$
12900.00 UZS
-20.16
157.32 UZS
-1.29
14595.06 UZS
-86.12
32° Kechasi 18°

Elektr energiyasini tejashning 8 ta qonuniy usuli 

14:36 / 07.05.2020

Elektr energiyasi uchun to‘lanadigan pul mablag‘lari kommunal to‘lovlarning kattagina qismini tashkil qiladi. Agar qo‘yib bersangiz, ishlaydigan odamning yarim maoshini ham olib qo‘yishi mumkin. Xavotir olmang, elektr energiyasini tejashning bir qator juda oddiy va qonuniy usullari mavjud. 

Shu o‘rinda maishiy texnika vositalari xususida ikki og‘iz so‘z. Elektr energiyasini yamlamay yutadigan isitish pechlari, suv filtri, suv isitgich, soch quritgich, dazmol, choynak, kamin, gaz pechi va hokazolar shular jumlasidandir. Bundan tashqari, elektron hisoblagichlarni shiddat bilan aylanishga majbur qiladigan yuqori kuchlanishli kir yuvish mashinasi, muzlatkich hamda konditsionerni alohida e’tirof etish lozim. Bu kabi texnik vositalarini ishlatishdan voz kecha olmas ekanmiz, unda qanday qilib iqtisod qilish mumkin?

Hammasi juda oddiy: ko‘pchilik zamonaviy elektr uskunalari qadimiylariga qaraganda ancha kam quvvat sarflaydi. Masalan, plazmali va LCD-monitorlar iqtisod rejimida ishlaydi va bir yilda 135 kVt/s energiyani tejab berishi mumkin. Xuddi shu tizimda ishlaydigan shaxsiy kompyuterlar esa 2 marta kamroq elektr sarflaydi. 

1. Energiya tejovchi lampochkalar

Bu usuldan barcha allaqachon xabar topib ulgurgan. Biroq xonasida hali ham eski Rossiya lampochkalari yonib turgan xonadonlar yurtimizda uchrab turadi. Hozirgi kunda do‘konlarda energiya tejovchi lampochkalarning rang-barang turlari chiqib ketgan. Eski lampochkangizni ana shularga almashtiring. 

2. Xonadan chiqayotganda svetni o‘chirib chiqing

Elektr energiyasini iqtisod qilishning yana bir mashhur va samarali usuli. Ammo ko‘pchilik bunga hafsala qilmaydi. Aslida esa xonadan chiqayotganda svetni o‘chirish bilan ancha-muncha mablag‘ni tejab qolish mumkin.

3. Elektrochoynak tubidagi cho‘kmalarni tozalab turing

Choynak ichki devorini qoplab olgan qalin cho‘kmalar issiqlik o‘tkazuvchanlikka jiddiy qarshilik ko‘rsatadi. Va elektr sarfini ko‘paytirib yuboradi. Shunday ekan, uni muntazam tozalab turishni unutmang. 

4. Muzlatkich issiqlik manbayi atrofida turmasligi kerak

Bunda elektr sarfi bir necha barobar oshadi. Elektr uchun to‘laydigan pulingizni qancha qismi muzlatkich hissasiga to‘g‘ri kelishini bilasizmi? Agar uni pechka yoki otopleniya yoniga joylashtirgan bo‘lsangiz, bu sarf bir necha barobar oshishiga tayyor turavering. 

5. Pardoz ishlari

Xona shifti yoki devorlarini yorqin rangga bo‘yash orqali ham elektr energiyasini tejash mumkin. Ochiq rangga bo‘yalgan xona Quyosh nurini 80 foiz o‘zida aks ettiradi. Agar xona qanchalik to‘q rangga bo‘yalgan bo‘lsa, xonani yoritish uchun shunchalik ko‘p elektr energiya kerak bo‘ladi. 

6. Lampochka changini artib turing
Bu maslahatni ko‘pchilik jiddiy qabul qilmaydi. Ammo u muhim jihat. Xira tortib qolgan lampochkani yangisiga almashtirish ham zarar qilmaydi. Chunki oddiygina chang 20 foiz yorug‘likni o‘ziga yutish xususiyatiga ega. Shuningdek, stol lampalari va qandillarni ham muntazam artib turishni unutmang.

