$
12603.52 UZS
25.31
160.94 UZS
0.63
14676.80 UZS
43.31
42° Kechasi 26°

O‘zbekiston hududida xizmat safariga chiqqan xodimga xarajatlarni to‘lash tartibi qanday?

11:42 / 14.11.2019

Xizmat safari xodimni tashkilot rahbarining farmoyishi bo‘yicha, o‘zining doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirig‘ini bajarish uchun boshqa joyga, ma’lum bir muddatga yuborilishi (borib kelish) tushuniladi.

Xizmat safari necha kungacha bo‘lishi kerak?

Xizmat safarining muddati tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi. Shu bilan birga har bir holat uchun yo‘ldagi vaqtni hisobga olmaganda xizmat safari 40 kundan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Montaj, sozlash va qurilish ishlarini bajarish uchun yuboriladiganda esa 12 oydan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Xizmat safari muddati istisno tariqasida tashkilot rahbarining yozma ruxsatnomasiga asosan uzaytirilishi mumkin.

Xarajatlar safar oldidan avans tariqasida berilishi lozim
Xizmat safari xarajatlari xodimga xizmat safariga ketishdan oldin kundalik, yo‘l xarajatlari, turar joyni ijaraga olish xarajatlari chegarasida pul ko‘rinishidagi avans (bo‘nak) to‘lanishi kerak.
Xodim xizmat safaridan qaytgan kundan e’tiboran 3 ish kuni mobaynida topshiradigan avans hisobotiga asosan yetmay qolgan pul summasi to‘lab beriladi yoki ortgan pul tashkilotga qaytariladi.

Yo‘l hujjatlari bo‘lmaganda xarajatlar qanday to‘lanadi?
Agar yo‘l hujjatlari safarga ketgan xodimning qo‘lida bo‘lmasa, budjet tashkiloti xodimlariga har bir kilometr uchun bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 0,08 foizi (1 km uchun 178,4 so‘m) miqdorida yo‘l haqi to‘lanadi.
Boshqa tashkilot xodimlariga jamoa shartnomasi yoki mehnat shartnomasida belgilangan miqdorlarda, biroq har bir kilometrga BHM’ning 0,08 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda yo‘l haqi to‘lanadi.


Mehmonxonaning lyuks-nomerida yashagan xodimga ham xarajatlar qoplanishi kerak
Xodim xizmat safari davomida mehmonxonalarning lyuks-nomerlarida yashasa ham xarajatlar qoplab beriladi. Bunda, budjet tashkilotlarida to‘lovni amalga oshirish, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda ushbu nomer qiymatining 70 foizigacha miqdori budjet mablag‘lari hisobidan, qolgan qismi esa budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Ijarani tasdiqlovchi hujjat bo‘lmaganda qanday yo‘l tutiladi?
Agar xodimning ijarada turganligini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmasa, bunday holatda xodimga har bir sutka uchun BHM’ning 20 foizi miqdorida (44 600 so‘m) pul to‘lanadi.
Safarga ketgan xodimning kundalik xarajatlar uchun Toshkent shahrida, shaharlar — viloyatlar markazlarida BHM’ning 0,1 koeffitsiyenti (22 300 so‘m) miqdorida, boshqa shaharlar va aholi yashaydigan punktlarda esa BHM’ning 0,08 koeffitsiyenti (17 840 so‘m) miqdorida kompensatsiya to‘lanadi.
Hattoki, bir viloyat doirasidagi tuman (shahar)larga xodim o‘zining doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirig‘ini bajarish uchun rahbarining farmoyishi bilan yuborilgan bo‘lsa, xarajatlar qoplab berilishi lozim.

Xodim kasal bo‘lib qolganida nafaqa to‘lanadi
Xizmat safariga yuborilgan xodim kasal bo‘lib qolsa, xodimga umumiy asoslarda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi to‘lanadi. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik kunlari xizmat safari muddatiga qo‘shilmaydi.

Eslatma: hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 223 000 so‘m.


Bu ham qiziq

Toshkentda o‘zini 9-qavatdan tashlagan 23 yoshli yigit tirik qoldi

Toshkentda o‘zini 9-qavatdan tashlagan 23 yoshli yigit tirik qoldi

Hozirda, mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
11:21 / 22.07.2025
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari ko‘magida Rossiyada qiyin moliyaviy ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ayol oilasi bag‘r…
12:37 / 21.07.2025
Bangladeshda samolyot quladi

Bangladeshda samolyot quladi

Mahalliy matbuotning yozishicha, samolyot havoga ko‘tarilganidan 12 daqiqa o‘tib halokatga uchragan. Hodisa sabablari hozirc…
17:35 / 21.07.2025
Ekstremistik kanallarga obuna bo‘lganlar Rossiyaga kiritilmayapti

Ekstremistik kanallarga obuna bo‘lganlar Rossiyaga kiritilmayapti

Mamlakat hududiga kirishda migrantlar uchun cheklovlar kuzatilmoqda
22:10 / 21.07.2025
“Air China” Urumchi va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

“Air China” Urumchi va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

“Air China” aviakompaniyasining Urumchi-Toshkent-Urumchi yo‘nalishi bo‘yicha parvozlari haftada uch marta - seshanba, juma v…
15:09 / 22.07.2025
DXX: “22 kg dan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi”

DXX: “22 kg dan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi”

Tezkor tadbir davomida bir nechta holatlar joyida fosh etildi
21:32 / 21.07.2025
Toshkentda 123 marta qidiruvga berilgan Captiva ushlandi

Toshkentda 123 marta qidiruvga berilgan Captiva ushlandi

Haydovchi 129 ta qoidabuzarlik uchun 54 million so‘m jarima to‘lashi kerak bo‘lgan.
10:42 / 22.07.2025
O‘zbekistonda issiq havo hafta davomida saqlanib turadi

O‘zbekistonda issiq havo hafta davomida saqlanib turadi

“O‘zgidromet” 21—25-iyul kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
09:31 / 22.07.2025
Qabul-2025. 7-kun natijalari e’lon qilindi

Qabul-2025. 7-kun natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar natijalarni bir necha usulda bilishlari mumkin
21:40 / 21.07.2025
“Tolibon” ayrim ayollarni hibsga olmoqda

“Tolibon” ayrim ayollarni hibsga olmoqda

“Tolibon” harakati 2021-yil avgust oyida AQSh va NATO qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etganidan so‘ng mamlakat nazoratini qo‘…
16:02 / 22.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!