$
12621.29 UZS
-103.87
158.44 UZS
-0.21
14596.52 UZS
88.57
35° Kechasi 21°

Ibrohimbek laqay: XX asr boshlarida “bosmachilik” harakati 

16:55 / 21.09.2019

Mulla Muhammad Ibrohimbek Chaqaboy toʻqsabo oʻgʻli (1889, Dushanba atrofidagi Koʻktosh qishlogʻi - 1932.31.8, Toshkent) - Shoʻro hukumatiga qarshi kurash harakati rahbarlaridan biri. Ibrohimbek (Ibrohimbek qo‘rboshi, Ibrohimbek laqay) mahalliy madrasada saboq olgan. 1919-yilda Hisor begi huzurida qilgan xizmatlari evaziga qorovulbegi, keyinchalik Buxoro amiri tomonidan devonbegi, toʻpchiboshi va lashkarboshi lavozimlariga koʻtarilgan. Sobiq amir Olimxon 1921-yilning boshlarida Ibrohimbekni butun qoʻshinlariga qoʻmondon qilib tayinlagan. Buxoro qoʻrboshilarining qurultoyi (1921.17.09)da Ibrohimbekka "Islom lashkarboshisi" degan unvon berilgan. 

Harbiy harakatlari

Dala qoʻmondoni Ibrohimbek Sovet tarixshunosligiga 1920-yillarda Shoʻro hukumatiga qarshi kurashgan "bosmachilar"ning eng taniqli rahbari sifatida kirgan. Uzoq yillar mobaynida u Sovet kinosining eng yovuz obrazi va Sovet adabiyotining eng salbiy qahramoni boʻlib qoldi. Birovlar uchun u murosasiz dushman, boshqa birovlar uchun esa istilochilarga qarshi kurashchi namunasi edi. U qisqa muddat ichida 10 ming nafardan ortiq askar toʻplab, Koʻlob, Baljuvon, Qorategin, Darvoz, Hisor viloyatlarini qizil qoʻshindan tozalagan. 1922-yili Dushanbe shahrini bosqinchilardan ozod etishda qatnashgan. 1923-yilning bahorida Ibrohimbek qoʻl ostida faqat Sharqiy Buxoroda 47 ta qoʻrboshi dastalari harakat qilar, askarlarining soni Hisorning oʻzida 20 ming kishi edi. 1923-yilning yozida u Hisor vodiysi va Panj daryosi atrofida qator muvaffaqiyatli harbiy harakatlarni oʻtkazdi. 1925-yil yanvar oyida Ibrohimbek Surxon vohasida, Sherobod-Boysun atroflarida shoʻro qoʻshinlariga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan.


Amir Sayid Olimxon Ibrohimbek haqida

Oʻrta Osiyo respublikalari tuzilgach, u Tojikiston va Oʻzbekistonning asosan, togʻli viloyatlarida kurashni davom ettirgan. 1926-yil 21-iyunda keskin janglardan soʻng Afgʻoniston hududiga oʻtib ketgan. Ibrohimbek 1926-1929-yillarda Kobul yaqinidagi Qalʼai Fotuda - sobiq amir Sayid Olimxonning qarorgohida yashagan. 

Buxoro amirligining soʻnggi amiri Siyyid Amir Olimxon oʻzining “Buxoro xalqining hasrati tarixi” asarida Ibrohim qoʻrboshi haqida, “Ibrohimbek boʻlsa oʻsha tavsif qilingan yetti yil davomida bolsheviklarga qarshi musulmon xalqi va bu bandayi ojizni deb urush qildi, jang asnosida qahramonliklar koʻrsatib, uning yakunlaridan hamisha meni xabardor etib turdi”, - degan iliq fikrlarni bildiradi. 1928-1929- yillarda Ibrohimbek boshchiligidagi muhojirlar Afgʻonistondagi siyosiy kurashga, harbiy mojarolarga qatnashishga majbur boʻlishgan. 1928-yilning oxirlarida qo‘rboshi Kobuldan Shimoliy Afgʻonistonga kelib, oʻz mavqeini mustahkamladi. 
Sharqiy Buxoroda "bosmachilik"ning eng koʻzga koʻringan follaridan biri Ibrohimbek boʻldi. Shuningdek, hududlarda Madaminbek, Junaidxon kabi mustamlakachi hukumatga qarshi kurash olib borgan qo‘mondonlar yetishib chiqqandi. Baʼzan "bosmachilar" otryadlari Rossiya podshosiga boʻysungan Oq podsho tsrsfdorlsri bilan ittifoqda ham urushga kirganlar. Ularga Turkiya, Eron, Afgʻoniston va Xitoy yordam berib turganligi hamda harbiy tayyorgarliklarda Oq gvardiya atamani Dutov, Turkiya ofitserlari va Britaniya harbiy zobitlari koʻmaklashgani aytiladi.