7. Deraza yonidagi teshiklarni berkiting
Dastlab xonadagi barcha yoriq va teshiklarni yopib chiqing. Xonaga zamonaviy elektr tejaydigan oynalar o‘rnatish ham mumkin. Deraza va eshiklar qiyasidan 50 foizgacha issiqlik chiqib ketishi mumkin. Bundan tashqari, derazalar qishda qalin tungi pardalar bilan qoplanishi ham mumkin. Balkon va koridorlarni izolyatsiya qilish, butun xonaga poldan o‘tadigan isitgichlarni o‘rnatish ham yaxshi chora bo‘la oladi.

8. “To‘g‘ri” maishiy texnikadan foydalaning


Iloji bo‘lsa, energiya tejash xususiyatiga ega maishiy texnikani sotib oling (bu ko‘rsatkich A dan G gacha bo‘lishi mumkin). A sinfidagi asboblar eng kam energiya sarflaydi, G sinfidagi eng yuqori. Yevropa Ittifoqining energiya samaradorligi yorlig‘i bugungi kunda aksariyat uy anjomlari, avtomobillar va hatto lampochkalarda ham mavjud. Tejamkor mahsulotda yorliq odatda yashil rangda bo‘ladi. Agar uskuna energiya tejash rejimiga ega bo‘lsa, u odatdagidan kamroq elektr sarflaydi (farq ba’zan 50 foizga yetadi). Bundan tashqari, A + va A ++ sinflari mavjud bo‘lib, ular o‘z navbatida yana-da ko‘proq tejashga imkon beradi.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonning matbuot erkinligi reytingidagi o‘rni o‘zgarishsiz qoldi

O‘zbekistonning matbuot erkinligi reytingidagi o‘rni o‘zgarishsiz qoldi

“Chegara bilmas muxbirlar” matbuot erkinligi indeksini e’lon qildi. Tarixda ilk bor dunyodagi matbuot erkinligi holati “og‘i…
16:02 / 02.05.2025
Bugun Sergeli tumanining ayrim hududlariga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Bugun Sergeli tumanining ayrim hududlariga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

“Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi”, – deb xabar bermoqda “Hududgaz poytaxt” GTF.
08:49 / 03.05.2025
Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Rossiya Prezidentining o‘tgan yil may oyidagi O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshiris…
15:28 / 03.05.2025
Qozog‘iston hududlarini “Rossiya va SSSR sovg‘asi” deb atagan deputatning mamlakatga kirishini taqiqladi

Qozog‘iston hududlarini “Rossiya va SSSR sovg‘asi” deb atagan deputatning mamlakatga kirishini taqiqladi

Shuningdek, yana 4 nafar rossiyalik mansabdorlar ham “qora ro‘yxat”dan joy olgan.
11:50 / 03.05.2025
3-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

3-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 32-34 daraja bo‘ladi.
21:59 / 02.05.2025
Ukrainada 11 kishini o‘ldirgan o‘zbekistonlik qotil umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Ukrainada 11 kishini o‘ldirgan o‘zbekistonlik qotil umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Ukrainada bir qator shafqatsiz qotilliklarda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.
20:57 / 02.05.2025
Indoneziyada 6 balli zilzila sodir bo‘ldi

Indoneziyada 6 balli zilzila sodir bo‘ldi

Indoneziyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Ushbu yer silkinishi magnitudasi 6 ga teng edi. Bu haqda Yevropa o‘rta yer dengizi…
20:18 / 03.05.2025
Bugun Green Card javoblari chiqadi

Bugun Green Card javoblari chiqadi

AQShning xilma-xillik viza dasturiga 2026-yil uchun berilgan arizalar (DV-2026) javoblari bugun, 3-may kuni e’lon qilinadi.
10:02 / 03.05.2025
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan Amudaryo suv havzasini birgalikda boshqarishga kelishib oldi

O‘zbekiston Afg‘oniston bilan Amudaryo suv havzasini birgalikda boshqarishga kelishib oldi

Bu haqda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
10:00 / 02.05.2025
Metandan so‘ng propan ham 21 foizga oshdi

Metandan so‘ng propan ham 21 foizga oshdi

Metanning keskin ko‘tarilishi fonida sakkiz kun ichida propan narxi 1130 so‘mdan ortiqqa yoki 21,4 foizga oshgan.
19:07 / 03.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!