$
12705.79 UZS
59.23
159.20 UZS
-1.68
14704.41 UZS
243.07
33° Kechasi 21°

Oyoq kiyim qutisidan quticha, kitob javoni hamda mehmonxona bezagi yasash usullari

18:48 / 12.03.2020

Oyoq kiyim solinadigan qutini biz ko‘pincha joy egallamasligi uchun tashlab yuboramiz. Gohida ular shunchalik qattiq va mustahkam bo‘ladiki, tashlab yuborishga ko‘zingiz qiymaydi. Axir ulardan ajoyib buyumlar yasash mumkin-ku. Biroz ijodkorlik qobiliyatingizni ishga solib, oddiy karton qutisidan o‘zingizga asqatadigan va ko‘zingizni quvnatadigan buyumlar yasab olishingiz mumkin. 

1. Mayda-chuydalar solib qo‘yiladigan quti
Juda ajoyib qaror. Mayda buyumlarni solib qo‘yish uchun ortiqcha pul sarflagandan ko‘ra, uni oyoq kiyim qutisidan yasab qo‘yavering. Qutiga chiroyli matoni yelimlab chiqing. Ustiga bitta bant qo‘ndirsangiz, ajoyib pardoz qutisi hosil bo‘ladi. Qutiga gulqog‘oz ham yopishtirish mumkin. Qolganiga tasavvuringizni ishga soling. 

Бокс для хранения мелочей

2. Dekorativ devor polkalari 
Agar sizda oyoq kiyim qutilari yig‘ilib qolgan bo‘lsa, ulardan chiroyli dekorativ polkalar yasash mumkin. Buning uchun bir nechta quti, aerozol bo‘yoq, gulqog‘oz, qaychi, yelim, otvyortka va ikkita vint kerak bo‘ladi. Agar chiroyli qilib terib chiqsangiz, uyingiz o‘zgacha chiroy ochadi.

Книжный шкаф из картона

3. Kartondan kitob javoni
Bolalarning darsligi terib qo‘yiladigan quti-shkaflar ko‘rgan ko‘zni quvnatishi aniq. Uni devorga o‘rnatish, yoki stol ustiga joylashtirish ham mumkin. Biroz dekorativ vositalar qo‘shilsa, uy bezagiga ham aylanadi.

Разделитель для ящиков

4. Katta qalamdon
Kansyelyariya mahsulotlari: qalam, ruchka, chizg‘ich, flomaster, markerlar bu qalamdonga bemalol joylashadi. Uning tashqi ko‘rinishini o‘zingiz istagandek bezashingiz mumkin. Ichiga esa temir banka joylashtiring.

карандашница из картонной коробки

5. Qo‘g‘irchoqlar uchun uycha
Agar qizalog‘ingiz bor bo‘lsa, oyoq kiyim qutisidan qo‘g‘irchoq uchun uycha yasash ham mumkin. Ozgina fantaziyangizni ishga solib, kiyim javon hamda karavot ham yaratish mumkin. Axir qutilarning uzunchoq shakllilari ham bor-ku.

Гардероб для куклы

6. Taqinchoqlar uchun quticha
Serhashamlikni xush ko‘radiganlar qutini baxmal bilan o‘rab, ajoyib shkatulka hosil qilishlari mumkin. Qora barxat yuzada taqinchoqlar juda chiroyli ko‘rinadi. 

Органайзер для хранения бус

7. Vannaxona uchun dekor
Oyoq kiyim qutisiga paxtali mato yoki jgut o‘rab, ichiga paket solib qo‘ying. Kir bo‘lgan kiyim, sovun yoki sochiqlarni shunda saqlash mumkin. 

Полка из коробки

8. Mehmonxona uchun bezak
Bu borada dizaynerning maslahatini olish muhim. Bir nechta oyoq kiyimi qutisi qopqog‘ini olib, tasavvuringizni ishga soling. Mato va gulqog‘ozlardan tashqari barg va patlar, rangli tosh, folga, chig‘anoq va shu kabi vositalardan foydalanib bezash ham mumkin.

Декор гостиной

9. Mini proyektor
Do‘stlaringizni hayron qoldirishni istaysizmi? Shunchaki quti yonidan dumaloq teshik ochib, unga linzani joylashtiring. Bir tomoni yassi linza. Linzaning to‘g‘risiga smartfonni qo‘yib, filmni yoqing. So‘ng popkornni olib, bemalol filmdan zavqlanish mumkin.

Мини проектор

Oyoq kiyim qutisiga quyidagi buyumlarni joylash mumkin:

Коробки с обувью

• Tikish anjomlari;
• o‘yinchoqlar;
• tirnoq uchun laklar;
• asbob-uskunalar;
• urug‘lar;
• ziravorlar;
• eski fotolar;
• zaryadkalar;
• taqinchoqlar;
• mato bo‘laklari.


Bu ham qiziq

Fransiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Fransiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Bu haqda mamlakat prezidenti Emmanuyel Makron seshanba kuni France 2 telekanali efirida e’lon qildi. Uning aytishicha, agar …
14:15 / 11.06.2025
O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatlardan avtomobil import qilmoqda?

O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatlardan avtomobil import qilmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 213,7 ml…
12:09 / 11.06.2025
Kreditni samarasiz ishlatish ortidan 19,6 mlrd so‘m zarar keltirgan mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi

Kreditni samarasiz ishlatish ortidan 19,6 mlrd so‘m zarar keltirgan mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi

Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
17:19 / 12.06.2025
Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

So‘nggi kunlarda O‘zbekiston hududi yoz uchun juda qulay harorat fonida nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ldi.
12:49 / 13.06.2025
Turkiyada odam savdosi jinoyatini sodir etgan o‘zbekistonlik ushlandi

Turkiyada odam savdosi jinoyatini sodir etgan o‘zbekistonlik ushlandi

Hozirda O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan bu kabi jinoyatlarni fosh qilish bo‘yicha faol …
09:12 / 11.06.2025
Fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi

Fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi

Endilikda, shaxsning o‘z aybini tan olishi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilmaydi.
17:08 / 10.06.2025
Isroil Eronga hujum qilishga yaqin

Isroil Eronga hujum qilishga yaqin

Reuters’ning yozishicha, Qo‘shma Shtatlarning Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida joylashgan elchixonasi diplomatlarni shoshilinc…
10:00 / 12.06.2025
Haj-2025. O‘zbekistonliklar 12-iyundan boshlab hajdan qaytadi

Haj-2025. O‘zbekistonliklar 12-iyundan boshlab hajdan qaytadi

Bu haqda, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.
10:59 / 12.06.2025
AQShda Trampga qarshi katta namoyishlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

AQShda Trampga qarshi katta namoyishlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

“Demokratik partiyaga yaqin bo‘lgan 100 dan ortiq tashkilotlar 14-iyun kuni, ya’ni Trampning tug‘ilgan kunida, butun AQSh bo…
17:22 / 11.06.2025
13-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan s…
17:49 / 12.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!