqishadi.

Hatto Prezident ham soatni o‘ng qo‘liga taqadi
Qaysi Prezident, deb qiziqyapsizmi? Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov soatni o‘ng qo‘lida taqib yurar ekan. Belarus rahbari Lukashenkoning ham soatni o‘ng qo‘liga taqishini payqashgan ekan.

Владимир Владимирович Путин носит часы на правой руке

Barchasi insonga qulaylik yaratish uchun
•   Har yili 13-avgust xalqaro chapaqaylar kuni sifatida nishonlanadi. Hozirgi mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, chapaqaylar yer yuzining 8 – 15 foizini tashkil qiladi. Chapaqaylar hayotini yengillatishga soat ishlab chiqaruvchilari ayniqsa, harakat qilishmoqda. Ular bir chap qo‘lning o‘zi bilangina boshqarish mumkin bo‘lgan soat modellarini ishlab chiqarishga urinishmoqda. Bunday soatlarning murvati chap tomonda joylashadi. Quyida Shveysariyaning mashhur brendlarining ushbu ko‘rinishdagi soatlari taqdim etiladi.

Panerai Luminor 1950 PAM579 Chrono Monopulsante Destro 8 Days

Omega Ploprof

Breitling Navitimer Chronomatic

Tag Heuer Heuer Monaco Vintage 1860

Rolex Sea Dweller 16660 для компании Comex


Xulosa

Yaxshi hamki, soatni taqishning muayyan bir qoidasi mavjud emas. Ajoyib qo‘l soatlarini har kim qaysi qo‘lga taqishni istaganicha taqaveradi.  Axir, ushbu aksessuar turi insonning individualligini ko‘rsatish uchun yaratilgan! 


Bu ham qiziq

Qirg‘izistondan tilla buyumlarni noqonuniy olib kelgan shaxs ushlandi

Qirg‘izistondan tilla buyumlarni noqonuniy olib kelgan shaxs ushlandi

Hozirda fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida ushbu…
09:34 / 18.07.2025
“UzAuto Motors” Chevrolet Onix, Tracker va Damas uchun xarid shartlarini soddalashtirdi

“UzAuto Motors” Chevrolet Onix, Tracker va Damas uchun xarid shartlarini soddalashtirdi

UzAuto Motors” AJning ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 21-iyuldan boshlab Chevrolet Onix, Tracker va Damas avtomobillarini tij…
15:08 / 17.07.2025
Sian – Toshkent – Sian yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Sian – Toshkent – Sian yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida yo‘lovchi tashish bo‘yicha haftasiga 46 ta muntazam aviaqatnov…
11:31 / 17.07.2025
Qoraqalpog‘istonda botqoqqa botgan tuya qutqarildi

Qoraqalpog‘istonda botqoqqa botgan tuya qutqarildi

Xabarga asosan, FVB qutqaruvchilari aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, tuyani botqoqlikdan olib chiqishgan.
11:26 / 18.07.2025
O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

Hamyurtlarimiz eng ko‘p sayohatni qaysi davlatga amalga oshirgan?
19:55 / 16.07.2025
Baxtiyor Saidov Afg‘onistonning muvaqqat tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Afg‘onistonning muvaqqat tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda bir qator muhim masalalar muhokama qilindi
22:43 / 17.07.2025
Fransiya va Italiya Ukraina mudofaasi uchun pul ajratmoqchi emas

Fransiya va Italiya Ukraina mudofaasi uchun pul ajratmoqchi emas

Ikki mamlakat ham o‘zining harbiy xarajatlari muhimroq deb hisoblaydi
21:35 / 16.07.2025
Mars sayyorasining bir bo‘lagi auksionda qimmatbaho summaga sotildi

Mars sayyorasining bir bo‘lagi auksionda qimmatbaho summaga sotildi

Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan auksionda xaridor “Qizil sayyora”ning bir bo‘lagini qimmat narxga sotib oldi
18:56 / 17.07.2025
17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi
22:36 / 16.07.2025
Sirdaryoda Cobalt beton to‘siqqa urilib, yonib ketdi

Sirdaryoda Cobalt beton to‘siqqa urilib, yonib ketdi

“Sodir etilgan yo‘l transport hodisasi natijasida jarohatlanganlar va jabrlanganlar yo‘q”, – deyiladi xabarda.
12:17 / 17.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!