$
12557.56 UZS
-34.15
159.44 UZS
-0.74
14809.13 UZS
-12.57
43° Kechasi 27°

“Xavfsizlik xalqning haqidan ta’minlanmasligi kerakligini o‘ylab ko‘rishsa yaxshi bo‘lardi” – IMEI kodini ro‘yxatga olishdagi to‘lovga qarshi petitsiya e’lon qilindi

11:43 / 17.02.2020

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida jismoniy va yuridik shaxslardan mobil qurilmalarning IMEI raqamlarini ro‘yxatga olishda undiriladigan to‘lovlarni bekor qilish taklifi berildi.

“Jismoniy va yuridik shaxslardan mobil qurilmalarning IMEI raqamlarini ro‘yxatga olish uchun aholidan undiriladigan to‘lovlarni bekor qilish va ro‘yxatga olishni yanada soddalashtirish tartibi joriy etilishini so‘rayman. Chunki, hozirgi globallashuv davrida aholini qo‘llab-quvvatlash, ortiqcha to‘lov va ovoragarchiliklarni bartaraf etish muhim deb hisoblayman”, deydi taklif muallifi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 17-sentabrda “O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Hukumat qarori qabul qilingan edi.

Unga ko‘ra, 2019-yil 1-noyabrdan IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazish SMS/USSD so‘rovlar, UZIMEI tizimi operatori va boshqa usullar orqali amalga oshirilgan va 1-dekabrgacha mazkur amaliyot bepul bo‘lgan edi.

2019-yil 1-dekabrdan esa IMEI kodi ro‘yxatdan o‘tkazish uchun jismoniy shaxslar bugungi kun hisobi bilan 44600 so‘m to‘lashi, agar 30 kun davomida registratsiya qilinmasa, 44600 emas, 55750 so‘m to‘lashga to‘g‘ri kelishi haqidagi tartiblar joriy qilingan edi.

Yuqoridagi mazkur tartibni bekor qilish haqidagi taklif hozirga qadar 5 mingdan ortiq ovoz to‘pladi (17.02.2020-y. soat 11:30 holatiga ko‘ra).

Taklif muallifi yuqoridagi fikrlarini inobatga olgan holda IMEI kodlarini ro‘yxatga olishda to‘lovlarni bekor qilinishini so‘raydi.

“Albatta bepul qilish kerak. O‘zi xalq orasida “davlat qanday pul qilishni bilib oldi” degan gaplar ko‘payyapti”, deydi petitsiya ostiga qoldirilgan post egalaridan biri.

Taklifni qo‘llab-quvvatlovchi yana bir internet foydalanuvchisi, jumladan shunday deydi:
– O‘z mehnatim evaziga sotib olgan telefonim va sim kartamni yana qo‘shimcha to‘lov evaziga ro‘yxatdan o‘tkazish bu nohaqlik, men bunga qarshiman. Qonun chiqaruvchilar va yangi qonun taklifini kirituvchilar yumshoq kreslongizda o‘tirib olib xalqni qonini ichmanglar. Xavfsizlikni o‘ylagan mutasaddilar esa xavfsizlik xalqning haqidan ta’minlanmasligi kerakligini o‘ylab ko‘rishsa yaxshi bo‘lardi.


Bu ham qiziq

5-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

5-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 24-26 daraja iliq, kunduzi 41-43 daraja issiq bo‘ladi.
18:06 / 04.07.2025
O‘zbekiston kubogi chorak finali uchun qur’a tashlandi

O‘zbekiston kubogi chorak finali uchun qur’a tashlandi

Markaziy o‘yin Jizzaxda kechadigan bo‘ldi
20:43 / 03.07.2025
Yigit kishiga qirq hunar oz

Yigit kishiga qirq hunar oz

Namangandagi koloniyadagi mahkumlarga oshpazlikdan saboq berildi
22:23 / 03.07.2025
Ukraina va Buyuk Britaniya dron ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil qildi

Ukraina va Buyuk Britaniya dron ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil qildi

Raybird turkumidagi razvedka dronlari Britaniyada ishlab chiqariladi va Ukraina hamda NATO armiyalariga yetkazib beriladi.
16:51 / 03.07.2025
Shomurodovning yangi jamoasi ma'lum

Shomurodovning yangi jamoasi ma'lum

Futbolchi Turkiya chempionatidagi grand klub safiga o'tadi
23:16 / 03.07.2025
Toshkentda bankdan 90 ming AQSh dollari o‘g‘irlandi

Toshkentda bankdan 90 ming AQSh dollari o‘g‘irlandi

Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
15:10 / 03.07.2025
Ohangaron shohko‘chasida transportlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Ohangaron shohko‘chasida transportlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Haydovchilarga muqobil yo‘llardan yurish tavsiya qilingan
21:14 / 03.07.2025
Yandex Go haydovchilari va kuryerlari 2024-yilda 530 million dollar daromad qilishgan

Yandex Go haydovchilari va kuryerlari 2024-yilda 530 million dollar daromad qilishgan

Yandex Go‘ning O‘zbekistondagi haydovchilari, kuryerlari va hamkorlari 2024-yilda umumiy hisobda 530 million dollar daromad …
13:47 / 04.07.2025
Toshkentda elektromobil yonib ketdi

Toshkentda elektromobil yonib ketdi

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
10:02 / 02.07.2025
Yekaterinburgda hibsga olingan ozarbayjonliklarga ayblov e’lon qilindi

Yekaterinburgda hibsga olingan ozarbayjonliklarga ayblov e’lon qilindi

Ular odam o‘ldirish va suiqasd kabi bir qator og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda.
12:03 / 03.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!