Ruchka so‘zini eshitgan odamning xayoliga yozuv ashyosi keladi. Yog‘och yoki plastmassadan qilingan, bir uchiga pero yoki ichi rang bilan to‘ldirilgan sterjen o‘rnatiladigan cho‘zinchoq tutqich — yozuv quroli. U haqidagi 10 ta qiziq ma’lumotlarni sizga taqdim etamiz.
1.Rossiyada har yili 600 million dona ruchka ishlatiladi.
2.Sharikli ruchkalar ilk bor 1945-yili sotuvga qo‘yilgan. Sharikli ruchka ishlab chiqarish uchun esa mutaxassislar 57 yil burun patent olishgandi. Birinchi kunning o‘zida o‘shanda 10 mingtadan ziyod sharikli ruchka sotilgan.
3.Psixologlarning gapiga qaraganda, fikrlash jarayonida ruchka kemirib o‘tiradiganlar tabiatan ijodkorlikka moyil bo‘lishadi.
4.Аvtoruchkadan yer yuzining 92 foiz aholisi unumli foydalanadi.
5.Ilk marotaba ishlab chiqarilgan avtoruchka bahosi 12 dollarga teng bo‘lgan. Hozirgi kunda shu pulga siz ruchka-radio sotib olishingiz mumkin.
6.Kampuchiya hindular qabilasi yetakchisi qabiladoshlarga negadir avtoruchkadan foydalanishni, uni kissasida olib yurishni taqiqlab qo‘ygan. Kim ruchka bilan qo‘lga tushsa, otib o‘ldirilgan.
7. Bir dona yaxshi avtoruchkada 50 mingtaga yaqin so‘zni yozsa bo‘ladi.
8. Germaniyada yashovchi Аnjelika Unverxau ismli ayol avtoruchkalarni yig‘ish bilan shug‘ullanadi. Hozirgi kunda uning kollektsiyasidagi avtoruchkalar 160 ming turdan iborat.
9. Dunyo boʼyicha har soniyada 125 ta avtoruchka sotiladi.
10. Har yili dunyoda 100 kishi avtoruchkaga tiqilib o‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!