$
12066.22 UZS
62.2
₽
149.74 UZS
0.94
€
13444.18 UZS
82.51
31° Kechasi 18°

Robert Oppengeymer. Atom bombasining otasi

17:14 / 15.09.2024

Robert Oppengeymer — XX asr ilm-fan dunyosidagi eng muhim shaxslardan biri bo‘lib, ayniqsa, ikkinchi jahon urushi davrida kashf etgan ilmiy ishlari bilan tanilgan noyob shaxs.

U butun dunyo uchun birinchi atom bombasi yaratib, odamzod qo‘lidan qanday ishlar kela olishini ko‘rsatib bergan. 

Sizga taqdim etmoqchi bo‘lgan bugungi maqolamizda ushbu daho insonning hayoti, atom bombasining kashf qilinishi va boshqa bir qator qiziqarli ma’lumotlarga guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Yoshligi va ilmiy faoliyati

Robert Oppengeymer 1904-yil 22-aprelda Nyu-York shahrida dunyoga kelgan. Uning otasi boy mato savdogari bo‘lgan, onasi esa rasm chizish bilan shug‘ullangan.

Oppengeymerning yoshlik yillaridanoq ilmga qiziqishi yuqori bo‘lgan. U o‘qishiga qattiq kirishib, Garvard universitetiga qabul qilinadi va kimyo yo‘nalishini tamomlaydi.Uzoq o‘tmay, fizika sohasiga qiziqishi ortib, Kembrij universitetiga ko‘chib o‘tadi va 1927-yilda doktorlikdissertatsiyasini yoqlaydi.

Manhetten loyihasi va atom bombasi

Ikkinchi jahon urushi boshlangandan so‘ng, AQSh Germaniya va boshqa davlatlardan o‘zib ketishni istab, atom quroli ustida ishlashni boshlaydi. Oppengeymer esa 1942-yilda AQSh hukumati tomonidan Manhetten loyihasi ilmiy rahbari etib tayinlanadi. 

Bu loyiha Yangi Meksikada joylashgan maxfiy laboratoriyalarda olib boriladi va 1945-yili u yerda ilk atom bombasi sinovdan o‘tkaziladi.

Mazkur sinov 1945-yil 16-iyulda amalga oshiriladi va tarixda “Triniti testi” nomi bilan taniladi.

Oradan bir necha hafta o‘tib, Xirosima va Nagasakiga Oppengeymer yaratgan atom bombalari tashlanadi va bu hodisa urushning tugashiga olib keladi.

Manhetten loyihasi yadro texnologiyalarini rivojlantirishdagi eng katta qadamlardan biri bo‘lib, keyinchalik yadro energiyasi va qurollanish poygasining boshlanishiga sabab bo‘ldi.

Urushdan keyingi faoliyati

Ikkinchi jahon urushidan keyin Oppengeymer atom bombasi yaratishdagi asosiy roli tufayli katta shuhrat qozonadi, va u ilmiy doiralarda muhim shaxsga aylanadi. 

1947-yilda u AQSh hukumati tomonidan tashkil etilgan AQSh Atom energiyasi komissiyasi (AEC) qoshidagi Ilmiy maslahat qo‘mitasi raisi etib tayinlanadi. Oppengeymer bu lavozimda AQShning atom energiyasi va qurol-yarog‘ siyosatida muhim rol o‘ynadi.

Bu davrda Oppengeymer atom qurollarining tarqalishini cheklash va yadro energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanishga urg‘u beradi. U xalqaro hamkorlik va nazoratni kuchaytirish orqali atom qurollarining nazoratsiz ko‘payishini oldini olishga harakat qiladi. 

Ayniqsa, u atom qurollari bo‘yicha xalqaro nazoratni kuchaytirish tarafdori edi. Bu pozitsiyasi uni qurollanish poygasiga qarshi faol siyosiy arbobga aylantiradi.

1950-yilda AQSh qurolli kuchlari gidrogen (vodorod) bombasini ishlab chiqish ustida jiddiy ishlay boshlaganida, Oppengeymer bu qarorni tanqid qiladi. Uning fikricha, bu qurolning yaratilishi insoniyat uchun juda xavfli va bu qurollanish poygasini keskinlashtirishi mumkin edi.

U gidrogen bombasini yaratishning axloqiy va strategik jihatdan noto‘g‘ri ekanligini ta’kidlaydi va bu qarorga qo‘shilmasligini bildiradi. Bu fikrlaridan so‘ng, Robert Oppengeymer AQSh hukumati bilan ziddiyatga kirishadi.

