$
11950.63 UZS
-21.71
147.70 UZS
-0.09
13744.42 UZS
-41.73
31° Kechasi 18°

Ichki ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya Vengriyaga tashrif buyurdi

20:43 / 21.07.2025

Joriy yilning 17-18-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov boshchiligidagi delegatsiyaning Vengriya davlatiga rasmiy tashrifi tashkil etildi.

Tashrifning asosiy maqsadi ikki davlatning huquqni muhofaza qilish sohasidagi hamkorligini rivojlantirish, mamlakatlar ichki ishlar vazirliklarining sohaviy xizmatlari o‘rtasida axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda Vengriya politsiyasining ilg‘or tajribasi bilan tanishishga qaratildi.

Tashrif jarayonida O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latovning Vengriya Ichki ishlar vaziri doktor Shandor Pinter bilan ikki tomonlama rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi shartnomaviy-huquqiy bazani takomillashtirish, xalqaro terrorizm, uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik va giyohvand moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo ishchi uchrashuvlarini tashkil etish, Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Budapesht shahri Politsiya boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, jamoat tadbirlari va turistik obyektlarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tajriba almashish hamda kiberxavfsizlik va raqamli kriminalistika sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha masalalarni muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Vengriya Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi“ imzolandi.

Vengriyaga tashrif jarayonida Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi mamlakatning huquqni muhofaza qilish yo‘nalishidagi ilg‘or tajriba va ta’lim sohasi bilan yaqindan tanishdilar.

Jumladan, tadbir davomida mamlakatimiz delegatsiyasining Vengriya Milliy kiberxavfsizlik instituti boshlig‘i doktor Layosh Sabo bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda tomonlar hozirgi zamon kiber tahdidlariga munosib qarshi turish tizimi, internetdagi xurujlar va hodisalarning oldini olishga qaratilgan idoralararo hamkorlik, kiberjinoyatlarni tahlil qilish usullarini hamda hamkorlikda o‘quv kurslarini tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, mamlakatimiz delegatsiyasi Budapeshtdagi Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi organlar akademiyasi faoliyati bilan ham tanishib, O‘zbekistonlik mutaxassislar uchun xalqaro va malakaviy kurslarda tashkil qilish masalalariga e’tibor qaratdilar.

Budapesht politsiya boshqarmasining xizmat jarayonini o‘rganish davomida, Vengriya poytaxtining Smart City (Aqlli shahar) videonazorat tizimi, jamoat xavfsizligi bilan bog‘liq tahdidlarni prognozlashtirish va tahlil qilish, tezkor vaziyatdan kelib chiqqan holda politsiyaning kuch va vositalarini to‘g‘ri taqsimlash kabi tizim bilan tanishib, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Budapesht shahri Politsiya boshqarmasining amaliy hamkorligini mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Vengriyaning Terrorizmga qarshi kurashish markazining faoliyatini o‘rgandilar. Jarayonda O‘zbekistonlik mutaxassislar Vengriya amaliyotida radikallashgan shaxslarni aniqlash, xalqaro terrorchilik guruhlarini fosh etish, ularning faoliyatini o‘rganish hamda onlayn muhitda tahdidlarni monitoring qilish mexanizmlari bilan tanishdilar.

Tashrif jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi Vengriya Politsiya akademiyasining faoliyati bilan tanishdi.

Akademiya rahbari doktor Ernyo Krauzer bilan olib borilgan muzokaralarda, politsiya xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish, Vengriya politsiyasi tomonidan olib borilayotgan innovatsiyalar va tajribalar O‘zbekiston sharoitida joriy etish, shuningdek, kursantlar va professor-o‘qituvchilar uchun stajirovka tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Vengriyaga rasmiy tashrifi ikki mamlakat o‘rtasida huquqni muhofaza qilish yo‘nalishida hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda o‘zaro ishonchli munosabatlarni yuqori darajaga ko‘tarishga xizmat qiladi.


