$
12658.19 UZS
-100.17
161.44 UZS
-1.9
14672.11 UZS
-148
41° Kechasi 24°

IMEI-kodlarni ro‘yxatga olish: qoidalar aniqlashtirildi

16:43 / 23.09.2019

O‘zbekiston Respublikasi hududida foydanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi (17.09.2019-yildagi 778-son VMQ). 

"Norma.uz"ning yozishicha, 2019-yil 1-apreldan mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikasiya kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olish boshlandi. Aniqlashtirilishicha, SIM-modulli planshetlar, smartfonlar, mobil/funksional telefonlar, portativ qurilmalar (shu jumladan cho‘ntakda olib yuriladigan shaxsiy kompyuterlar), adapterlar, WLAN routerlar, IoT qurilmalari, transport vositalari, elektron kitoblar, aloqa modullari, kompyuterlar, modemlar va olib yuriladigan qurilmalar ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.   

2019-yil 1-noyabrgacha mobil aloqa operatorlarining tarmoqlariga qurilmalarni ulashda (aktivlashtirish) ro‘yxatga olish avtomatik rejimda amalga oshirilgan, ko‘rsatilgan sanadan boshlab – jismoniy shaxslar, import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchilarning murojaatlari bo‘yicha ro‘yxatga olinadi. Ro‘yxatdan o‘tkazish 1-dekabrga qadar bepul bo‘ladi, undan keyin esa quyidagi miqdorlarda to‘lov undiriladi:

import qiluvchilardan – 20% BHM,
ishlab chiqaruvchilardan – 10% BHM,
jismoniy shaxslardan, birinchi tarmoq hodisasidan keyin 30 kalendar kun mobaynida ro‘yxatdan o‘tkazilganda – 20% BHM, 30 kun o‘tgach – 25% BHM;
jismoniy shaxslar-norezidentlardan, 30 faol kalendar' kundan ortiq mahalliy mobil aloqa operatorining SIM-kartasidan foydalanilganda, – 20% BHM (30 kundan kam yoki roumingda xorijiy SIM-kartadan foydalanilganda – bepul). 

Qurilmaning IMEI-kodi bitta bo‘lmaganda (masalan, telefon 2 ta SIM-kartali bo‘lganda), ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovi har biridan alohida undiriladi.

IMEI-kodlar ma'lumotlari bazasi to‘rtta ro‘yxatdan iborat:

oq ro‘yxat – ro‘yxatdan o‘tkazilgan kodlar, mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishga ruxsat etiladi;
qora ro‘yxat – ro‘yxatdan o‘tkazilmagan kodlar, mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish taqiqlanadi;
kulrang ro‘yxat – oq yoki qora ro‘yxatlarga kiritilmagan, ammo mobil aloqa operatorining tarmog‘ida birinchi tarmoq hodisasi paytidan boshlab 30 kalendar kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladigan mobil qurilmalar kodi;
bog‘langan oq ro‘yxat – klonlangan yoki aniqlanmagan kodlar, ammo 2019-yilning 1-noyabrigacha bo‘lgan davrda IMEI-kodni abonentning telefon raqami bilan bog‘lagan holda avtomatik ravishda ro‘yxatga olingan bo‘ladi (IMEI - MSISDN) yoxud GSMA talablariga javob beradigan, boshqa qurilma bilan birgalikda IMEI-kodlar ma'lumotlar bazasiga kiritilgan IMEI-kodli yangi mobil qurilma hisoblanadi.
 
Ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomili ariza beruvchiga bog‘liq. Import qiluvchi va ishlab chiqaruvchi tashkilot shaxsan kelib tizim operatorida yoki YaIDXP orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Ariza beruvchining anketasini ko‘rib chiqish va IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 3 ish kuni talab etiladi. Keyin 1 ish kuni ichida ariza beruvchiga to‘lash uchun hisob taqdim etiladi. To‘lov amalga oshirilganidan keyin operator yoki ro‘yxatga oluvchi 1 ish kuni ichida barcha IMEI-kodlarni oq ro‘yxatga kiritadi va  bu haqda ariza beruvchini xabardor qiladi.

