Yoz kunlarida muzqaymoq mavsumi avj oladi. Biroq, uni haddan tashqari koʻp miqdorda isteʼmol qilish ortiqcha vazn toʻplashga sabab boʻlishini ham unutmaslik kerak.
Dietolog Antonina Starodubovaning aytishicha, muzqaymoqni bir haftada ikki marta 100 grammdan koʻp yeyish mumkin emas. Mutaxassis katta yoshli insonlarga tarkibida yogʻi kam boʻlgan sutli hamda mevali muzqaymoq tanlashni tavsiya qilgan. Bolalarga esa qaymoqli muzqaymoq va plombir olib bergan maʼqul. Muzqaymoq xarid qilayotganda uning tarkibida shakar kamroq boʻlishiga eʼtibor qarating.
“Yoz kunlarida yengil tamaddi uchun mevalar, rezavorlar, sut mahsulotlarini tanlash foydaliroq boʻladi. Chanqoqni bosish uchun eng yaxshi ichimlik esa oddiy suv hisoblanadi”, deydi mutaxassis.
Dietolog muzqaymoqqa ruju qoʻyish nafaqat semizlik, balki qandli diabet, yurak-qontomir kasalliklariga ham sabab boʻlishini taʼkidlagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!