$
12497.19 UZS
-50.19
155.71 UZS
-1.31
14597.97 UZS
-67.41
34° Kechasi 21°

DTM 2019-2020 o‘quv yili test sinovlari uchun qancha mablag‘ sarflaganini ma’lum qildi

10:44 / 31.08.2019

2019-2020 o‘quv yilida OTM larining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul uchun o‘tkazilgan test sinovlari yakunlari: tahlillari, yutuqlari va kamchiliklariga bag‘ishlangan brifing tashkil etildi, deya Xabardor.uz muxbiri xabar bermoqda.

Tadbirda markazning mutassadilari ishtirok etib, bu yilgi test sinovlarida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, yutuqlar borasida so‘z yuritishdi va test jarayonlari uchun sarflangan mablag‘larning aniq summasi aytib o‘tildi.

Unga ko‘ra:

-  Eng tezkor printerlar uchun 840 mln 970 ming 316 so‘m;

-  Kitob tikadigan vositalar 199 mln 988 ming 154 so‘m;

-  Katta quvvatli serverlar xarid qilish va ularni o‘rnatish, ishga tushirish uchun 1 mlrd 204 mln 206 ming   244 so‘m;

-  Binolar ijarasi uchun esa 1 mlrd 942 mln 706 ming 950 so‘m (faqatgina Toshkent shahridagi binolar uchun);

-  Guruh nazoratchilari uchun oylik 9 mlrd 14 mln 745 ming 717 so‘m 50 tiyin;

-  Guruh nazoratchilari uchun tushlik 763 mln 374 ming 250 so‘m;

-  Mobil aloqa vositalari to‘lqinlarini to‘suvchi qurilmalar uchun 688 mln 121 ming 120 so‘m;

-   Ichimlik suvi uchun 880 mln 494 ming 710 so‘m;

-  Sharikli ruchkalar uchun 336 mln 357 ming 552 so‘m;

-  Xizmat safarlari uchun 13 mln 262 ming 039 so‘m.

Jami xarajatlar uchun 15 mlrd 884 mln 127 ming 052 so‘m 50 tiyin sarflangan

Bunga viloyatlarda joylashgan 55 ta binoning kommunal va ijara to‘lovlari, bir oy mobaynida shartnoma asosida jalb etilgan yollanma ishchilar, texnik vositalarning shu davrda muntazam ishlab turishini nazorat qilish bo‘yicha mutaxassislar ish haqi kiritilmagan.

Ma’lumot o‘rnida eslatib o‘tamiz: Operatorlar xatosi tufayli ruxsatnomasini ololmaganligi sabab test sinovlarida ishtirok eta olmagan abituriyentlar uchun  17- avgust kuni test sinovlari o‘tkazilgan edi. 50 nafar abituriyent ishtirok etishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, shulardan 35 tasi qatnashdi. Ammo hech qaysi abituriyent talabalikka tavsiya etilmagan.


Bu ham qiziq

Kredit qarzi vaqtida to‘lanmagani uchun “Hyundai Sonata” sotuvga qo‘yildi

Kredit qarzi vaqtida to‘lanmagani uchun “Hyundai Sonata” sotuvga qo‘yildi

Hozirda avtomobil sotuv uchun auksionga chiqarilgan
20:19 / 17.08.2025
Bugun osmonda noyob hodisa: “Sayyoralar paradi” bo‘lib o‘tadi

Bugun osmonda noyob hodisa: “Sayyoralar paradi” bo‘lib o‘tadi

Bu hodisa O‘zbekistonda ham ko‘rinadi
22:11 / 18.08.2025
Tanzila Norboyeva Qozog‘iston Senati raisi bilan muhim kelishuvni imzoladi

Tanzila Norboyeva Qozog‘iston Senati raisi bilan muhim kelishuvni imzoladi

Senat raisi tashrif davomida shuningdek, ijodkor va ziyolilar bilan ham uchrashuv o‘tkazadi
20:42 / 18.08.2025
Rossiya Xarkovdagi ko‘p qavatli uyga dronlar orqali zarba berdi

Rossiya Xarkovdagi ko‘p qavatli uyga dronlar orqali zarba berdi

Hujum oqibatida besh kishi, jumladan bir bola ham halok bo‘lgan.
12:59 / 18.08.2025
Soliq qo‘mitasi: “Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga 20 milliard so‘m to‘landi”

Soliq qo‘mitasi: “Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga 20 milliard so‘m to‘landi”

Xabar bergan fuqarolarga jarima summasining 20 foizi miqdorida mukofot berilgan
19:49 / 17.08.2025
Rossiyaning Irkutsk shahrida qiyin ahvolda qolgan ona va farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Irkutsk shahrida qiyin ahvolda qolgan ona va farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

Ular 15-avgust kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi reysi bilan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yilgan.
09:32 / 18.08.2025
Namangan viloyatida noqonuniy diniy saboq berish holatlari aniqlandi

Namangan viloyatida noqonuniy diniy saboq berish holatlari aniqlandi

Yangi Namangan tumanida qayd etilgan holatda esa 1983-yilda tug‘ilgan shaxs Mehnatobod mahallasidagi yashirin “hujra”da 10 n…
16:28 / 18.08.2025
Endilikda Tojikistonda folbinga borganlar qat’iy jazolanadi

Endilikda Tojikistonda folbinga borganlar qat’iy jazolanadi

Bu qaror parlament tasdig‘idan ham o‘tdi
21:58 / 18.08.2025
Qiyin ahvolda qolgan 100 dan ortiq vatandoshimiz Sankt-Peterburgdan olib kelinadi

Qiyin ahvolda qolgan 100 dan ortiq vatandoshimiz Sankt-Peterburgdan olib kelinadi

Mazkur tadbir “Vatanga qaytarish” loyihasi doirasida amalga oshiriladi
19:21 / 17.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!