$
12705.79 UZS
59.23
159.20 UZS
-1.68
14704.41 UZS
243.07
37° Kechasi 22°

Tirnoqlarini asraydigan erkak

11:26 / 26.12.2014

58 yoshli neft sarmoyadori Richard Gibson — dunyodagi eng g‘alati kolleksiyalardan birining egasi. So‘nggi 36 yil davomida u olgan hamma oyoq tirnoqlarini shisha bankada yiqqan. 

Tirnoq yig‘ish ancha g‘alati xobbi, lekin Richardning aytishicha, u tirnoq yig‘ishni rejalashtirmagan, shunchaki qiziqish tufayli tirnoqlarini qoldirishni boshlagan, keyin bu ishdan o‘zini to‘xtatolmagan. 

1987 yil fevralda Richard oyoq barmoqlarining tirnoqlarini olgan va tashlab yuborish o‘rniga manikyur qutisiga solib qo‘ygan. Keyin qutini to‘ldirishga qancha vaqt ketishin bilish niyatida har gal tirnoqlarini o‘sha yerga solishni boshlagan. Bunga ko‘p vaqt ketmadi — atigi ikki yil, bu paytga kelib u jarayonga berilib ketgandi. Shuning uchun kolleksiyasini katta shisha bankaga joylashtirdi. Tirnoqlarini hozir ham o‘sha yerga soladi. 

“U yerda qancha tirnoq borligini bilmayman, — deb tan oladi Gibson. — Hisob allaqachon mingdan oshgan”. Ammo shunda ham uning bankasi 99 foizga to‘lgan. Gibson banka to‘lganidan keyin nima qilishini bilmaydi. “Yana boshqa joyga ko‘chirsam kerak. Lekin hozircha yana bir necha oy tirnoq olishimga yetadi”.  

Bankadagi tirnoqlar juda uzun. Gibsonning aytishicha, muntazam olib yurmagani uchun tirnoqlari o‘sib ketar ekan. “Faqat sinishni boshlaganda, tirnoqlarimni olaman”. 

Bunaqa kolleksiyani yig‘ish oson bo‘lmagan. Richard bankani sobiq xotinidan va mehmonlardan yashirishga majbur bo‘lgan, hech narsaga qaramay, uni ehtiyotlab asrashgagina emas, doim to‘ldirib borishga muvaffaq bo‘ldi. Yaqinda uning tirnoqlari haqida “Hayratga soluvchi haqiqat” kitobida ham yozishdi.  

Gibson sobiq xotiniga bu quvonchli xabarni hali ma'lum qilmadi. “Unga kitobning o‘zini ko‘rsata oladigan vaqtimni kutyapman. Tirnoqlar har doim uning asabiga tekkan, — deydi Richard. — Shaxsan men uni ayblamayman”.

Lekin tirnoqlar Gibsonning yagona qiziqishi emas. Richard har xil g‘alati faktlarga ham qiziqadi. U Riplining “Ishonaman — ishonmayman” kolonkasiga 70 mingdan ortiq fakt yig‘ib, topshirdi. “Shundan 750 tasi chop etildi, o‘zim esa kitobga tirnoqlarim bilan kirdim, — deydi Gibson. — Bu, albatta, “Oskar” sovrindori bo‘lish emas, lekin men o‘zimdan faxrlanaman”.   


Bu ham qiziq

“Sionistik tuzum og‘ir jazo kutishini bilsin” – Xomanaiy

“Sionistik tuzum og‘ir jazo kutishini bilsin” – Xomanaiy

Eron oliy rahnomasi Oyatulloh Ali Xomanaiy X tarmog‘ida yahudiylarga murojaat qildi.
11:16 / 13.06.2025
Turkiyada odam savdosi jinoyatini sodir etgan o‘zbekistonlik ushlandi

Turkiyada odam savdosi jinoyatini sodir etgan o‘zbekistonlik ushlandi

Hozirda O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan bu kabi jinoyatlarni fosh qilish bo‘yicha faol …
09:12 / 11.06.2025
Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

So‘nggi kunlarda O‘zbekiston hududi yoz uchun juda qulay harorat fonida nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ldi.
12:49 / 13.06.2025
Fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi

Fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi

Endilikda, shaxsning o‘z aybini tan olishi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilmaydi.
17:08 / 10.06.2025
Isroil Eronga hujum qilishga yaqin

Isroil Eronga hujum qilishga yaqin

Reuters’ning yozishicha, Qo‘shma Shtatlarning Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida joylashgan elchixonasi diplomatlarni shoshilinc…
10:00 / 12.06.2025
Ertaga havo harorati 42 darajagacha isiydi

Ertaga havo harorati 42 darajagacha isiydi

“O‘zgidromet” 15-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.
10:26 / 14.06.2025
15-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

15-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 15-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.
17:47 / 14.06.2025
Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
14:34 / 13.06.2025
Yangiyo‘lda “Kamaz” 9 yoshli bolani urib yubordi

Yangiyo‘lda “Kamaz” 9 yoshli bolani urib yubordi

Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida velosipedchi bola turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
14:53 / 11.06.2025
Fransiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Fransiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Bu haqda mamlakat prezidenti Emmanuyel Makron seshanba kuni France 2 telekanali efirida e’lon qildi. Uning aytishicha, agar …
14:15 / 11.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!