$
12933.16 UZS
-14.94
158.28 UZS
1.35
14719.23 UZS
23.14
27° Kechasi 16°

Ko‘zga tik qarolmaslikning sababi nima?

16:32 / 23.11.2019

Ba’zi odamlar bilan qiziqarli mavzularda gaplashish ham qiyin kechadi. Siz suhbatdoshingizning yuziga qaraysiz – u esa ko‘zlarini olib qochadi. Natijada noqulaylik his qila boshlaysiz. Sizga gapirayotganida chetga yoki yuzingizning boshqa bir qismiga, masalan, iyagingiz yo labingizga qaraydi. Agar ko‘zingizga nigohi tushsa, birdan olib qochadi. 

Bu holatni tushunish uchun ba’zi narsalarga e’tibor berish kerak, jumladan:
•  Bu odam boshqalar bilan gaplashayotganida ham ko‘zlarini olib qochadimi yoki faqat siz bilanmi;
•  Bu holat alohida mavzularda gaplashganda (shaxsiy hayot, ish, g‘iybatlar) ro‘y beradimi yoki har doimmi;
•  Bu odat suhbatdoshning jinsiy mansubligiga bog‘liqmi (masalan, o‘z jinsdoshlari bilan normal muloqot qiladi-yu, qarama-qarshi jins vakilining ko‘ziga tik qarolmaydi);
•  Ma’lum bir muddat ko‘zingizga qarashga majbur qiladigan nimadir bormi (hayrat, kulgi, qo‘rquv, ishonchsizlik, g‘azab);
•  Bu odam “yopiq”mi yoki muloqotni yoqtiradigan. 

Ehtimoliy sabablar:

Suhbatdoshingiz, aynan, siz bilan gaplashayotganda ko‘zingizga tik qarolmasa, quyidagilar bunga sabab bo‘lishi mumkin: 

– Siz unga yoqasiz, buni anglab turganidan uyaladi. O‘zining bor kuchi bilan simpatiyasini yashirishga urinadi yoki uni ko‘rsatmoqchi-yu, buni qanday qilishni bilmaydi. Unga murojaat qilganingizda, gaplari chalkashib ketadi va buning uchun o‘zidan jahli chiqadi. Beixtiyor ko‘zlarini olib qochadi, chunki tik qarasa, butkul o‘zini yo‘qotib qo‘yishi mumkin. 
– Siz bu odamga yoqmaysiz. Ba’zida hech qanday sababsiz ham kimnidir yoqtirmaslik mumkin. Ko‘zga tik boqmaslik – bu holatda yoqtirmaslikning yagona belgisi bo‘lmaydi. Odam o‘zini muloqotdan olib qochadi, salomlashgisi kelmaydi, o‘zi birinchi bo‘lib hech qachon murojaat qilmaydi, agar majbur bo‘lsa – istar-istamas gap boshlaydi.
– U sizga ishonmaydi. Ko‘zlarini olib qochish orqali o‘ylari va hissiyotlarini yashirishga intiladi.   
– U sizdan uyaladi. Masalan, siz jamoadagi yangi odam bo‘lsangiz, hali ko‘nikolmayotgan bo‘lishi mumkin. Yoki sizdagi jizzakilik, ochiqlik, mahmadonalik kabi xususiyatlar uning uyatchan va yopiq tabiatiga umuman mos kelmayotgandir. Natijada sizni ko‘rishi bilan ongsiz ravishda g‘ujanak bo‘lib olishi va tabiiyki, ko‘zlarini olib qochishi mumkin. 

Agar odam deyarli hech kimning ko‘ziga tik qarolmasa, u o‘ziga ishonmaydigan, ta’sirchan va “yopiq” bo‘lishi mumkin. 


Bu ham qiziq

Kelajak tanlovga bog‘liq: Sun’iy intellekt yutuqmi yoki xavf?

Kelajak tanlovga bog‘liq: Sun’iy intellekt yutuqmi yoki xavf?

Zamonamiz texnologik taraqqiyoti insoniyat hayotini tubdan o‘zgartirmoqda.
11:13 / 29.04.2025
O‘zbekiston delegatsiyasi migrantlar huquqlarini himoya qilish maqsadida Rossiyaga yo‘l oldi

O‘zbekiston delegatsiyasi migrantlar huquqlarini himoya qilish maqsadida Rossiyaga yo‘l oldi

Ishchi delegatsiya tarkibiga Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar, Ichki ishlar …
22:50 / 28.04.2025
AQShdan 100 nafardan ortiq noqonuniy o‘zbekistonliklar vatanga qaytariladi

AQShdan 100 nafardan ortiq noqonuniy o‘zbekistonliklar vatanga qaytariladi

Ushbu operatsiya uchun Nyu York-Toshkent yo‘nalishida maxsus reys tashkil etiladi.
08:24 / 30.04.2025
Rim Papasining dafn marosimida O‘zbekiston rasmiylari ham ishtirok etdi

Rim Papasining dafn marosimida O‘zbekiston rasmiylari ham ishtirok etdi

Marosimda ko‘plab mamlakatlar rahbarlari, Qirollik oilalari a’zolari va muhim diniy arboblar ishtirok etishdi.
19:35 / 28.04.2025
Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonliklar uchun muhim xabar

Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonliklar uchun muhim xabar

Shuningdek, Migratsiya agentligi fuqarolardan legalizatsiyaga doir savollar bilan @huquqiy_yordam_uzbot’ga murojaat qilishla…
10:07 / 29.04.2025
“Yil o‘qituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari o‘tkaziladi

“Yil o‘qituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari o‘tkaziladi

G‘oliblar 525 million so‘mga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
16:50 / 29.04.2025
Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik ketma-ket ikkinchi oy pasaymoqda

Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik ketma-ket ikkinchi oy pasaymoqda

2025-yil mart oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar hajmi 8,8 foizga kamayib, 20,4 mingni tashkil etdi. B…
21:14 / 29.04.2025
“Kanadaliklar AQShga qo‘shilib, 51-shtatga aylanishi kerak” — Donald Tramp

“Kanadaliklar AQShga qo‘shilib, 51-shtatga aylanishi kerak” — Donald Tramp

AQSh prezidenti Kanadadagi parlament saylovlari kuni o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida “ikkala mamlakat o‘rtasidagi …
08:33 / 29.04.2025
YeChL.  “Arsenal” o‘z uyida PSJni qabul qiladi

YeChL. “Arsenal” o‘z uyida PSJni qabul qiladi

Bugun, 29-aprel kuni 2024/25-yilgi mavsum Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalining ilk bahsi Londonda start oladi.
15:27 / 29.04.2025
Zelenskiy: “Nega 8-mayni kutib Putinning paradi vaqtida o‘t ochishni to‘xtatishimiz kerak ekan”

Zelenskiy: “Nega 8-mayni kutib Putinning paradi vaqtida o‘t ochishni to‘xtatishimiz kerak ekan”

Ukraina prezidenti Rossiya Federatsiyasi rahbarining may oyidagi uch kunlik sulh taklifini rad etdi.
09:08 / 29.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!