Shundan so‘ng, 1953-yilda Oppengeymer AQSh hukumati tomonidan kommunistlar bilan aloqada bo‘lganlikda gumon qilinadi. Bu ayblovlar asosan Sovet Ittifoqi bilan bo‘lgan sovuq urush sharoitida kuchaygan siyosiy keskinliklar natijasida yuzaga kelgandi.

Oppengeymerning o‘tmishdagi siyosiy faoliyati, ya’ni yoshligida ba’zi kommunistik doiralar bilan bog‘liq bo‘lishi va rafiqasi hamda ayrim do‘stlarining kommunistik partiyaga aloqadorligi haqida ma’lumotlar bu gumonlarni yanada kuchaytiradi.

Shu tariqa, 1954-yilda AQSh Atom energiyasi komissiyasi Oppengeymerni davlat xavfsizligiga tahdid sifatida ko‘rib, maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqidan mahrum qiladi. 

Bu qaror rasmiy tekshiruvlar natijasida qabul qilinadi, unda Oppengeymerning kommunistik partiya bilan aloqadorligi va uning vodorod bombasiga qarshi bo‘lgan pozitsiyasi ko‘rib chiqiladi.

Tekshiruv davomida Oppengeymerning kommunistlar bilan aloqasi hech qanday real xavf tug‘dirmagan bo‘lsa-da, u baribir o‘zining siyosiy va ilmiy mavqeini yo‘qotadi. Maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqidan mahrum qilinishi uning ilmiy va siyosiy faoliyatiga jiddiy zarar yetkazadi va bu holat Oppengeymer uchun katta zarba bo‘ladi.

Umrining so‘nggi yillari

Oppengeymer siyosiy bosimga qaramasdan, umrining so‘nggi yillarida ham ilmiy faoliyatini davom ettiradi. U 1966-yilgacha Princeton universitetida ilmiy tadqiqotlar direktori bo‘lib ishlaydi.

Robert chekishga mukkasidan ketgan edi, shu bois, u tinimsiz sil kasalligidan aziyat chekkan va bu kasallik 1967-yilning 18-fevraliga kelib tomoq saratoniga olib kelgan edi.

“Atom bombasining otasi”, ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Robert Oppengeymer 62 yoshida vafot etadi.

Yakuniy xulosa

Robert ilm-fanda ko‘plab olimlar va jamoatchilik orasida hurmat qozongan bo‘lsa-da, uning atom bombasining yaratishi uni murakkab shaxs sifatida ko‘rsatadi.

U butun umri davomida atom energiyasining kashf etilishining insoniyat uchun qanchalik xavfli ekanini anglab yashagan. U o‘z ilmiy yutuqlari bilan tarixga kirgan bo‘lsa ham, insoniyatni o‘z ishining oqibatlari haqida o‘ylashga majbur qilgan buyuk olim sifatida xotirlanadi.

Oppengeymerning hayoti va ilmiy merosi haqida ko‘plab kitoblar, filmlar va teatr asarlari yaratilgan va hozir ham yaratilmoqda. Uning kashfiyotlari, ilm-fanga qo‘shgan hissasi esa hali-hanuz o‘rganilmoqda.

Muallif: Behruzbek Shoimqulov


Ilm-fan


														
														Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi sathini 44 metrgacha ko‘tarmoqchi

Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi sathini 44 metrgacha ko‘tarmoqchi

Qozog‘iston hukumati kelgusi besh-olti yil ichida Shimoliy Orol dengizidagi suv sathini 44 metrgacha ko‘tarishni rejalashtir…
15:18 / 08.10.2026

														
														Ford Nucleon: yadro reaktorida yuradigan avtomobil nega yaratilmay qoldi?

Ford Nucleon: yadro reaktorida yuradigan avtomobil nega yaratilmay qoldi?

1958-yilda AQSHning Ford kompaniyasi benzin o‘rniga atom energiyasidan foydalanadigan avtomobil — Ford Nucleon konsepsiyasin…
09:27 / 07.10.2026

														
														Qozog‘istonda Sun’iy intellekt universiteti ochiladi

Qozog‘istonda Sun’iy intellekt universiteti ochiladi

Qozog‘istonda 2026-yilda yangi formatdagi texnologik oliygoh – Sun’iy intellekt universiteti ochiladi. Bu haqda kecha, 24-ap…
16:53 / 25.04.2026

														
														NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

Oyga so‘nggi boshqariladigan missiya 1972-yil dekabr oyida Amerikaning "Apollon-17" ekspeditsiyasi doirasida amalga oshirilg…
14:18 / 04.04.2026

														
														Haydovchilarni uyqudan ogohlantiruvchi aqlli ko‘zoynak yaratildi

Haydovchilarni uyqudan ogohlantiruvchi aqlli ko‘zoynak yaratildi

“Haydovchilar uchun uyquga qarshi aqlli ko‘zoynak — AntiSleep Glasses” nomli EHM uchun yaratilgan dastur Adliya vazirligi to…
17:32 / 24.12.2025

