Dengiz sathidan 2743 metr balandlikda tunash asabi bo‘shlar uchun emas, chunki mehmonxona naqd osma funikulyorda joylashgan.
U fransuz Alplaridagi Kurshevel tog‘ kurortining eng yuqori nuqtasida qad rostlagan. Bir qarashda u shunchaki sayyohlarni yuqoriga olib chiquvchi bo‘lmaga o‘xshaydi, aslida esa to‘rt nafar mehmonga mo‘ljallangan nomerdir. Mehmonlar kechki ovqat paytida Alpning maftunkor manzarasidan bahramand bo‘lishlari mumkin.
Ertalab esa dunyoning eng yaxshi kurortlaridan biridagi tog‘-chang‘i maskaniga borsa bo‘ladi.
Bundan tashqari, mazkur g‘aroyib mehmonxonada bir nechta qoidalar mavjud: qo‘shnilarni hurmat qilish lozim, nomerga ko‘p muz buyurtma qilmaslik darkor va bu yerda cho‘milish emas, sayohatdan bahra olmoq kerak.
Bunday nomerga “Airbnb” orqali buyurtma berish mumkin.
Eng asosiysi, siz mehmonxona egalarini o‘zingizning eng yaxshi mehmon ekanligingizga ishontirsangiz, bas.
Dunyoning eng noodatiy 29 ta mehmonxonasi
Dunyodagi ilk suvosti mehmonxonasi ishga tushdi
Dunyodagi eng hashamatli uylar
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!