$
12658.19 UZS
-100.17
161.44 UZS
-1.9
14672.11 UZS
-148
41° Kechasi 24°

Kun tarixi: Ilk saqich qachon, qayerda, qanday qilib paydo bo‘lgan?

12:20 / 23.09.2019

Ma’lum bo‘lishicha, saqich 1848-yil 23-sentyabr kuni amerikalik Jon Kurtis tomonidan ishlab chiqarilgan ekan. U bu ixtironi o‘z uyida amalga oshirgan. Bu voqeaga ham 171 yil bo‘ldi. 
 
Biroq bu dunyodagi ilk saqish emasdi. Qadimgi odamlar miloddan avvalgi VII-II asrlardan boshlab daraxtlardan ajralib chiqadigan qatronni saqich sifatida chaynashgan. Bu orqali ular og‘izdan keluvchi noxush hidni bartaraf qilishgan.

 Janubiy Amerikada Maya qabilasi ignabargli daraxtlardan ajralib chiqadigan shirani (qatron) chaynashgan.

2007-yilda Finlandiya provinsiyalaridan birida arxeologlar tomonidan olib borilgan qazishma ishlarida qatronda odam tishlarining izini topishgan, bu “saqich”ning yoshi, taxminan, 5 ming yilni tashkil etishini anglatadi.

1.jpg

 Jon Kurtis saqichiga turli aramatizatorlar qo‘shishiga qaramay uning tarkibida qatron bo‘lganligi sababli saqich yaxshi sotilmagan.
 
Keyinchalik 1869-yilda ixtirochi Tomas Adams saqich tarkibidan qatronni chiqarib tashlashga muvaffaq bo‘lgan.
 
1871-yilda Adams saqichni avtomatik ravishda ishlab chiqarish uchun dastgoh ixtiro qilib, patentlagan. Keyin esa u mahsulotni yaxshi sotilishi uchun uning ta’mini yaxshilab, qizilmiya ekstraktini qo‘shdi.

2.jpg

Birinchi saqich 5 sentdan sotilgan. O‘shanda o‘rtacha qutida qadoqlangan saqich bir dollardan sotilgan.

Yangicha mahsulotni odamlarga tanitish uchun saqichlar dastlab do‘konlarga bepul tarqatilgan. 

Ikkinchi Jahon urushi paytida Orbit saqichi askarlar ratsioniga kiritilgan - bu stressni yengillashtirish va dam olishga yordam berishiga ishonishgan.

Eng qizig‘i, (garchand bu yoqimsiz bo‘lsada, lekin fakt) 1954-yilda “Saqichdan eng katta pufak hosil qilish” bo‘yicha tanlov o‘tkazilgan. 

Bugungi kunda barcha saqichlar bitta formulaga binoan tayyorlanadi, faqat ingredientlar farq qilishi mumkin: ya’ni bitta saqich tarkibida 20% kauchuk, 60% shakar (yoki uning o‘rnini bosuvchi moddalar), 19% makkajo‘xori siropi va 1% aramatizator bo‘ladi.

Dunyo bo‘ylab har yili, taxminan, 100 ming tonna saqich chaynalar ekan.

Yutib yuborilgan saqich oshqozonda 7 yilgacha saqlanib turadi, degan qarashda biroz xatolik bor. Aslida u organizimga hech qachon yopishib qolmaydi.

 Chekishni tashlamoqchi bo‘lganlar uchun saqich katta yordam beradi. Chunki uning tarkibida oz miqdorda bo‘lsa ham nikotin bor. 

Umuman olganda saqich og‘iz bo‘shlig‘idagi noxush hidni yo‘q qiladi. Bundan tashqari u ichak faoliyatini yaxshilaydi.

Xullas, har narsaning foydali jihati bor, bunda faqat me’yorni unutmaslik zarur. 


Nozima RAHMATOVA tayyorladi


Bu ham qiziq

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalarni taqdim etishga tayyor

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalarni taqdim etishga tayyor

Bu safargi cheklovlar asosan neft va neft mahsulotlariga nisbatan bo‘ladi
22:08 / 16.07.2025
O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat deb topildi

O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat deb topildi

Yurtimiz jinoyatchilik indeksida yuqorilashda davom etmoqda
18:22 / 17.07.2025
“Prava” olib berishni va’da qilgan PPX inspektori ushlandi

“Prava” olib berishni va’da qilgan PPX inspektori ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:23 / 17.07.2025
Fransiya va Italiya Ukraina mudofaasi uchun pul ajratmoqchi emas

Fransiya va Italiya Ukraina mudofaasi uchun pul ajratmoqchi emas

Ikki mamlakat ham o‘zining harbiy xarajatlari muhimroq deb hisoblaydi
21:35 / 16.07.2025
Sirdaryoda Cobalt beton to‘siqqa urilib, yonib ketdi

Sirdaryoda Cobalt beton to‘siqqa urilib, yonib ketdi

“Sodir etilgan yo‘l transport hodisasi natijasida jarohatlanganlar va jabrlanganlar yo‘q”, – deyiladi xabarda.
12:17 / 17.07.2025
Qirg‘izistondan tilla buyumlarni noqonuniy olib kelgan shaxs ushlandi

Qirg‘izistondan tilla buyumlarni noqonuniy olib kelgan shaxs ushlandi

Hozirda fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida ushbu…
09:34 / 18.07.2025
“UzAuto Motors” Chevrolet Onix, Tracker va Damas uchun xarid shartlarini soddalashtirdi

“UzAuto Motors” Chevrolet Onix, Tracker va Damas uchun xarid shartlarini soddalashtirdi

UzAuto Motors” AJning ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 21-iyuldan boshlab Chevrolet Onix, Tracker va Damas avtomobillarini tij…
15:08 / 17.07.2025
1-avgustdan boshlab chiqindidan qarzi borlar “svet”ga to‘lov qila olmaydi

1-avgustdan boshlab chiqindidan qarzi borlar “svet”ga to‘lov qila olmaydi

Bu bo‘yicha yangi tartib joriy qilinmoqda.
14:25 / 17.07.2025
Ozodlikka chiqqan fuqarolarga nafaqa tayinlash tartibi belgilandi

Ozodlikka chiqqan fuqarolarga nafaqa tayinlash tartibi belgilandi

Ma’lumot uchun, nafaqa miqdori BHMning 6 baravarini tashkil etadi.
16:34 / 17.07.2025
Ukraina Rossiyaga asirlar almashinuvini taklif etdi

Ukraina Rossiyaga asirlar almashinuvini taklif etdi

Gap sovet davridagi yodgorlik haqida ketmoqda
22:29 / 17.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!