$
12758.36 UZS
-19.76
163.34 UZS
-0.67
14820.11 UZS
-111.12
38° Kechasi 24°

Xushxabar: Koronavirus kasalligi bilan kasallangan bemorlarning 7 nafari butunlay sog‘aydi

10:09 / 29.03.2020

Bugun, 29-mart kuni koronavirus kasalligi bilan kasallangan bemorlarning yetti nafari butunlay sog‘aydi. Ular shifoxonadan chiqarilib, reabilitatsiya markaziga o‘tkazilgan.

Ular Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va boshqa mas’ullar tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya tibbiyot markaziga kuzatib qo‘yildi. Kasallikdan xalos bo‘lgan fuqarolarimiz ma’lum muddat shu yerda karantinda bo‘lishadi. 

“Xastalikdan forig‘ bo‘lgan bemorlarimizning ham quvonchi cheksiz. Ular Prezidentimizga, fidoyi shifokorlarimiz, shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda yordam berayotgan barcha insonlarga chuqur minnatdorlik bildirishmoqda, duo qilishmoqda. Ushbu quvonch ko‘z yoshlari ayni paytda infeksiya tarqalib ketishining oldini olishda kecha-yu kunduz tinmay mehnat qilayotgan barcha insonlar faoliyatiga munosib baho, munosib ehtiromdir”, deyiladi SSV xabarida.

Shuningdek, SSVning qayd etishicha, O‘zbekiston hukumati yaqin kunlarda 300 mingta ekspress-test hamda 500 ta sun’iy nafas oldirish apparatlarini xarid qiladi va bu ko‘rilayotgan choralar shifokorlar faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Bu esa ayni paytda koronavirus infeksiyasi bilan xastalangan bemorlarning sog‘ayib ketishlarida muhim ahamiyatga ega.


Bu ham qiziq

Fransiya va Italiya Ukraina mudofaasi uchun pul ajratmoqchi emas

Fransiya va Italiya Ukraina mudofaasi uchun pul ajratmoqchi emas

Ikki mamlakat ham o‘zining harbiy xarajatlari muhimroq deb hisoblaydi
21:35 / 16.07.2025
Toshkentdagi podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi

Xabarga ko‘ra, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
09:53 / 17.07.2025
Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida issiqlik sababli bog‘chalar yopildi

Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida issiqlik sababli bog‘chalar yopildi

2025-yilning 16-17-18-iyul kunlari ob-havo haroratining keskin oshishi kutilayotgani ma’lum qilindi.
16:07 / 16.07.2025
Rossiya Ukrainaning uchta shahriga hujum qildi

Rossiya Ukrainaning uchta shahriga hujum qildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, yetti nafar jabrlanganlardan besh nafariga kuyish tashxisi qo‘yilgan.
11:59 / 16.07.2025
Suriya armiyasi Suvayda shahridan chekinishni boshladi

Suriya armiyasi Suvayda shahridan chekinishni boshladi

Bu haqda Sky News Arabia xabar berdi.
10:51 / 17.07.2025
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalarni taqdim etishga tayyor

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalarni taqdim etishga tayyor

Bu safargi cheklovlar asosan neft va neft mahsulotlariga nisbatan bo‘ladi
22:08 / 16.07.2025
Sirdaryoda Cobalt beton to‘siqqa urilib, yonib ketdi

Sirdaryoda Cobalt beton to‘siqqa urilib, yonib ketdi

“Sodir etilgan yo‘l transport hodisasi natijasida jarohatlanganlar va jabrlanganlar yo‘q”, – deyiladi xabarda.
12:17 / 17.07.2025
17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi
22:36 / 16.07.2025
O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xito…
12:25 / 16.07.2025
Qashqadaryodagi “zapravka”da yong‘in sodir bo‘ldi

Qashqadaryodagi “zapravka”da yong‘in sodir bo‘ldi

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:45 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in 15:35 da bartaraf etilgan.
16:11 / 16.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!