$
12634.34 UZS
-18.98
162.37 UZS
0.48
14821.34 UZS
-0.76
36° Kechasi 23°

Milliarderlar qaysi kitoblarni o‘qiydi? Geyts, Sukerberg, Ilon Masknning sevimli kitoblari

13:50 / 15.12.2019

Zamonaviy shahar aholisi kitob o‘qishga umuman vaqti yo‘qligidan noliydi. Ammo bu shunchaki xohish masalasi. Qanchalik band bo‘lmasin, sayyoramizning eng boy odamlarida ham o‘qish uchun vaqt bor. Ular asosan “non-fikshn” (fantastika bo‘lmagan) asarlarni tanlashadi, biroq kutubxonalarida klassika va ilmiy fantastika uchun ham joy bor. Quyida Bill Geyts, Mark Sukerberk, Jeff Bezos, Richard Brenson va Ilon Maskning sevimli kitoblari bilan tanishishingiz mumkin. 

Bill Geyts

Картинки по запросу "Что читают миллиардеры? Любимые книги Гейтса, Цукерберга и Безоса""


Microsoft yaratruvchisi maktab davrida tabiatshunoslik va ingliz tili darslarini ko‘p qoldirgan, matematika va fizikani ko‘pqor ma’qul ko‘rgan. Kompaniya rahbarligidan ketganiga 10 yil o‘tdi va hozir uning kitob o‘qishga vaqti bor. 
Geyts hatto o‘z blogiga kitoblar haqidagi taqrizlarini joylashtiradi va mualliflarni suhbatga chorlaydi. Shunday taqrizlardan birida u kuzatuvchilariga do‘sti, Garvard professori psixolog Stiven Pinkerning “Bugungi ma’rifat” (“Enlightenment Now: The Case for Reason, Science, Humanism and Progress”, Steven Pinker) kitobini tavsiya qilgan. Unda ratsionalizm, pozitivizm va optimizm kabilar haqida so‘z yuritiladi. Geytsning o‘zi 90-yillarda “Kelajakka yo‘l” va “Fikr tezligidagi biznes” deb nomlangan kitoblar yozgan. Geytsning shaxsiy kutubxonasi shiftiga Frensis Skott Fitsjeraldning “Buyuk Getsbi” asaridan olingan iqtiboslar yozilgan. 

Jeff Bezos 

Картинки по запросу "Что читают миллиардеры? Любимые книги Гейтса, Цукерберга и Безоса""

2018-yilda dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatining peshqadami Geyts o‘z o‘rnini Amazon asoschisiga bo‘shatib bergandi. Bezos xodimlariga o‘qishni tavsiya qiladigan kitoblar ro‘yxatida kelib chiqishi yaponiyalik bo‘lgan zamonaviy britan yozuvchisi Kadzuo Isiguroning “Kunning qolgan qismi” (Kazuo Ishiguro “The Remains of the Day”) hamda Wal-Mart asoschisi Sem Uoltonning Bezosni ilhomlantirgan tarjimayi holi “Amerikada tayyorlangan: Qanday qilib Wal-Mart’ni yaratdim” kitobi, shuningdek, livanlik Nassim Talebning bashorat qilib bo‘lmaydigan hodisalar va iqtisodiy inqiroz haqidagi “Qora oqqush” (“The black swan”) kitobi bor. 

Mark Sukerberg

Картинки по запросу Mark Zuckerberg

Sukerberg (Geyts singari) isroillik tarixchi Yuval Noa Hararining siyosiy, iqtisodiy tarix nuqtayi nazari bo‘yicha jamiyatimiz evolyutsiyasi haqida hikoya qiluvchi “Sapiens. Insoniyatning qisqacha tarixi” (“Sapiens: A Brief History of Humankind”, Yuval Noah Harari) asarini o‘qishni maslahat beradi. Bu kitobni Bill Geyts hatto kimsasiz orolga borganda o‘zi bilan olib ketadigan kitoblari ro‘yxatiga qo‘shgan. Sukerbergning ro‘yxati uning Facebook’dagi tavsiyalaridan shakllantirilgan. 2015-yilda u kuzatuvchilariga kelib chiqishi isroillik britan fizigi Devid Doychning “Cheksizlikning boshlanishi” (“The Beginning of Infinity: Explanations that Transform the World”, David Deutsch), britaniyalik ilmiy jurnalist Mett Ridlining “Ratsional optimist” (“The Rational Optimist: How Prosperity Evolves”, Matt Ridley) va Stiven Pinkerning ma’rifat va taraqqiyot orqali jamiyatdagi zo‘ravonlik midorini kamaytirish haqidagi “Bizdagi eng yaxshisi” (“The Better Angels of Our Nature: Why Violence Has Declined”, Steven Pinker) kitoblarini tavsiya qilgan. 

