$
12621.29 UZS
-103.87
158.44 UZS
-0.21
14596.52 UZS
88.57
35° Kechasi 21°

Qaysi sabzavotlarni xomligicha yeyish mumkin?

16:03 / 30.08.2021

 Lavlagi, gulkaram yoki brokkolini xom holida yeb ko‘rganmisiz? Yo‘q, deb javob bersangiz, afsus... Negaki, ulardagi shifobaxsh moddalar xom paytida yeyilganida 100 foiz saqlanib qoladi. Ushbu maqolada biz sizga qaysi mahsulotlarni xomligicha iste’mol qilish mumkinligi haqida ma’lumot beramiz.

Karam

Birinchidan, gulkaram juda foydali sabzavot: unda kaloriyalar miqdori kam, o‘simlik kletchatkasi esa aksincha ko‘p. Ushbu sabzavot tarkibida C, K kabi vitaminlar, sulforafan va xolin deb nomlanuvchi moddalar ham joy olgan. Aynan mana shu moddalar hujayralar qobig‘ini mustahkamlab, miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega. Ikkinchidan, karamni suvda pishirib yegandan ko‘ra, xomligicha yesangiz mazaliroq. Uni iste’mol qilishdan avval yaxshilab yuving, o‘zingizga xush kelgan bo‘laklarda bo‘ling va ana undan keyin bemalol yeyishingiz mumkin. Karamdoshlar oilasiga kiruvchi gulkaramni ham xuddi oddiy karamday iste’mol qilish mumkin. Biroq bunda uni yashil barglaridan ajratib olish kerak bo‘ladi.

Brokkoli

Brokkoli ko‘pincha taomlar tayyorlashda ishlatilgani bois, ta’mi unchalik ham sezilmaydi. Ammo uni xom holida yesangiz bormi, qanday mazali va sersuv sabzavot ekanligini tushunib yetasiz. Uni qaynatilgan holda yeyish tarkibidagi vitaminlarning kamayib ketishiga sabab bo‘ladi. Masalan, tarkibida 90 mg. vitaminlari bo‘lgan 100 gr. brokkoli qaynash vaqtida 40 foiz vitaminini yo‘qotar ekan.
Undagi kaliy, foliy kislotasi, sulforafan, A kabi vitaminlar qon bosimini bir me’yorda saqlashga yordam beradi. Yurak faoliyatini yaxshilab, o‘sma kasalliklari rivojlanishining oldini oladi. Gollandiyalik olimlarning ta’kidlashicha, brokkoli tarkibidagi sulforafan moddasi qaynatilgandan ko‘ra xomligida yaxshi o‘zlashtirilar ekan.

Bulg‘or qalampiri

O‘rtacha kattalikdagi bir dona bulg‘or qalampiri taxminan 32 kaloriya va C vitaminining umumiy sutkalik miqdoriga ega (150 foiz). Yog‘da qovurish orqali esa bu shifobaxsh moddalar parchalanib ketadi. Agar undagi foydali moddalardan maksimal darajada qabul qilishni istasangiz, uni xomligicha iste’mol qiling. Qolaversa, undagi Ye, V guruhi vitaminlari, magniy moddasi organizmning umumiy salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, yurak xurujlari rivojlanishining oldini oladi.

Yangi uzilgan qovoqchalar
Olimlar qovoqchani yog‘siz avakado mevasiga o‘xshatishadi. Uni sabzavotli salatlarga xomligicha qo‘shib iste’mol qilishingiz mumkin. O‘rtacha kattalikdagi qovoqcha taxminan 33 kkalga, 2-3 gramm oqsilga, 2 gr. kletchatkaga ega.

Lavlagi

Lavlagi odatda karam sho‘rva, turli salatlarga qo‘shib iste’mol qilinadi. Biroq uning xom ko‘rinishi ham sabzavotli salatlarga juda yaxshi ketadi. Uni po‘stidan tozalang-da, boshqa sabzavotlar bilan aralashtirib iste’mol qiling. Tarkibi C vitamini, kaliy, marganes, foliy kislotasining manbaidir. Ular organizmning immun tizimiga ta’sir qilib, quvvatlab, insonning reproduktiv salomatligini yaxshilaydi.

Piyoz

Barchamiz piyozni xomligicha iste’mol qilaveramiz. Negaki, uni qaynatish yoki qovurish vaqtida tarkibidagi fitonutriyent allisin moddasi yo‘qoladi. Mazkur modda ochlik hissini bosadi. Undagi flavonoid kversetin moddasi yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Qizil va sariq piyoz tarkibida bu modda oq piyozga qaraganda ko‘proq.  

