$
12603.52 UZS
25.31
160.94 UZS
0.63
14676.80 UZS
43.31
42° Kechasi 26°

“90-yillarda bizdan hech kim Rossiyaga ketmasdi-ku. Nega ketdi – ish yo‘q edi” – Mirziyoyev

13:32 / 12.10.2021

Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashish uchun 12-oktyabr kuni Buxoro viloyatiga keldi. Qorako‘l tumanida nomzodning viloyat saylovchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashuvda o‘zi ham O‘zbekiston fuqarosi ekanligi hamda barcha qarindoo‘lari shu yurt qishloqlarida yashayotgani haqida gapirdi.

–  Men ham shu davlatning bir fuqarosi, bir shifokorning farzandi sifatida xalqimning farovonligini o‘ylayman. O‘zim qishloqda o‘sganman, haligacha hamma qarindoshlarim qishloqda yashaydi. Lekin qishloqlarimizdagi sharoit biz xohlagandek o‘zgarmagan, – dedi amaldagi prezident. 

Mirziyoyev shuningdek, ta’limga e’tibor, viloyatdagi ta’lim ko‘rsatkichlari hamda xorijga ketayotgan mehnat migrantlari haqida to‘xtaldi. 
–  Ta’limga e’tibor berib, zaminni mustahkam qilgan el kambag‘al bo‘lmaydi. Afsuski biz ta’limga ko‘p yillar e’tiborsiz bo‘ldik. To‘qsoninchi yillarda bizdan hech kim Rossiyaga ketmasdi-ku. Nima uchun xalqimiz ketdi – ish yo‘q, boshpana yo‘q, ertangi kunga ishonch yo‘q edi. Oxirgi yillarda anchasini qaytarishga erishdik, chunki ular ham farzandlarimiz, – dedi Mirziyoyev. 

Uchrashuvda Buxoroning so‘nggi besh yilda oliygohlarga kirish bo‘yicha birinchi o‘rinda ekanligi, xalq ta’limi bo‘yicha ham viloyat ko‘p jihatdan yetakchi ekanligi e’tirof etildi.

– Bularning hammasi ilmga to‘g‘ri e’tibor berilganidan. Men ishonaman, bu albatta o‘z mevasini beradi. Chunki ilmi bor, ishi bor, yaxshi mutaxassis bo‘lgan odam hech qachon xor bo‘lmaydi, – deyiladi uchrashuvda.


Bu ham qiziq

22-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

22-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 24-26 daraja iliq, kunduzi 40-42 daraja issiq bo‘ladi
22:39 / 21.07.2025
Ichki ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya Vengriyaga tashrif buyurdi

Ichki ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya Vengriyaga tashrif buyurdi

Tashrif davomida bir qator muhim masalalar muhokama qilindi
20:43 / 21.07.2025
O‘zbekistonda issiq havo hafta davomida saqlanib turadi

O‘zbekistonda issiq havo hafta davomida saqlanib turadi

“O‘zgidromet” 21—25-iyul kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
09:31 / 22.07.2025
Toshkent viloyatida tabiatga qariyb 17 milliard so‘m zarar yetkazildi

Toshkent viloyatida tabiatga qariyb 17 milliard so‘m zarar yetkazildi

Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda viloyat Ichki Ishlar boshqa…
16:45 / 21.07.2025
Surxondaryodagi vahshiy qotillik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryodagi vahshiy qotillik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat ostiga olingan
18:30 / 21.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzaxga tashrifini Zomin texnoparki maxsus sanoat zonasidan boshladi

Shavkat Mirziyoyev Jizzaxga tashrifini Zomin texnoparki maxsus sanoat zonasidan boshladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-iyul kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, Zomin texnoparki maxsus sanoat zonasini borib k…
14:40 / 22.07.2025
Toshkentda o‘zini 9-qavatdan tashlagan 23 yoshli yigit tirik qoldi

Toshkentda o‘zini 9-qavatdan tashlagan 23 yoshli yigit tirik qoldi

Hozirda, mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
11:21 / 22.07.2025
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari ko‘magida Rossiyada qiyin moliyaviy ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ayol oilasi bag‘r…
12:37 / 21.07.2025
Moldova mahbuslar soni bo‘yicha Yevropada yetakchilardan biri

Moldova mahbuslar soni bo‘yicha Yevropada yetakchilardan biri

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat o‘rtachadan ham yuqori natijaga ega
19:21 / 21.07.2025
“Puremilky” kompaniyasi hali kelmagan sanada mahsulotni sotuvga chiqardi

“Puremilky” kompaniyasi hali kelmagan sanada mahsulotni sotuvga chiqardi

Bloger Dilshod Dadaboyev sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyani qonunni buzishda aybladi
23:02 / 21.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!