$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

DTM Bosh boshqarmasining boshlig‘i: “Bu yil kirish ballari juda yuqori bo‘ladi” 

15:14 / 31.07.2019

Bugun, 31-iyul kuni oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari tafsilotlari bo‘yicha DTM Bosh boshqarmasi boshlig'i Barno Rajabova ishtirokida ochiq muloqot bo’lib o‘tdi. Bu haqda Xabardor.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Respublikadagi 66 ta binoda test sinovlari bir vaqtda 1-smenada 08:00 dan boshlanib, 11:20 ga qadar, 2-smenada 15:00 dan boshlanib, 18:20 ga qadar toʼliq yakunlandi.

Test sinovlarida ikki smenada jami 71 ming 340 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan. Shundan, 69 ming 374 nafari test sinovlarida ishtirok etdi. 1928 nafar abituriyent turli sabablarga koʼra test sinovlariga kelmadi. Kechagi kun hisobi bo‘yicha biroz kamaygan.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 16 nafar abituriyent hududga kirish joyida, 22 nafar binoda qoidani buzganligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi. Test sinovlarini o‘tkazishga taʼlim muassasalaridan 2 ming 622 nafar guruh nazoratchisi jalb etilishi belgilangan. Shundan, 36 nafari ishtirok etmadi.

Test materiallari Davlat feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini taʼminlagan holda Davlat test markaziga 2-smena yakunlangandan soʼng, soat  18:30 dan qaytarilishi boshlandi. Toshkent shahrida test materiallari 1-smena tugashi bilan soat 11:30 dan boshlab Davlat test markaziga qaytarildi.

Ma’lumot o’rnida eslatib  o’tamiz: 30-iyul kuni bo’yicha Toshkent shahrida 452 nafar abituriyent test sinovlarida qatnashmagan bo‘lsa, Navoiy viloyatida esa bu ko’rsatgich 38 nafarni ko’rsatmoqda.

30-iyul kungi test natijalari e’lon qilindi va eng yuqori ko‘rsatgich O‘zbekiston Milliy Unversitetida 172.6 ballni, Sirtqi ta’lim yo’nalishi  bo’yicha esa Andijon viloyatida 142.1 ni tashkil etdi. Abituriyentlar bu yil 3 ta OTMga hujjat topshirganligi sabab, kirish ballari yuqori  bo’lishi mumkin, deya o‘z nutqida ta’kidlab o’tdi Barno Rajabova.


Bu ham qiziq

Armaniston AQShga Zangazur yo‘lagi nazoratini topshirishni rad etdi

Armaniston AQShga Zangazur yo‘lagi nazoratini topshirishni rad etdi

Bosh vaziri matbuot kotibi Nazeli Bagdasaryan bayonot berdi.
17:01 / 15.07.2025
Zangezur bahsi: AQSh vositachilikka kirishib, yo‘lni ijaraga olmoqchi

Zangezur bahsi: AQSh vositachilikka kirishib, yo‘lni ijaraga olmoqchi

Taklif Yerevan va Boku o‘rtasidagi muzokaralardagi kelishmovchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan.
10:41 / 15.07.2025
Rossiya Ukrainaning uchta shahriga hujum qildi

Rossiya Ukrainaning uchta shahriga hujum qildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, yetti nafar jabrlanganlardan besh nafariga kuyish tashxisi qo‘yilgan.
11:59 / 16.07.2025
Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Bu urushdan eng ko'p aynan fransuzlar jabr ko'rishi taxmin qilinmoqda
22:06 / 15.07.2025
Surxondaryoda advokat 50 ming dollar pora bilan ushlandi

Surxondaryoda advokat 50 ming dollar pora bilan ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
11:08 / 15.07.2025
O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xito…
12:25 / 16.07.2025
Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida issiqlik sababli bog‘chalar yopildi

Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida issiqlik sababli bog‘chalar yopildi

2025-yilning 16-17-18-iyul kunlari ob-havo haroratining keskin oshishi kutilayotgani ma’lum qilindi.
16:07 / 16.07.2025
Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Hozirda o‘chirish ishlari davom etmoqda.
15:22 / 15.07.2025
Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda bir qator muhim masalalar muhokama qilingan
20:24 / 15.07.2025
Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

6 bosh O‘rta Osiyo kobrasi va 17 bosh sharq bo‘g‘ma iloni fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlab kelinayotgan bo‘lgan.
17:49 / 15.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!