$
12900.00 UZS
-20.16
157.32 UZS
-1.29
14595.06 UZS
-86.12
28° Kechasi 15°

Andijon va Surxondaryo viloyatlari hokimlari yana majburiy mehnat “maydoni”da

17:11 / 04.08.2019

“2-avgustda Prezident yonib-kuyib, qaygʻurib, jon kuydirib selektor qildi, bu kishim esa 3-avgust kuni hammani majburiy mehnatga jalb qilish haqida SHOSHILINCH TOPSHIRIQ beribdi. Maqsad - Prezidentga ishlar jadal ketayotganligi haqida koʻrsatiladigan videoni chiroyli chiqarish uchun ekan. Tovba, bularga haqiqatan mutlaqo farqi yoʻq ekan, na Konstitutsiya, na qonun, na Prezident gaplari taʼsir qiladi. Qoyil, shunchaki qoyil! Yurak ham naq kitning yuragi ekan!”, - deya telegramdagi oʻzining kanalida post qoldirdi huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Huquqshunos ushbu postga bir nechta suratlarni ham ilova qilgan. Mazkur suratlarda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning Viloyat hokimligi kotibiyat mudirlari va guruh rahbarlariga, Boshqarma va tashkilot rahbarlariga, Shaharlar va tumanlar hokimlariga “Shoshilinch xabarnoma”si keltirilgan. 3-avgust kuni imzolangan xatda 4-avgust kuni soat 7:30 da Xonobod shahar “Xontogʻ” MFY hududida yangi tashkil etilgan “Qurilish shtabi”da yigʻilish oʻtkazilishi haqida yozilgan.

Gap shundaki, Davlatimiz rahbarining “Xonobod sanatoriysi” hududida 3 ming nafar mijozga xizmat koʻrsatuvchi dam olish maskanini bir oy muddatda qurish topshirigʻini bajarish maqsadida ushbu xat chiqarilgan. Suratda, shuningdek, har bir tashkilot majburiy tarzda 10 kishidan ishchi, “lopatka, ketmon va boshqa asboblar” bilan ertalabki shoshilinch yigʻilishga ishtirok etishi shartligi aytilgan.

Ikkinchi suratda majburiy mehnatga jalb etilgan tashkilotlarning roʻyxatini ham koʻrishimiz mumkin. Achinarlisi, davlat rahbarining 2-avgust kuni oʻtkazgan selektordagi tanbehlari taʼsir qilmagani va tegishli xulosa chiqarilmaganidir. Sababi Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov bank moliya muassasalaridan tortib, hattoki viloyat televideniyasini ham ishga jalb qilgan.

Eng achinarlisi bilasizmi nimada? Ushbu roʻyxatda keltirilgan shaxslarning birortasi bunga nisbatan munosabat bildirmayotgani. Nahotki vatandoshlarimizga oʻzining huquqiy manfaatlarini himoya qilishi uchun Konstitutsiyada keltirilgan normalar, Kodeks va Qonunlardagi moddalar yetarli boʻlmasa? Yoxud davlat rahbarining aytgan soʻzlari, majburiy mehnatga qarshi koʻrayotgan choralari kor qilmasa?

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning 16-fevral kuni Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Peshku tumanida viloyat faollari ishtirokidagi yigʻilishda “Bir narsani bilinglar — dunyo shiddat bilan oʻzgaryapti, zamon juda tahlikali. Lekin mana shu shiddatli, tahlikali zamonda biz bir davlat, bir millat boʻlib, oʻrnimizni oʻzimiz topmasak, ertaga uni hech kim bizga topib bermaydi. Birov chetdan kelib, Oʻzbekiston uchun hech narsa qilib bermaydi”, – deya taʼkidlagan edi.

Oʻylaymanki, boʻlayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlardan tegishli xulosa chiqarib, tor doirada emas, jahon miqyosida fikr yuritib, mamlakatning rivoji, ertangi kuni uchun birgalikda harakat qilish, kamchiliklarimizni bir-birimizga toʻgʻri tushuntirib, muammolarni oʻz vaqtida hal qilishimiz maqsadga muvofiq boʻlar edi. Axir hozir xalqaro ekspertlar koʻzini ochib bizga nazar tashlab turibdi-ku. Ular kuzatib turmaganda ham biz oʻzimiz, kelajagimiz uchun harakat qilishimiz kerak emasmi?

Ha, aytgancha, Xushnudbek Xudoyberdiyev “Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov oʻzining 2-avgustdagi topshiriq xati bilan, tashkilot rahbarlari va xodimlarini 3-avgust, shanba kuni soat 6:00 da M39 avtomobil yoʻli boʻylab begona oʻtlardan tozalash, gul ekish va sugʻorish ishlari uchun majburiy safarbar etmoqda”, - deya yana bir post qoldiribdi. Huquqshunos yana shunday qoʻshimcha qilgan – “Qoyil, baraka toping! Xudo xohlasa, Siz kabi hokimlar bilan buyuk kelajak quramiz!”.

Umid qilamizki, tez orada xalqimizning oʻzi bu kabi holatlarga huquqiy madaniyat bilan yuksak darajada munosabat bildira boshlaydi va oʻshanda birov birovni o‘zi istamagan mehnatga majburlay olmaydi.

Abdullo Yodgorov,
jurnalist


Bu ham qiziq

2024-yilda Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa uchun qancha mablag‘ sarflagani ma’lum bo‘ldi

2024-yilda Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa uchun qancha mablag‘ sarflagani ma’lum bo‘ldi

2024-yili Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa uchun 1,9 milliard dollar sarfladi. Bu haqda Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqotl…
21:14 / 01.05.2025
Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

“Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish hamda axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomill…
09:45 / 01.05.2025
Xorazmda sochi yoyilgan qizni kaltaklagan maktab direktori ishdan olindi

Xorazmda sochi yoyilgan qizni kaltaklagan maktab direktori ishdan olindi

Bunga viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i asos bo‘lgan.
12:51 / 30.04.2025
O‘zbekistonda qancha kichik korxonalar borligi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda qancha kichik korxonalar borligi ma’lum qilindi

2025-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonda 1,2 milliondan ortiq kichik biznes korxonalari faoliyat yuritm…
19:03 / 29.04.2025
AQShdan O‘zbekistonga 131 nafar noqonuniy migrant deportatsiya qilindi

AQShdan O‘zbekistonga 131 nafar noqonuniy migrant deportatsiya qilindi

Ular orasida Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolari ham bor.
08:52 / 01.05.2025
2-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 29-31 daraja bo‘ladi.
22:15 / 01.05.2025
Urganch shahrida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

Urganch shahrida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
21:48 / 30.04.2025
Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Urumchi shahriga tashrif buyurdi

Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Urumchi shahriga tashrif buyurdi

Joriy yilning 29-30-aprel kunlari O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasining Urumch…
14:20 / 30.04.2025
Apple O‘zbekistondagi IT-kompaniyalar orasida eng yirik soliq to‘lovchiga aylandi

Apple O‘zbekistondagi IT-kompaniyalar orasida eng yirik soliq to‘lovchiga aylandi

2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistondagi xorijiy IT-kompaniyalardan soliq tushumlari qariyb 1,5 barobarga oshdi.
18:41 / 30.04.2025
Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temiryo‘li qurilish ishlari boshlandi

Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temiryo‘li qurilish ishlari boshlandi

“Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Suzak tumanida 29-aprel kuni Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temiryo‘li loyihasi doirasi…
09:51 / 30.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!