														
														NASA tovushdan tez uchuvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

NASA tovushdan tez uchuvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan tik ko‘tarilganidan so‘ng, bir soat parvoz qilgan va NASA Air parvoz tadqiqot markazi yaq…
14:28 / 29.10.2025

														
														Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Kimyo bo‘yicha 2025-yilgi Nobel mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi.
18:32 / 08.10.2025

														
														Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi

2025-yilgi Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Meri Brunkow, Fred Ramsdell va Shimon Sakaguchiga topshirildi.
17:53 / 06.10.2025

														
														Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Til sertifikatiga ega bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilari yil yakuniga qadar ishlaydi

Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi barcha tegishli bo‘limlarga ushbu topshiriqlar yetkazildi.
16:14 / 24.09.2025

														
														Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Endi super kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilaydi

Maqsadli qabul asosida tavsiya etilgan abituriyentlar ushbu imtiyozda
10:53 / 23.09.2025

Bu ham qiziq

“Dok-1 Maks” işi böyiça jabrlangan oilalarga 80 milliard söm kompensatsiya tölandi

“Dok-1 Maks” işi böyiça jabrlangan oilalarga 80 milliard söm kompensatsiya tölandi

“Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalari iste’moli oqibatida jabrlangan oilalarga jami 80 milliard söm kompensatsiya tölan…
14:10 / 28.10.2026
Umraga yuboriş uçun $2100 talab qilgan 19 yoşli yigit uşlandi

Umraga yuboriş uçun $2100 talab qilgan 19 yoşli yigit uşlandi

Andijon va Farğona viloyatlarida fuqarolarni Umra ziyoratiga noqonuniy yuborişga uringan şaxslar uşlandi. Bu haqda Davlat xa…
09:18 / 30.10.2026
Mirziyoyev: Sönggi 10 yilda 10 million aholiga xizmat körsatuvçi tibbiyot muassasalari işga tuşdi

Mirziyoyev: Sönggi 10 yilda 10 million aholiga xizmat körsatuvçi tibbiyot muassasalari işga tuşdi

Prezident Şavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuvi boşlandi. Davlat rahbari yiğilganl…
11:35 / 27.10.2026
Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilib, örniga aymoqlar taşkil etiladi.

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilib, örniga aymoqlar taşkil etiladi.

Qirğizistonda ma’muriy-hududiy tuzilmani özgartirişning ikkinçi bosqiçi boşlanmoqda. Rejaga köra, mamlakatdagi 7 ta viloyat …
08:28 / 28.10.2026
Toşkent şahrida yaşirin pivo işlab çiqariş sexi foş etildi

Toşkent şahrida yaşirin pivo işlab çiqariş sexi foş etildi

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Toşkent şahar boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkor…
12:11 / 30.10.2026
Saida Mirziyoyevaning taşabbusi amalda: Özbekistondagi raqamli tölovlarda katta özgariş — Apple Pay va Google Pay rasman işga tuşdi

Saida Mirziyoyevaning taşabbusi amalda: Özbekistondagi raqamli tölovlarda katta özgariş — Apple Pay va Google Pay rasman işga tuşdi

Bu haqda, Prezident Administratsiyasi rahabri özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi. Xöş, bu tizimlar foydalanu…
14:54 / 27.10.2026
Özbekistonda bugun ayrim hududlarda yomğir yoğişi kutilmoqda

Özbekistonda bugun ayrim hududlarda yomğir yoğişi kutilmoqda

Bugun Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim hududlarda yoğingarçilik kuzatiladi. Kunduzi havo harorati +13…+23 dar…
17:23 / 28.10.2026
Til sertifikati sabab dissertatsiya himoya qila olmagan magistrantlarga ruxsat berildi

Til sertifikati sabab dissertatsiya himoya qila olmagan magistrantlarga ruxsat berildi

Özbekistonda 2022/2023-öquv yilining qişki qabulida istisno tariqasida magistraturaga qabul qilingan, biroq xorijiy til sert…
11:13 / 28.10.2026
Toshkentda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘lindi

Toshkentda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘lindi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 28-oktabr kuni Lacetti rusumli avtomobil daraxtga urildi. YTH oqibatida avtomobil ikk…
11:16 / 28.10.2026
Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd töqnaşdi: kamida 10 kişi halok böldi

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd töqnaşdi: kamida 10 kişi halok böldi

Ispaniyada 28-oktabr kuni ikkita tezyurar poyezd töqnaşib ketdi. Hodisa oqibatida kamida 10 kişi halok bölgan, qurbonlar son…
16:37 / 28.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!