$
12591.71 UZS
-84.4
160.18 UZS
-1.38
14821.70 UZS
-153.86
40° Kechasi 25°

Kun tarixi: Butunjahon o‘rgimchak to‘ri 31 yoshda. Internetning “ko‘r” smayllari haqida eshitganmisiz?

11:46 / 13.03.2020

2019-yilning statistik ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning 4,39 milliard aholisi internetdan foydalanadi. 3,48 milliard inson ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tgan, 3,26 milliardi esa mobil aloqa vositalari orqali internetga kiradi. Internet o‘zi nima? U qanday ishlaydi? Quyida shu savollarga javob beramiz...

1989-yilning 13-martida Tim Berners Li va CERN (yadro tadqiqotlari bo‘yicha Yevropa markazi) WWW (world wide web) serverining birinchi prototipini ishlab chiqdi. Ammo “butun dunyo o‘rgimchak to‘ri” 1992-yildagina dunyo yuzini ko‘ra oldi. 

• Birinchi brauzer 1990-yilda “World Wide Web” ning “otasi” bo‘lmish Tim Berners Li tomonidan yaratilgan. Shunchaki “World Wide Web” deb nomlangan brauzer NeXT (Apple) platformasida yaratilgan. 

• Ma’lumotlarni almashish uchun internet-saytlar juda muhimdir. Ularni butunjahon tarmog‘ining muhim tarkibiy qismlari deyish mumkin. Ular ma’lumotlar almashish uchun butun dunyo bo‘ylab tarqatiladi. Qoidaga ko‘ra, o‘nlab, ba’zan yuzlab xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar bitta internet-saytga ulanadi. Provayderlar, o‘z navbatida, mijozlarga DSL yoki LTE kabi tegishli ulanishlarni taqdim etish orqali internetga kirishni ta’minlaydi.

• Butunjahon o‘rgimchak to‘rining har uchinchi foydalanuvchisi internetga ko‘ngilxushlik uchun kiradi. 20 foiz foydalanuvchilar uzoq muddatli aloqalar o‘rnatish va o‘z juftini topish uchun kirsa, 15 foiz foydalanuvchilar pul ishlash yoki shunchaki vaqt o‘tkazish maqsadida kirishar ekan.

• Bir millilitrda necha litr borligini bilishni xohlaysizmi? Yoki, bir millimetrda necha kilometr borligini-chi? Google hisoblagichi hatto eng ahmoqona savollarga ham javob bera oladi. Istasangiz buni sinab ko‘rishingiz mumkin.

• Birinchi elektron smaylik “ko‘r” bo‘lgan ekan. Uning burni tire, labi esa qavs belgisidan iborat bo‘lgan. Ko‘zni anglatuvchi ikki nuqta esa ancha yillardan keyin paydo bo‘lgan. 

• Butunjahon o‘rgimchak to‘ri (internet)ni eng yomon ko‘radigan inson Elton Jon ekan. Xonandaning fikriga ko‘ra sifatsiz musiqaning ko‘payib ketishiga internet sababchi emish.

• Profildagi rasm (avatar) foydalanuvchining shunchaki rasmi emas, uning fe’l-atvorini ochib beruvchi vosita hamdir. Rasm qay darajada qorong‘u yoki qora bo‘lsa, profil egasining xarakteri ham shuncha qiyin bo‘ladi. 

• Har daqiqada Youtube’ga 20 soatga teng videolavhalar joylashtiriladi. Ammo uning kontentining faqat 1 foizigina haqiqiy qiymatga ega, qolgan 99 foizi esa videolarni joylashtirganlar uchun qiziq, xolos. 

• Amerika eBay internet auksionida sotilgan eng qimmat narsa reaktiv samolyot bo‘lgan. U internet auksionida 40 million dollarga sotilgan. 

• Online intervyular paytida eng ko‘p savol britaniyalik musiqachi Pol Makkartniga berilgan. Savollar soni 3 millionga yetgan ekan. Musiqachi esa atigi 200 ta eng muhimlariga javob bera olgan, xolos.

• Xitoy va Janubiy Koreya kabi internet arzon mamlakatlarda internetga mukkasidan ketganlar uchun maxsus klinikalar mavjud. 

Guljahon Sanjarbekova tayyorladi


Bu ham qiziq

Ukraina va Buyuk Britaniya dron ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil qildi

Ukraina va Buyuk Britaniya dron ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil qildi

Raybird turkumidagi razvedka dronlari Britaniyada ishlab chiqariladi va Ukraina hamda NATO armiyalariga yetkazib beriladi.
16:51 / 03.07.2025
Mirziyoyev Xonkendi shahriga bordi

Mirziyoyev Xonkendi shahriga bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Xonkendi shahrida …
18:07 / 03.07.2025
Andijonda IIB xodimi pichoqlab o‘ldirildi

Andijonda IIB xodimi pichoqlab o‘ldirildi

Olgan jarohati natijasida ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan A. Abduvaliyev shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan.
14:45 / 02.07.2025
Klublar o‘rtasidagi JCh. “Manchester Siti” va “Inter” musobaqani tark etdi

Klublar o‘rtasidagi JCh. “Manchester Siti” va “Inter” musobaqani tark etdi

Endi chorak finalda “Fluminense” - “Al-Hilol” qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lamiz.
09:39 / 01.07.2025
O‘zbekistonda nodavlat OTMlar faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari belgilandi

O‘zbekistonda nodavlat OTMlar faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari belgilandi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining “Respublikada nodavlat ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlar…
11:10 / 03.07.2025
Turkiyadagi deportatsiya markazlaridan 50 nafar o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Turkiyadagi deportatsiya markazlaridan 50 nafar o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Migratsiya agentligi hamda Turkiya Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi mas’ullari o‘rtasida Turkiyada noqonuniy…
13:13 / 02.07.2025
AQSh Senati Trampning “Yagona, katta va go‘zal” nomli qonun loyihasini ma’qulladi

AQSh Senati Trampning “Yagona, katta va go‘zal” nomli qonun loyihasini ma’qulladi

Xabar berilishicha, AQSh Senati “One Big Beautiful Bill” nomli soliqlar va byudjet xarajatlariga oid keng qamrovli qonun loy…
16:40 / 02.07.2025
Toshkentda elektromobil yonib ketdi

Toshkentda elektromobil yonib ketdi

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
10:02 / 02.07.2025
Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp, may oyi o‘rtalarida Suriyaning yangi yetakchisi Ahmad ash-Sharaa bilan uchrashuvi oldidan berg…
11:06 / 01.07.2025
“Maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi

“Maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi

Qarorga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan tegishli ta’lim dasturlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlarining kam…
10:49 / 02.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!