Jismoniy shaxslarda tanlash imkoniyati ko‘proq – o‘zi kelib murojaat etgan holda, SMS va/yoki USSD so‘rovlar, pochta aloqasi, YaIDXP yoki tizim operatori sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Bunda xalqaro pochta yoki kurerlik jo‘natmalari orqali olib kirilgan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish faqat tizim operatori yoki ro‘yxatga oluvchisiga o‘zi kelib murojaat etish orqali pochta identifikatorining shtrix kodi va kalendar shtempeli bo‘lgan konvert taqdim etilgan holda amalga oshiriladi. Ro‘yxatga olish uchun ko‘rsatilgan mobil qurilmalar soni bojsiz olib kirishning cheklangan normalariga (bu yerda va bu yerda qarang) muvofiqligi tekshiriladi, ular normalardan oshgan bo‘lsa, qurilma bojxona to‘lovlari to‘langandan so‘ng ro‘yxatga olinadi. Anketani ko‘rib chiqish va ro‘yxatga olish 3 ish soati ichida amalga oshiriladi, 1 soat ichida to‘lov uchun hisob taqdim etiladi va yana 1 soat ichida IMEI-kodlar oq ro‘yxatga kiritiladi va ro‘yxatga olish tugaganligi to‘g‘risida xabar beriladi.   

Norezidentlarga dastlabki tarmoq hodisasidan o‘tgan paytidan boshlash mobil aloqa xizmatlaridan 30 kalendar kun davomida foydalanishga ruxsat etiladi. Norezident mobil aloqa operatorining SIM-kartasidan 30 kalendar kundan ortiq foydalanadigan bo‘lsa, o‘zi kelib qurilmalarining IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim.

Mobil qurilmalarni sotib olishdan oldin SMS/USSD so‘rov yordamida yoki www.uzimei.uz sayti orqali ularning IMEI-kod maqomini tekshirish, noma'lum, klonlashtirilgan, yo‘qotilgan va o‘g‘irlangan mobil qurilmalarni aniqlash mumkin. Ro‘yxatga olingan qurilmalar qayta ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 18.09.2019 yildan kuchga.


Bu ham qiziq

Fransiya va Italiya Ukraina mudofaasi uchun pul ajratmoqchi emas

Fransiya va Italiya Ukraina mudofaasi uchun pul ajratmoqchi emas

Ikki mamlakat ham o‘zining harbiy xarajatlari muhimroq deb hisoblaydi
21:35 / 16.07.2025
“Prava” olib berishni va’da qilgan PPX inspektori ushlandi

“Prava” olib berishni va’da qilgan PPX inspektori ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:23 / 17.07.2025
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalarni taqdim etishga tayyor

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalarni taqdim etishga tayyor

Bu safargi cheklovlar asosan neft va neft mahsulotlariga nisbatan bo‘ladi
22:08 / 16.07.2025
O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

Hamyurtlarimiz eng ko‘p sayohatni qaysi davlatga amalga oshirgan?
19:55 / 16.07.2025
18–22-iyul kunlari Shayxontohurda ayrim yo‘llar yopiladi

18–22-iyul kunlari Shayxontohurda ayrim yo‘llar yopiladi

Shu munosabat bilan ayrim avtobus yo‘nalishlari muqobil ko‘chalar orqali harakat qiladi.
10:08 / 18.07.2025
Qoraqalpog‘istonda botqoqqa botgan tuya qutqarildi

Qoraqalpog‘istonda botqoqqa botgan tuya qutqarildi

Xabarga asosan, FVB qutqaruvchilari aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, tuyani botqoqlikdan olib chiqishgan.
11:26 / 18.07.2025
Qashqadaryoda Xitoydan olib kelingan 20 ta zamonaviy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Qashqadaryoda Xitoydan olib kelingan 20 ta zamonaviy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

joriy yil yakuniga qadar viloyatga yana 66 ta yangi avtobus olib kelinishi rejalashtirilgan.
12:11 / 17.07.2025
Ukraina Rossiyaga asirlar almashinuvini taklif etdi

Ukraina Rossiyaga asirlar almashinuvini taklif etdi

Gap sovet davridagi yodgorlik haqida ketmoqda
22:29 / 17.07.2025
Toshkentdagi podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi

Xabarga ko‘ra, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
09:53 / 17.07.2025
Kolumbiya prezidenti: “NATO bilan ortiq hamkorlik qilmaymiz”

Kolumbiya prezidenti: “NATO bilan ortiq hamkorlik qilmaymiz”

Siyosatchi Gaaga shahridagi xalqaro anjumanda bu masalaga to‘xtalib o‘tdi
20:36 / 17.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!