Sabzi

Sabzi qalqonsimon bez va nerv tizimi uchun zarur bo‘lgan modda, nikotin kislotasi bilan boyitadi. Stressga chidamlilikni oshiradi. Uni uzoq vaqt qaynatish tarkibidagi C vitamini va polifenol moddasining (polifenol turli kasalliklarning oldini oluvchi eng kuchli antioksidant hisoblanadi) parchalanishiga sabab bo‘ladi. Negaki, bu moddalar issiq ta’sirida parchalanib, yo‘q bo‘lib ketish xususiyatiga ega.

Sarimsoqpiyoz

Sarimsoqpiyozni ham imkon boricha xom holatda yegan ma’qul. Undagi efir moylari, vitaminlar va antioksidantlar mikroblarning ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi. Qon bosimini tushirib, miyaning qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi. Uning tarkibidagi moddalar uzoq vaqt pishirish davomida tezgina yo‘qolib ketadi. Agar taomlarni sarimsoqpiyozsiz tayyorlay olmasangiz, uni iloji boricha taom tayyor bo‘lishining eng oxirida qo‘shish tavsiya etiladi.

Pomidor

Pomidorni xom iste’mol qilish kerakligi sizni hayron qoldirmaydi. Undagi likopin moddasi organizmda mustaqil ishlab chiqarilmaydi. Bu moddani faqatgina sabzavotlardan qabul qilishimiz mumkin. Pomidor esa mazkur moddaning asosiy manbaidir. Mazkur modda qarish jarayonini sekinlashtiradi, o‘smaga qarshi ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega.
  
BodringBodring eng parhezbop foydali mahsulot. Uning tarkibi 95-98 foiz suvdan iborat. Qolgan ikki foizi esa organizmda yig‘ilib qolgan toshlar, tuzlarni haydovchi, qarishning oldini oluvchi moddalar jamlanmasidan iborat. U kletchatkaga boyligi sabab ichaklar faoliyatini yaxshilaydi, qon tomirlar devorini xolesterin laxtalaridan tozalaydi.
 
Qolgan sabzavotlarni esa...
Yuqoridagilardan tashqarisini suvda pishirib yeyish tavsiya etiladi. Unutmang, har qanday sabzavot yog‘da qovurilish vaqtida tarkibidagi foydali moddalarni yo‘qotib boradi.


Bu ham qiziq

Toshkentda Spark yonib ketdi

Toshkentda Spark yonib ketdi

Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.
15:11 / 05.08.2025
Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi tashkil etiladi

Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi tashkil etiladi

Oliy maktabda o‘quv jarayoni 2025/2026 o‘quv yilidan boshlanadi
19:00 / 04.08.2025
Toshkentda soxta DXX xodimi ushlandi

Toshkentda soxta DXX xodimi ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
14:18 / 05.08.2025
OPEK tarkibiga kiruvchi davlatlar neft qazib olishni ko‘paytirishga kelishib oldi

OPEK tarkibiga kiruvchi davlatlar neft qazib olishni ko‘paytirishga kelishib oldi

Kelishuvda sutkasiga 548 000 barrelgacha neft qazib olish ko‘zda tutildi
21:18 / 04.08.2025
Boks federatsiyasi Laziz Mullajonovning vaziyati bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Boks federatsiyasi Laziz Mullajonovning vaziyati bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Tashkilot OAV vakillarini tekshirilmagan va asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirdi
18:16 / 05.08.2025
DXX Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni A.U.Ye. nomli jinoiy harakatdan ogohlikka chaqirdi

DXX Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni A.U.Ye. nomli jinoiy harakatdan ogohlikka chaqirdi

“A.U.Ye. yoshlar va mehnat muhojirlari hayotini vayron qiluvchi xavfli tuzilma. Nafaqat ota-onalar, balki mehnat muhojirlari…
10:00 / 05.08.2025
Putin Trampning ultimatumi talablarini bajarish niyatida emas

Putin Trampning ultimatumi talablarini bajarish niyatida emas

Kreml shuningdek, Trampning ultimatumni amalga oshirishiga ishonmaydi, chunki u avvallar ham shunday tahdid qilgan, ammo hec…
17:41 / 05.08.2025
Ertaga havo harorati 40 darajagacha koʻtariladi

Ertaga havo harorati 40 darajagacha koʻtariladi

“Oʻzgidromet” ertaga, 5-avgust kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
17:19 / 04.08.2025
2025-yilda O‘zbekistonga qancha choy import qilingan?

2025-yilda O‘zbekistonga qancha choy import qilingan?

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoy yaqqol yetakchi
22:44 / 05.08.2025
Avaza shahrida Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhammedov o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi

Avaza shahrida Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhammedov o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari strategik sheriklikni kengaytirish muhimligini ta’kidladilar
19:01 / 05.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!