Yuzlab misrliklar 20-sentabr, juma kuni kechqurun bir qator shaharlarda mamlakat rahbariyatiga qarshi ko‘chalarda norozilik namoyishlari o‘tkazishdi. Bu haqida "DW" nashri xabar qilmoqda.
Mamlakatda kamdan kam bo‘ladigan norozilik namoyishlari Qohira, Iskandariya, Suvaysh va Al-Mansurda bo‘lib o‘tdi. Namoyish ishtirokchilari prezident Abdul Fattoh as-Sisining iste’fosini talab qilishdi.
Misr poytaxti Qohirada Tahrir maydoniga to‘plangan ko‘plab namoyishchilar politsiya tomonidan ushlandi, deya xabar beradi Misrning mustaqil Mada Masr portali. AP axborot agentligiga ko‘ra, namoyishchilar 2011-yilgi “Arab bahori” bayonotlari aks etgan shiorlar bilan chiqishgan. Yig‘ilganlar orasida qurbonlar yo‘q.
As-Sisiga qarshi norozilik namoyishi bir necha hafta oldin mamlakatdan qochib ketgan misrlik tadbirkor va aktyor Muhammad Ali tomonidan tashkil etilgan. Ali o‘zining Facebook'dagi sahifasida Misr prezidenti va milliy armiya rahbariyatini korrupsiyada ayblagan bir qator videolarni joylashtirgan.
Ali 2014-yilda vafot etgan al-Sisining onasi uchun hashamatli mehmonxonalar, prezidentlik saroylari va qabrlarni qurishda davlat mablag‘larining juda ko‘p marta suiiste'mol qilinishiga guvoh bo‘lganini ta'kidlagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!