Dastlabki mag‘lubiyat

1929-yil 15-aprel – 31-mayda sovet qoʻshinlari Afgʻonistonga bostirib kirdi. Sovet qoʻshinlari 19-aprel Mozori Sharifni, 22-aprelda Toshqoʻrgʻon shaharlarini bosib olishdi.
1930-yil 24-25-mayda qoʻrboshilar qurultoyi chaqirilib, boʻlgʻusi jang harakatlari va chegaraning turli nuqtalaridan Tojikiston SSR hududiga oʻtish masalalari kelishib olindi. Ibrohim qo‘rboshi mustamlakachilarga qarshi yalpi hujum muddati qilib 3-iyul kunini belgiladi. Biroq josuslar orqali bu rejadan voqif boʻlgan sovet rejimi rahbarlari zudlik bilan qarshi zarba uyushtirdilar. 1930-yil 20-iyunda ikkinchi marta Afgʻonistonga bostirib kirishdi. Bir hafta davom etgan janglarda Ibrohimbekning 839 jangchi-si, shuningdek, koʻplab tinch aholi vakillari oʻldirildi. Kuchlar teng boʻlmagan jangda Ibrohimbek qo‘rboshi magʻlubiyatga uchrab, oʻzining yaqin safdoshi Oʻtanbek qoʻrboshi va qolgan-qutgan harbiy kuchlari bilan Qora Botir togʻlariga chekindi.

So‘nggi jang

1931-yilning boshlariga kelib, Ibrohimbek oʻz harakatini faollashtirib, muhojirlarning tarqoq kuchlarini yana birlashtirdi. Qo‘rboshi 1500 kishilik saralangan qoʻshini va 8 ta qoʻrboshisi bilan 1931-yil 30-martda Tojikiston Respublikasi hududiga kirgan. Uning qoʻshini bilan shoʻro askarlari oʻrtasida aprel-iyun oylarida shiddatli janglar boʻlgan. 12-iyunda Oqbosh togʻidagi soʻnggi jangda Ibrohim qo‘rboshi yaralanib, magʻlubiyatga uchragan. 1931-yil 23-iyunda chekistlar tomonidan qoʻlga olinib, Toshkentga olib kelingan.

1932-yil mart oyida Ibrohimbek qo‘rboshi sud qilinib, 31-avgustda qatl qilingan. Stalin bu gʻalabani isyonchilar ustidan erishilgan muhim gʻalaba deb hisoblagan. Chunki buni Stalin bolsheviklarga qarshi bosh koʻtargan Oʻrta Osiyo xalqlarini dastaklayotgan bir necha davlatlarga munosib javob deb bilgan.


Bu ham qiziq

Kaliforniyada 30 ming gektar maydon yonmoqda

Kaliforniyada 30 ming gektar maydon yonmoqda

Katta o‘rmon yong‘inlari 1-avgust kuni boshlangan va tez tarqalishda davom etmoqda.
16:03 / 05.08.2025
O‘tgan 6 oy davomida qancha xorijliklar tijoriy maqsadlarda yurtimizga tashrif buyurdi?

O‘tgan 6 oy davomida qancha xorijliklar tijoriy maqsadlarda yurtimizga tashrif buyurdi?

Statistika qo‘mitasi bu borada ma’lumotlarni ochiqladi
20:32 / 05.08.2025
Erdo‘g‘an Kiyevga boradi

Erdo‘g‘an Kiyevga boradi

Tashrif doirasida erkin savdo bitimi va Rossiya-Ukraina mojarosini hal etish bo‘yicha masalalar muhokama qilinishi bildirild…
12:35 / 05.08.2025
Turkmanistonga yetib borgan Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhammedov bilan uchrashuv o‘tkazdi

Turkmanistonga yetib borgan Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhammedov bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar
20:36 / 04.08.2025
Ukrainada korrupsion mojaro. Bir qancha davlat xizmatchilari katta miqdorda pora bilan qo‘lga olindi

Ukrainada korrupsion mojaro. Bir qancha davlat xizmatchilari katta miqdorda pora bilan qo‘lga olindi

Ammo aksar qo‘lga tushganlarning ismlari oshkor etilmadi
21:56 / 04.08.2025
Iyul oyida “svet” va gazdan noqonuniy foydalanish ortidan tizimga 96 mlrd so‘m zarar yetkazilgan

Iyul oyida “svet” va gazdan noqonuniy foydalanish ortidan tizimga 96 mlrd so‘m zarar yetkazilgan

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi org…
11:25 / 05.08.2025
Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi tashkil etiladi

Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi tashkil etiladi

Oliy maktabda o‘quv jarayoni 2025/2026 o‘quv yilidan boshlanadi
19:00 / 04.08.2025
Shavkat Mirziyoyevga Turkmanistonning oliy ordeni topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga Turkmanistonning oliy ordeni topshirildi

Davlatimiz rahbari Oliy davlat mukofoti uchun Xalq Maslahat Kengashi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Turkmaniston Prezident…
14:20 / 05.08.2025
2025-yilda O‘zbekistonga qancha choy import qilingan?

2025-yilda O‘zbekistonga qancha choy import qilingan?

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoy yaqqol yetakchi
22:44 / 05.08.2025
Vladimir Zelenskiy: “Rossiya bilan 1200 nafar asirni almashtirish to‘g‘risida kelishuv mavjud”

Vladimir Zelenskiy: “Rossiya bilan 1200 nafar asirni almashtirish to‘g‘risida kelishuv mavjud”

Ukraina rahbari bu borada yanada ko‘proq asirlarni qaytarib olishiga harakat qilinayotganini qo‘shimcha qildi
22:54 / 04.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!