Ukrainada bir qator shafqatsiz qotilliklarda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.
RBC-Ukraina ma’lumotlariga ko‘ra, 39 yoshli erkak 2018-yildan 2024-yilgacha Kiyev va Xarkov viloyatlarida 11 kishining umriga zomin bo‘lgan. Qurbonlar orasida Ukraina, O‘zbekiston, Litva va Gruziya fuqarolari bor edi.
Jinoyatchi odamlarning ishonchiga kirib, keyin ularni o‘ldirgan va mobil telefonlari hamda boshqa qimmatbaho narsalarini o‘g‘irlagan.
Jinoyatchi gul do‘koni sotuvchisi o‘ldirilganidan keyin hibsga olingan. Tergov paytida qotil sodir etilgan jinoyatlarni tan oldi. Sud erkakni aybdor deb topdi va umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!