Zamonaviy poyezdlar qay darajada tez yurishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? “JR-Maglev” texnologiyasi asosida yaratilgan yangi yapon poyezdlari 500 km/soat tezlikni harakatlanishlari mumkin.
Yaponiya texnologiyasi asosida yaratilgan ushbu poyezd magnit yostiqchalari yordamida harakatlanadi. Poyezd Yaponiyaning uch yirik shaharlari – Tokio, Nagoya va Osakani bog‘laydi.
Bunday poyezdlarni yana magnitli levitatsiya iborasidan olingan “magleva” deb ham atashadi. Uning loyihasi “Chuo Shinkansen” deb nomlanadi.
Taqqoslaydigan bo‘lsak, Kaliforniyadagi eng tez harakatlanuvchi San Fransisko, Los Anjyeles va San Diyego shaharlarini bog‘lab turuvchi poyezdning eng yuqori tezligi soatiga 350 kilometrni tashkil etadi.
Magleva poyezdi magnit levitatsiyasi hisobiga temir yo‘l yuzasida muallaq turadi va relslarga teginmasdan harakatlanadi. Poyezdda yo‘lovchilarning bir martalik sig‘imi ming kishini tashkil etadi. Dastlab 100 nafar yo‘lovchi bilan sinovdan o‘tkazildi, deb yozadi “Kommersant” nashri.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!