$
12129.33 UZS
28.04
149.17 UZS
1.16
14061.53 UZS
30.08
31° Kechasi 18°

Bir kunda o‘qib tugatish mumkin bo‘lgan 7 buyuk asar

20:47 / 24.04.2020

“Eljernonga atalgan gullar” – Deniyel Kiz

Biror narsani xohlaysiz-u, ammo o‘zingizni cheklash uchun yuzlab bahonalar o‘ylab topasizmi? Istalgan odamda bu holat yuz berishi mumkin. Biroq tabiat tomonidan cheklangan bo‘lsangiz-chi?
Deniyel Kizning “Eljernonga atalgan gullar” asari aynan shu holat haqida hikoya qiladi.
Charli Gordon aqliy rivojlanishda orqada qolgan, ammo boshqa narsalarda kamchiligi yo‘q, uning do‘stlari, o‘z ishi bor. Biroq aqlli bo‘lish istagi uni hech tinch qo‘ymaydi. Charlida nafaqat aqlli, balki boshqalardan-da aqlli bo‘lish imkoniyati paydo bo‘ladi – operatsiyani boshdan kechirish. Operatsiyadan keyin uning nafaqat aqliy qobiliyatlari, balki odamlar bilan munosabatlari ham o‘zgarishlarga duch keladi. Avvallari ustidan kulgan odamlar endi undan qocha boshlaydi. Ma’lum bo‘ladiki, “do‘stlik” ustunlik hissiga qurilgan ekan. Bunday munosabatlarda o‘zini ustun qo‘yishdan boshqa narsa bo‘lmagan ekan…
Ko‘p narsani tushunib yetgan Charli olamning kamalakrang emasligini ko‘radi. Asarni o‘qigach, uning Amerika maktablarida majburiy o‘quv dasturiga bejizga kiritilmaganini tushunib yetasiz. 

“Molxona” – Jorj Oruell

“Molxona” yoki “Hayvonlar xo‘jaligi” mashhur anti-utopiyachi Jorj Oruellning 1945-yilda bosib chiqarilgan satirik masal-qissasi hisoblanadi. Qissada Oruell hayvonlar xo‘jaligi misolida odamlar jamiyatining umumiy tenglik g‘oyalaridan diktatura va totalitarizm qurishgacha borishini tasvirlaydi. Yozuvchi bu asar orqali Sobiq Sovet davlatini satira yordamida nishonga olgan. Kitob o‘z janrining eng yaxshi namunalaridandir.

“Parvoz zavqi” – Richard Bax

Qushlarning kundalik ozuqa dardidagina yashashi, mazmunsiz va tor hayot kechirishini tushungan Jonatan Livingston ismli oqcharloq rivojlanish yo‘lini tanlaydi. U parvozni bir makondan boshqa makonga o‘tish va ozuqa topish vositasi bo‘lib qolishiga qarshi chiqadi, parvoz hayot tarzi va san’atga aylanishi uchun harakat qiladi. To‘dadan chetlashtirilgan Jonatan quvg‘indi sifatida hayot kechira boshlaydi va parvozni mukammallashtirishga o‘zini bag‘ishlaydi. 
Ilk bor 1970-yilda chop etilgan asar 1972-yil oxiriga borib million nusxada sotib bo‘linadi. Ruhlantiruvchi eng yaxshi badiiy asarlardan biri.

“Evrilish” – Frans Kafka

Frans Kafka asarining qahramoni Gregor Zamza – faqatgina moddiy ehtiyojlari bilan yashaydigan, uncha boy bo‘lmagan parijlik oilaning o‘g‘li. Otasi, astma bilan kasallangan onasi va sevimli singlisi Greta – hammasi Gregorga qaram. Gregor oilasini boqish uchun tinmay ishlaydi, har doim ish safarlarida bo‘ladi. Bir kuni uyga kelganida u bilan dahshatli voqea sodir bo‘ladi: ertalab yotog‘ida uyg‘ongan Gregor qo‘rqinchli hasharotga aylanib qolganini tushunadi. Oilaning sevimli a’zosi darhol keraksiz mahluq bo‘lib qoladi. Nahotki insonning tashqi belgilarigina uning insonligini bildirsa? Kafka shu va boshqa savollar ustida bosh qotirishga majbur qiladi. Bu kitob ekzestensializm oqiming eng yaxshi namunasidir.

“Kichkina shahzoda” – Antuan de Sent-Ekzyuperi

Kattalar uchun masal ko‘rinishidagi ertakning bosh qahramoni oddiy gaplar bilan inson qalbining chuqur sarhadlarini ochib tashlaydi. Ilk bor 1943-yilning 6-aprelida nashr etilgan kitob vaqt o‘tib butun dunyo zamonaviy madaniyatining bir qismiga aylandi. Undan olingan iqtiboslarga duch kelmagan odam bo‘lmasa kerak. Kichkina Shahzoda, shuningdek, qissaning boshqa qahramonlari ko‘rinishini ham fransuz yozuvchisining o‘zi yaratgan. 
Bugun ushbu kitobda hayot, koinot, mavjudlik haqidagi savollarga javoblar topish mumkin. “Kichkina shahzoda” asarini har safar o‘qir ekansiz, kitob yangilanib boraveradi, yangidan-yangi ma’nolar tuhfa etaveradi.

