$
12557.56 UZS
-34.15
159.44 UZS
-0.74
14809.13 UZS
-12.57
43° Kechasi 27°

Tesla avtomashinalarida endi karaoke kuylash, film tomosha qilish mumkin

18:03 / 28.09.2019

Elektr avtomobillarini ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi yangi funksiyalar qo‘shilgan dasturiy ta’minotning yirik yangilanishini chiqardi.

Yangilanishning 10-versiyasi sotib olingan to‘liq avtopilot variantiga ega bo‘lgan avtomobillarda mavjud. Qolgan elektrokarlar bir necha kun ichida yangilash imoniyatiga ega bo‘ladi.

Tesla Theater

Tesla Teatr funksiyasi Teslaning Model S, X va 3 modellaridagi displeyda tasvirni to‘liq ekranda ko‘rish imkonini beradi. YouTube, Netflix va Hulu kabi eng mashhur video xizmatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ammo siz videoni faqat avtomobil to‘xtab turganda ko‘rishingiz mumkin. Xitoylik Tesla egalari o‘zlarining mahalliy iQiyi va Tencent Video dasturlaridan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.

Smart Summon

Bir necha yillardan beri Tesla avtomobillarida faol foydalaniladigan "Summon" funksiyasi o‘z egalariga mobil dasturdan foydalangan holda, mashinalarini bir necha metrga yurgazish imkonini beradi. Masalan, ushbu funksiya bilan mashinani garajdan chiqarish mumkin.

Yangi "Smart Summon" funksiyasi g‘oyani qayta ishlab chiqib, hozirda o‘rnatilgan avtopilotga ega elektr avtomobilga to‘xtab turgan joyidan egasi turgan joyga burilishi, to‘siqlarni chetlab o‘tgan holda borish imkonini beradi.

"Agarda siz bir dunyo xalta bilan do‘kondan chiqsangiz yoki yosh bolangiz bilan bo‘lsangiz, bu foydalanish uchun ideal funksiya", deyiladi kompaniya taqdimotida.

"Smart Summon"dan faqatgina mashina ko‘z o‘ngingizda yoki unchalik uzoq bo‘lmagan joyda turganida (smartfonning bluetooth funksiyasi orqali) foydalanish mumkin.

Sarguzasht qidiruvchilar uchun mahsus tugma

Tesla navigatorida ikkita yangi "Men omadliman" va "Mening qornim och" tugmachalari paydo bo‘ldi. Agar siz ulardan birini bossangiz, mashina sizga tasodifiy diqqatga sazovor joylar yoki tasodifiy restoranga yo‘nalishni taqdim etadi.

Cuphead!

Tesla salonida endi Cuphead o‘yinini o‘ynash mumkin. Lekin o‘yinni 5 daqiqadan ortiq o‘ynashning imkoni yo‘q. Kamiga o‘yin juda murakkab va buning uchun haydovchi o‘yinni boshqarish moslamasini mashinaga ulashi kerak.

Karaoke

Haydash vaqtida qo‘shiq kuylashni yaxshi ko‘radiganlar uchun Tesla maxsus funksiyani taqdim etdi. Endi avtomobilni boshqarayotganda markaziy displeyda qo‘shiqlar matnini chiqarish mumkin.


Bu ham qiziq

Yigit kishiga qirq hunar oz

Yigit kishiga qirq hunar oz

Namangandagi koloniyadagi mahkumlarga oshpazlikdan saboq berildi
22:23 / 03.07.2025
O‘zbekistonda nodavlat OTMlar faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari belgilandi

O‘zbekistonda nodavlat OTMlar faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari belgilandi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining “Respublikada nodavlat ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlar…
11:10 / 03.07.2025
“Maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi

“Maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi

Qarorga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan tegishli ta’lim dasturlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlarining kam…
10:49 / 02.07.2025
Shomurodovning yangi jamoasi ma'lum

Shomurodovning yangi jamoasi ma'lum

Futbolchi Turkiya chempionatidagi grand klub safiga o'tadi
23:16 / 03.07.2025
Mirziyoyev Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

Mirziyoyev Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi
18:49 / 03.07.2025
5-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

5-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 24-26 daraja iliq, kunduzi 41-43 daraja issiq bo‘ladi.
18:06 / 04.07.2025
4-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:39 / 03.07.2025
Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan uchrashdi

Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda ko‘plab dolzarb masalalar muhokama qilindi
18:45 / 04.07.2025
AQSh urushdan chiqmoqda, Oq uy Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatdi

AQSh urushdan chiqmoqda, Oq uy Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatdi

“AQSh uchun Ukraina endi ustuvor yo‘nalish emas, Vashington tashqi siyosatining markazida ham emas”, — dedi Ukraina Oliy Rad…
09:30 / 03.07.2025
Mirziyoyev Xonkendi shahriga bordi

Mirziyoyev Xonkendi shahriga bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Xonkendi shahrida …
18:07 / 03.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!