$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

Los-Anjyeles avtosalonidagi kelajak transportlari

02:25 / 01.12.2014

Har yili Los-Anjyeles avtosaloni doirasida avtomobil kompaniyalari dizaynerlari o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi. 2012 yili ularga kelajakdagi politsiya mashinasini o‘ylab topish taklif qilingandi. O‘tgan yili tabiat bilan uyg‘un transport vositalari borasida tanlov o‘tkazilgandi. Bu yil esa dizaynerlarga quyidagi shart qo‘yildi: “Inson va mashinaning 2029 yilda o‘zaro mutanosibligi”.

Amerikaning “Akura” dizayn-byurosi insonning mashina bilan “birlashib” ketadigan konseptini o‘ylab topishdi.

Mashina ikkita — “interer” va “eksterer” modullaridan iborat bo‘lib, ular to‘rli tizim orqali birlashgan.

Terisi ostiga mikrochip o‘rnatilgan haydovchi maxsus matritsaga teginib, kuzovning ayrim unsurlarini o‘zgartirishi, salonni kengaytirishi yoki toraytirishi mumkin.

Ushbu loyiha g‘oliblikni qo‘lga kirita olmadi. Chunki uning mualliflari bularning barchasi qanday ishlashini tushuntirib bera olishmadi.

Amerikaning “Peterbilt” yuk mashinalari ishlab chiqarish korxonasi haydovchisiz furani taqdim etdi.

Loyiha “SymbiotUX” (“simbioz” va “UX”, “foydalanuvchi uyg‘unligi”) deb nomlandi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, o‘rindiqlar “NanoHedron” deb nomlanuvchi sensor qoplama bilan jihozlangan.

O‘rindiqlar yo‘lovchining ehtiyojini “his qila oladi” (masalan musiqa ovozini pasaytirish), charchoqni nazorat qiladi va golografiya yordamida kompyuter o‘yinlarini ishga tushiradi.

“Simbiotiks”lar yagona safga birlashishlari mumkin. Bu holda eng oldindagi fura haydovchisi safni boshqaradi. Qolgan mashinalarning haydovchilari uxlashlari yoki kompyuter o‘yinlari o‘ynab ketishlari mumkin. 

Xitoy-Isroil “Qoros” korxonasi “Q: QorosQloud Qubed” avtomobilini yaratdi. 

Mashinaga o‘rnatilgan “Q” superkompyuteri yordamida tizim haydovchining odatlarini eslab qoladi, avtopilot vazifasini ham bajara oladi. Haydovchi o‘rindig‘i o‘rtada joylashgan bo‘lib, vaziyatga qarab orqaga burilishi ham mumkin.

Egasining holatiga qarab mashina o‘z vazifasini bajaradi. Masalan, “Kvoros” juma kuni kechqurun egasining charchaganligini his qilsa, boshqaruv avtopilotga o‘tadi. Haydovchi esa bemalol uxlashi mumkin bo‘ladi.

Vazifalarga kirishish golografik proyektor yordamida boshqariladi. Haydovchining kayfiyatiga qarab salon ichida turli rangdagi chiroqlar yonadi.

Bundan tashqari, mashinaning o‘zi ham chiroqlari yordamida batareya quvvati tugayotganligidan “xafa” bo‘layotganini bildirishi mumkin.

Mashina ikkita farzandi bor oilalarga mo‘ljallangan.

“Synaptiq” deb nom olgan “Infiniti” konsepti tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. U kelajak avtosporti uchun mo‘ljallangan ekzokostyumli sport avtomobilidir.

Mualliflar kompaniya 2029 yilda A.R.C. (Air, Rally, Circuit) avtopoygasida ishtirok etishlarini tasavvur qildilar. Bu poyga trek, kesishgan yo‘llar va havoda o‘tkaziluvchi triatlondir.

Mashina samolyot yoki bolidga aylanishi mumkin. Aniqrog‘i, u yoki bu turdagi kuzovga ulanishi mumkin.

 Haydovchi ko‘chib yuruvchi kapsula ichida joylashadi. Haydovchi o‘rindig‘iga ekzokostyum ulanadi.

Kapsulada turli ma'lumotlar beriluvchi ko‘plab golografik va suyuq kristalli displeylar mavjud.

Agar uchgingiz kelsa, mashinangizni samolyotga aylantirasiz.

Va uchib ketasiz.

Tanlov g‘olibi — “Xonda”ning “CARpet” deb nomlangan “gilamli” loyihasi. Mashinaga solinadigan gilam ostida sun'iy “muskullar” bo‘ladi.

Haydovchining istagiga qarab “muskullar” gilam shaklini o‘zgartiradi. Haydovchi o‘rindig‘ining ham keragi yo‘q — uni “yasab” olish mumkin.

Boshqaruv “Xonda-shar” — istagancha aylantirish mumkin bo‘lgan shaffof shar yordamida amalga oshiriladi.

Mualliflarning fikricha, bunday tizim insonga o‘zini to‘liq erkin his qilish imkonini beradi.

Tasavvur qiling: 2029 yilda mashinalarda o‘rindiqlar bo‘lmaydi, biz avtomobil ichida istagandek harakat qilishimiz mumkin.

 

Manba: motor.ru


Bu ham qiziq

Armaniston AQShga Zangazur yo‘lagi nazoratini topshirishni rad etdi

Armaniston AQShga Zangazur yo‘lagi nazoratini topshirishni rad etdi

Bosh vaziri matbuot kotibi Nazeli Bagdasaryan bayonot berdi.
17:01 / 15.07.2025
Rossiya Ukrainaning uchta shahriga hujum qildi

Rossiya Ukrainaning uchta shahriga hujum qildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, yetti nafar jabrlanganlardan besh nafariga kuyish tashxisi qo‘yilgan.
11:59 / 16.07.2025
Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Oqdaryoda cho‘milish chog‘ida ularni oqim oqizib ketgan, oqibatda ayollar cho‘kib ketgan.
12:23 / 16.07.2025
Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

6 bosh O‘rta Osiyo kobrasi va 17 bosh sharq bo‘g‘ma iloni fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlab kelinayotgan bo‘lgan.
17:49 / 15.07.2025
Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Siyosatchining fikriga ko‘ra, bu urushda baribir imkoniyatlar noteng bo‘lib qolmoqda
19:54 / 15.07.2025
O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xito…
12:25 / 16.07.2025
Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Axborot xizmati rahbari Raufjon Rasulov ma’lum qildi
21:25 / 15.07.2025
Los-Anjeles–2028. XXXIV yozgi Olimpiya o‘yinlari taqvimi e’lon qilindi

Los-Anjeles–2028. XXXIV yozgi Olimpiya o‘yinlari taqvimi e’lon qilindi

“AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari rasman 2028-yil 14–30-iyul kunlariga belgilangan, b…
16:54 / 16.07.2025
17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi
22:36 / 16.07.2025
O‘zbekiston kelasi yili yirik sport tadbiriga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston kelasi yili yirik sport tadbiriga mezbonlik qiladi

Mazkur tadbir Osiyo sporti uchun muhim ahamiyatga ega
20:33 / 16.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!