$
12900.00 UZS
-20.16
157.32 UZS
-1.29
14595.06 UZS
-86.12
28° Kechasi 15°

Xorijiy investorlar va milliy kompaniyalarni himoya qiluvchi qonun loyihasi rad etildi

12:50 / 28.02.2020

Bugun, 28-fevral kuni Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirayotgani haqida xabar bergan edik. Mazkur majlisda “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonun loyihasi ham muhokamaga qo‘yilgan, deb xabar bermoqda Senat Matbuot xizmati.

Mazkur Qonun zarurati bir qator omillar bilan asoslanadi. O‘zbekiston Respublikasida xalqaro tijorat arbitraj sudlarining faoliyatini tashkil etish va tugatish tartibini huquqiy tartibga solish, ular faoliyatining asosiy prinsiplarini belgilash, xorijiy investorlar, shuningdek milliy kompaniyalarni chet ellik hamkorlar bilan o‘zaro munosabatlarida ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash kabi omillar shular jumlasidan.

Biroq, senatorlar tomonidan Qonunda qator konseptual kamchiliklar mavjudligi ekanligi ta’kidlangan. Masalan, Qonunning 3-moddasida uning qo‘llanilish sohasi belgilangan bo‘lsa-da, xalqaro tijorat arbitraji tushunchasi va tamoyillari ochib berilmagan.

Shuningdek, 6-moddada Qonunning qo‘llanilish sohasini batafsil izohlash o‘rniga hal qilish uchun xalqaro tijorat arbitrajiga topshirilishi mumkin bo‘lgan nizolar sanab o‘tilgan. Senatorlarning fikricha, ushbu normada xalqaro tijorat arbitraji ko‘rib chiqishi mumkin bo‘lgan nizo predmeti to‘liq yoritilmagan. Bu va boshqa kamchiliklar tufayli Qonunni jiddiy takomiliga yetkazish zarurligi ta’kidlandi. Qonun senatorlar tomonidan rad etildi, deyiladi xabarda.

Senatorlar 50 ming kishini qiynayotan muammoni hal qiluvchi qonunni ma’qullashdi


Bu ham qiziq

Denovda YPX xodimlarini kaltaklaganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Denovda YPX xodimlarini kaltaklaganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bu haqda, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
09:37 / 02.05.2025
Joriy yilda Xorazmda jami 200 million dollarlik 91 ta loyiha ishga tushiriladi

Joriy yilda Xorazmda jami 200 million dollarlik 91 ta loyiha ishga tushiriladi

Qoraqalpog‘istondan Xorazmga keladigan yo‘l sifati yomonligi bois yiliga qo‘shimcha 300-400 ming turist jalb qilish imkoniya…
13:56 / 02.05.2025
2024-yilda Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa uchun qancha mablag‘ sarflagani ma’lum bo‘ldi

2024-yilda Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa uchun qancha mablag‘ sarflagani ma’lum bo‘ldi

2024-yili Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa uchun 1,9 milliard dollar sarfladi. Bu haqda Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqotl…
21:14 / 01.05.2025
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan Amudaryo suv havzasini birgalikda boshqarishga kelishib oldi

O‘zbekiston Afg‘oniston bilan Amudaryo suv havzasini birgalikda boshqarishga kelishib oldi

Bu haqda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
10:00 / 02.05.2025
Ukraina bilan urushda Rossiya tomonida Fransiya fuqarolari ham qatnashmoqda

Ukraina bilan urushda Rossiya tomonida Fransiya fuqarolari ham qatnashmoqda

Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
12:09 / 01.05.2025
1-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

1-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
22:21 / 30.04.2025
Toshkentdagi texnopark hududida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi texnopark hududida yong‘in sodir bo‘ldi

Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari  soat 07:04 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in 07:45 da qurshab olingan va  soat…
08:28 / 01.05.2025
Urganch shahrida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

Urganch shahrida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
21:48 / 30.04.2025
Xorazmda sochi yoyilgan qizni kaltaklagan maktab direktori ishdan olindi

Xorazmda sochi yoyilgan qizni kaltaklagan maktab direktori ishdan olindi

Bunga viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i asos bo‘lgan.
12:51 / 30.04.2025
Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

“Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish hamda axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomill…
09:45 / 01.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!