“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” Qonun Prezident tomonidan imzolangandi.
Qonunga muvofiq, bola huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari belgilanishi munosabati bilan qator qonunlar va kodekslarga o‘zgartirishlar kiritildi, deb xabar bermoqda Adliya vaziriligi Matbuot xizmati.
Xususan, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun yangi modda bilan to‘ldirildi.
Unga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxslar o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi masalalari yuzasidan davlat organlariga, tashkilotlarga yoki ularning mansabdor shaxslariga mustaqil ravishda murojaat berishga haqli.
Shuningdek, Oila kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, oilada bolaning manfaatiga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda bola o‘z fikrini ifoda qilishga, shuningdek har qanday sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokama davrida so‘zlashga haqli.
Bunda qaror qabul qiluvchi organ va mansabdor shaxs bola manfaatiga taalluqli masalani hal qilishda bolaning fikrini, uning yoshidan qat’i nazar, ko‘rib chiqishi hamda bolaning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqib qaror qabul qilishi kerak.
Bundan tashqari, ota-ona va bola alohida yashagan taqdirda, vasiylik va homiylik organlari, shuningdek 14 yoshga to‘lgan bola bir vaqtning o‘zida ota va onadan voyaga yetmagan bolalarning ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishga haqli.
Eslatib o‘tamiz, Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!