“Begona” – Alber Kamyu

Fransuz yozuvchisining ilk romani ekzistensializm g‘oyalarining klassik namunasi hisoblanadi. Voqealar bosh qahramon – Jazoirda yashovchi 30 yoshli fransuz erkak tilidan hikoya qilinadi. Uning ismi aytilmagan, biroq ba’zi joylarda familiyasi – Merso tilga olinadi. Asar qahramoni odam o‘ldirgani uchun emas, onasining motam marosimida yig‘lamagani uchun o‘limga hukm qilinadi.
Qissa orqali Kamyu absolyut erkinlik masalalari ustida bosh qotiradi. Inson hayoti uning irodasiga bog‘liq bo‘lmagan voqealar zanjiridan iboratligi ko‘rsatilgan.

“O‘nta negr bolasi” – Agata Kristi

Agata Kristining 1939-yilda yozilgan ushbu romani yozuvchining eng ko‘p sotiladigan kitobi hisoblanadi. Romanning 10 tacha ekranizatsiyasi mavjud. Syujeti g‘aroyib – orolda qamalib qolgan bir necha odamlar birin-ketin o‘ldiriladi. Shubhangiz bir qahramondan boshqasiga ko‘chib boraveradi. Oxiri esa butunlay kutilmagan yechim bo‘ladi. 
Roman ko‘plab detektiv kitoblar va psixologik filmlar yaratish uchun namuna vazifasini bajargan.


Bu ham qiziq

Soliqqa oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan fuqarolarga 24,1 mlrd so‘m mukofot pullari to‘lab berilgan

Soliqqa oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan fuqarolarga 24,1 mlrd so‘m mukofot pullari to‘lab berilgan

Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida 82 857 ta (o‘tgan yilning mos dav…
18:10 / 24.10.2025
Qoraqalpog‘istondan xazina topildimi?

Qoraqalpog‘istondan xazina topildimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida joylashgan “Aqchako‘l” turistik-rekreatsion zonas…
10:44 / 25.10.2025
Andijondagi kafeda yong‘in sodir bo‘ldi

Andijondagi kafeda yong‘in sodir bo‘ldi

“Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q”, – deyiladi xabarda.
11:37 / 25.10.2025
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Joriy yilning uchinchi choragida ham iqtisodiy faollik tendensiyalari davom etdi.
11:54 / 24.10.2025
O‘zbekistondagi AES qurilishini Italiya kompaniyasi nazorat qilishi mumkin

O‘zbekistondagi AES qurilishini Italiya kompaniyasi nazorat qilishi mumkin

“O‘zatom” agentligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston va Italiya atom energetikasi sohasidagi hamkorlikni kengayti…
12:13 / 23.10.2025
Endi Xitoy fuqarolari O‘zbekistonda 30 kungacha vizasiz bo‘la oladi

Endi Xitoy fuqarolari O‘zbekistonda 30 kungacha vizasiz bo‘la oladi

Yangi tartibga ko‘ra, Bahrayn, Qatar, Quvayt, Ummon, Saudiya Arabistoni va Iordaniya fuqarolari mamlakatga vizasiz kirib, 30…
15:22 / 23.10.2025
O‘zbekistonda “Haj va Umra yagona portali” ishga tushirildi

O‘zbekistonda “Haj va Umra yagona portali” ishga tushirildi

Yangi tizim fuqarolarga haj va umra ziyoratlariga qatnashish uchun arizani onlayn tarzda yuborish imkonini beradi.
09:36 / 23.10.2025
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 19-paket sanksiyalarni ma’qulladi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 19-paket sanksiyalarni ma’qulladi

Yevropalik diplomatlardan birining so‘zlariga ko‘ra, 2025-yil oxirigacha Rossiyaga qarshi navbatdagi 20-sanksiyalar paketi y…
11:39 / 23.10.2025
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketini bugun tasdiqlashi kutilmoqda

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketini bugun tasdiqlashi kutilmoqda

Yevropa Ittifoqi elchilari Rossiyaga qarshi so‘nggi 19-cheklovchi choralar paketini qo‘llab-quvvatladi.
08:33 / 23.10.2025
Sentyabr oyida elektromobillar sotuvi rekord darajada o‘sdi

Sentyabr oyida elektromobillar sotuvi rekord darajada o‘sdi

O‘tgan oy O‘zbekistonda 7,8 ming dona elektromobil sotilgan.
16:40 / 23.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!