Richard Brenson

Картинки по запросу Richard Brenson

Ovoz yozib olishdan tortib uyali aloqa, kabelli televideniye va radio, avia hamda temiryo‘l yuk tashishgacha, ekologik yoqilg‘i ishlab chiqarishdan kosmik turizmgacha 400 ga yaqin sohani birlashtiruvchi Virgin korporatsiyasi yaratuvchisi o‘zining yarim asr oldin yuzaga kela boshlagan biznes-imperiyasi haqida kitob yozgan. Butunjahon kitob kuni munosabati bilan esa eng badavlat britaniyalik tavsiya qiladigan kitoblari ro‘yxati bilan bo‘lishdi. Uning ichida klassiklar: Mark Tven, Jeyms Barri, Redyard Kipling, Jorj Oruell kabilar, shuningdek, mashhur amerikalik astrofizik Karl Saganning ilmiy-ommabop kitoblari, tadbirkor Piter Diamandisning “To‘kin-sochinlik: kelajak siz o‘ylagandan ko‘ra yaxshiroq bo‘ladi” ( “Abundance: The Future Is Better Than You Think”, Peter H. Diamandis) kitobini topish mumkin.

Ilon Mask

Похожее изображение

Tesla kompaniyasi rahbari, tadbirkor va innovator Ilon Mask “Esquire”ga bergan intervyusida undan raketa qurishni qanday o‘rganganini so‘rashganida, “Men kitob o‘qiyman” deb javob bergan. Qanchalik g‘alati tuyulmasin, u tavsiya qiladigan kitoblar bir qarashda umuman raketalar haqida emas va hech qanday aniq yo‘riqnomalar bermaydi, biroq tasavvurni va nostandart tafakkurni yaxshi rivojlantiradi. Ilon Mask fantast yozuvchilar – Tolkin, Robert Xaylayn (masalan, “Oy – qattiqqo‘l beka” – “The Moon Is a Harsh Mistress”)ni, shuningdek, ilmiy adabiyotlarni – shvetsiyalik faylasuf Nik Bostromning “Superintellekt: yo‘llar, xavflar, strategiyalar” (“Superintelligence: Paths, Dangers, Strategies”, Nick Bostrom) kitobi, amerikalik ilmiy jurnalist Jeyms Barratning “Insoniyatning so‘nggi ixtirosi” (“Our Final Invention: Artificial Intelligence and the End of the Human Era”, James Barrat) kitobini hamda Uolter Ayzekson tomonidan yozilgan Amerika Prezidenti Benjamin Franklinning tarjimayi holini tavsiya qiladi. 


Bu ham qiziq

Farg‘onada Gentra haydovchisi tanishini qasddan bosib ketdi

Farg‘onada Gentra haydovchisi tanishini qasddan bosib ketdi

Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.
11:28 / 13.07.2025
O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilmoqda?

O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilmoqda?

O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilishi ma’lum qilindi.
15:06 / 13.07.2025
Yevropa komissiyasi prezidenti: “Donald Tramp savdo urushini boshlamoqda”

Yevropa komissiyasi prezidenti: “Donald Tramp savdo urushini boshlamoqda”

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar besamar ketsa, AQShga javob choralari qo‘llaniladi
21:33 / 12.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat avtomobilida mototsiklchi bilan poyga uyushtirdi

Toshkentda YPX xodimi xizmat avtomobilida mototsiklchi bilan poyga uyushtirdi

Ammo, Xudoyberganov YPX xodimining xizmat mashinasida poytaxtning markaziy ko‘chasida katta tezlikda harakatlanib, mototsikl…
14:59 / 12.07.2025
Samarqandda sifatsiz qurilayotgan maktablar buzib tashlandi

Samarqandda sifatsiz qurilayotgan maktablar buzib tashlandi

Ularda rekonstruksiya ishlari sifatsiz holda amalga oshirilayotgani aniqlangan.
17:34 / 12.07.2025
Yangi Kaledoniya davlati tuziladi

Yangi Kaledoniya davlati tuziladi

Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
09:27 / 13.07.2025
DXX tezkor tadbir davomida noqonuniy psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘ydi

DXX tezkor tadbir davomida noqonuniy psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘ydi

Farg'onadagi tadbirda kuchli ta'sir ko'rsatuvchi dori vositalarining faoliyatiga chek qo'yildi
22:54 / 12.07.2025
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yaponiya elchisi bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yaponiya elchisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda kun tartibidagi bir qancha masalalar muhokama qilindi
19:01 / 12.07.2025
Tennis. Karlos Alkaras Uimbldon finaliga yo‘l oldi

Tennis. Karlos Alkaras Uimbldon finaliga yo‘l oldi

Londonda davom etayotgan tennis bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining erkaklar o‘rtasidagi bahsl…
13:13 / 12.07.2025
Saudiya Arabistoni Rossiya va AQSh muzokaralariga vositachilik qilishga tayyor

Saudiya Arabistoni Rossiya va AQSh muzokaralariga vositachilik qilishga tayyor

Saudiya Arabistoni jahon hamjamiyatiga kelishuvga erishish uchun hamma narsani qilmoqda va Rossiya-Amerika muloqoti uchun pl…
11:02 / 12.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!