$
12736.48 UZS
-21.17
137.60 UZS
-0.45
14193.53 UZS
-74.63
25° Kechasi 13°

O‘zbekiston sayyohlar uchun MDHda eng xavfsiz davlat deb qayd etildi. Bu borada dunyoda nechanchi o‘rindamiz?

15:43 / 21.02.2020

Fransiyaning Insurly internet nashrida sayyohlar uchun eng xavfsiz davlatlar reytingi e’lon qilingan. Mazkur reytingga 180 ta davlat kiritilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston 46-o‘rinni egallagan. 

“Insurly”da ta’kidlanishicha, reytingni tuzishda nafaqat zo‘ravonlik (qotillik, terrorizm) bilan bog‘liq ma’lumotlar, balki sog‘liqni saqlashga oid holatlar (epidemiya, asosiy sanitariya holati, havo sifati va boshqalar) hamda transport xavfsizligi ham e’tiborga olingan.

Yuqorida sanab o‘tilganlar asosida davlatlar 100 ballik tizimda baholangan. Birinchi o‘rinni 93.4 ball bilan Shveysariya, ikkinchi o‘rinni esa 92.7 ball bilan Singapur, uchinchi o‘rinni 91.1 ball bilan Norvegiya davlati egallagan. 

Reytingning kuchli o‘ntaligini Lyuksemburg, Kipr, Islandiya, Daniya, Portugaliya kabi davlatlar tashkil etadi.

O‘zbekiston mazkur reytingda 100 balldan 70.3 ball to‘plagan. Bu jarayonda sayyohlarning har xil tabiiy ofatlardan himoyalanish darajasi 25, transport xavfsizligi 67 ball, tibbiy himoyalanishi 81 ball, turli zo‘ravonliklardan himoyalanishi esa 79 ball bilan baholangan. Ushbu ko‘rsatkichlar Mustaqil davlatlar hamdo‘stligidagi va Markaziy Osiyo davlatlar uchun eng yuqori natija hisoblanadi. 
Markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zbekistondan keyin ikkinchi o‘rinda Turkmaniston qayd etilgan. Uning turli zo‘ravonliklardan xavfsizlik darajasi 44, transport xavfsizligi 56, tibbiy xavfsizligi 89 va tabiiy ofatlardan himoyalanganligi 48 ball bilan baholangan. Umumiy hisobda 64.8 ball to‘plagan va reytingda 60-o‘rinda qayd etilgan.
Qozog‘iston Respublikasi esa umumiy hisobda 59.4 ball to‘plagan va 71-o‘rin deb belgilangan. Zo‘ravonliklardan xavfsizlik darajasi 40, transport xavfsizligi 43, tibbiy xavfsizligi 77 va tabiiy ofatlardan himoyalanganligi 75 ball bilan baholangan.
Markaziy Osiyo davlatlaridan Tojikiston 93-o‘rinda, Qirg‘iziston 106-o‘rin deb ko‘rsatilgan.

MDH davlatlaridan Belarus Respublikasi 48-o‘rinda, Ozarbayjon  52-o‘rinda, Moldava 66-o‘rinda, Gruziya 68-o‘rinda, Armaniston 72-o‘rinda, Ukraina 83-o‘rinda, Rossiya 86-o‘rin deb belgilangan.


Bu ham qiziq

Donald Tramp Google’ni sudga bermoqchi

Donald Tramp Google’ni sudga bermoqchi

Sababi Google qidiruv tizimi u haqida asosan salbiy ma’lumotlar taqdim etadi.
18:14 / 28.09.2024
Abbosbek Fayzullayev uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Abbosbek Fayzullayev uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Qiyin kechgan bahsda o‘zbekistonlik futbolchi jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
18:58 / 28.09.2024
Chegara postida fuqaroning sumkasidan ilon chiqdi

Chegara postida fuqaroning sumkasidan ilon chiqdi

Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar qildi.
14:33 / 28.09.2024
Rossiyalik senator Alisher Qodirovga javob qaytardi

Rossiyalik senator Alisher Qodirovga javob qaytardi

Avvalroq, Alisher Qodirov Mariya Zaxarovaga Chilonzordagi maktabda sodir bo‘lgan voqea uchun rasmiy ma’lumot so‘ragan gapiga…
17:23 / 27.09.2024
“Tilidan zahar tomishdan u yog‘iga o‘tmaydigan Zaxarovaning boshqa mamlakatlar ichki ishlariga aralashishi birinchi bor emas” – Rasul Kusherbayev

“Tilidan zahar tomishdan u yog‘iga o‘tmaydigan Zaxarovaning boshqa mamlakatlar ichki ishlariga aralashishi birinchi bor emas” – Rasul Kusherbayev

Rasul Kusherbayev Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovanining 6-sinf o‘quvchisini kaltaklash voqeasi…
13:03 / 28.09.2024
“Garri Potter” filmi yulduzi vafot etdi

“Garri Potter” filmi yulduzi vafot etdi

Aktrisa 89 yoshda edi.
19:43 / 27.09.2024
Joriy yilda o‘qish maqsadida chet elga borgan o‘zbekistonliklar soni qancha?

Joriy yilda o‘qish maqsadida chet elga borgan o‘zbekistonliklar soni qancha?

Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
10:36 / 28.09.2024
Mark Sukerberg yangi Meta aqlli ko‘zoynaklarini taqdim etdi

Mark Sukerberg yangi Meta aqlli ko‘zoynaklarini taqdim etdi

“Tarixdagi eng ilg‘or aqlli ko‘zoynak” deb atalayotgan ixtiro Meta korporatsiyasi rahbari Mark Sukerberg tomonidan taqdim et…
11:07 / 28.09.2024
Shavkat Mirziyoyevning o‘qituvchi va murabbiylarning bir guruhini mukofotlash bo‘yicha farmoni e’lon qilindi

Shavkat Mirziyoyevning o‘qituvchi va murabbiylarning bir guruhini mukofotlash bo‘yicha farmoni e’lon qilindi

Shavkat Mirziyoyevning “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xo…
20:38 / 27.09.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!