Transport vazirligining xabar berishicha, Qashqadaryo viloyatida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Humoyun” korxonasi tomonidan olib kelingan AsiaStar rusumli 20 dona zamonaviy avtobuslar “Shahrisabz avtovokzali – Kitob shifoxonasi” avtobus yo‘nalishida faoliyatini boshladi.
Avtobuslarning yo‘nalishga chiqarilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Murodjon Azimov ham ishtirok etgan.
“Shahrisabz avtovokzali – Kitob shifoxonasi” avtobus yo‘nalishning umumiy masofasi 15,7 km ni tashkil etadi. Yo‘nalishdagi avtobuslar kuniga 20 ming nafar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!