O‘zbekiston


														
														Endi mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olish uchun ariza topshirish shart bo‘lmaydi

Endi mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olish uchun ariza topshirish shart bo‘lmaydi

“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni tayinlash va to‘lash tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘…
15:12 / 05.11.2025

														
														Sirdaryoda Isuzu to‘xtab turgan “KamAZ”ga urildi

Sirdaryoda Isuzu to‘xtab turgan “KamAZ”ga urildi

Bu haqda Sirdaryo viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
14:27 / 05.11.2025

														
														Tojikistondagi zilzila Sirdaryoda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila Sirdaryoda ham sezildi

Bugun, 5-noyabr kuni soat 10:58:23 da Sug‘d, Tojikiston hududida 4,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.
11:28 / 05.11.2025

														
														Navoiyda sport maktab hisobchisi pora bilan qo‘lga olindi

Navoiyda sport maktab hisobchisi pora bilan qo‘lga olindi

U maktab direktori bilan til biriktirib, murabbiyga ajratilgan puldan ulush olmoqchi bo‘lgan.
11:12 / 05.11.2025

														
														Novosibirskda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ayol va ikki nafar farzandi vatanga qaytarildi

Novosibirskda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ayol va ikki nafar farzandi vatanga qaytarildi

Bosh konsulxona tomonidan ularning O‘zbekistonga qaytishi uchun tegishli sertifikatlar berilib, Migratsiya agentligi vakolat…
10:46 / 05.11.2025

														
														Toshkent viloyatida soliq xodimi 5 ming dollar pora bilan ushlandi

Toshkent viloyatida soliq xodimi 5 ming dollar pora bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan, Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismining tegishli bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ha…
09:58 / 05.11.2025

														
														Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShda o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShda o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi hamda Markaziy Os…
09:16 / 05.11.2025

														
														Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShga yetib bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShga yetib bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoa…
08:13 / 05.11.2025

														
														5-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

5-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent Shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilm…
17:44 / 04.11.2025

														
														Pensiya jamg‘armasi fuqarolarni firibgarlardan ogohlantirdi

Pensiya jamg‘armasi fuqarolarni firibgarlardan ogohlantirdi

Pensiya jamg‘armasi O‘zbekistonda nafaqa miqdorini oshirib berishni va’da qilib firibgarlik qilayotganlar paydo bo‘lganidan …
17:37 / 04.11.2025

Bu ham qiziq

“Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zoligi bo‘yicha muzokaralar yil oxirigacha davom etadi” – Yevropa Ittifoqi

“Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zoligi bo‘yicha muzokaralar yil oxirigacha davom etadi” – Yevropa Ittifoqi

Yevropa komissiyasi Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zoligi bo‘yicha muzokaralar yil oxirigacha davom etishini aytdi.
18:07 / 04.11.2025
Ukrainada majburiy mehnatga majburlangan 19 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

Ukrainada majburiy mehnatga majburlangan 19 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

Xalqaro migratsiya tashkilotining Ukraina va Moldova bo‘yicha ofislari moliyaviy ko‘magida 28-oktyabr kuni fuqarolar Kiyevda…
12:31 / 04.11.2025
Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlarga 5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi

Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlarga 5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi

Bu yangi tizim nafaqat bu yilgi, balki oliygohni tugatganiga 3 yil bo‘lmagan bitiruvchilar uchun ham amal qiladi.
16:35 / 04.11.2025
Eron prezidenti o‘z maoshini maktab qurilishi uchun yo‘naltirdi

Eron prezidenti o‘z maoshini maktab qurilishi uchun yo‘naltirdi

Bu haqda SNNTV nashriga Maktablarni ta’mirlash, rivojlantirish va jihozlash milliy tashkiloti rahbari Rizo Xonmuhammadiy ma’…
10:37 / 04.11.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShda o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShda o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi hamda Markaziy Os…
09:16 / 05.11.2025
4-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

4-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

4-noyabr kuni Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat…
17:31 / 03.11.2025
Toshkentda sex yonib ketdi

Toshkentda sex yonib ketdi

Bu haqda Toshkent shahar FVB axborot xizmati xabar bermoqda.
13:19 / 04.11.2025
Endi mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olish uchun ariza topshirish shart bo‘lmaydi

Endi mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olish uchun ariza topshirish shart bo‘lmaydi

“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni tayinlash va to‘lash tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘…
15:12 / 05.11.2025
JCh U-17. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi yurishini boshlaydi

JCh U-17. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi yurishini boshlaydi

Eslatib o‘tamiz, Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan musobaqa 3-noyabrda start olgandi. Turnirning final bahsi esa 2…
12:19 / 05.11.2025
So‘nggi 2 yil ichida 163 nafar jurnalist o‘ldirilgan

So‘nggi 2 yil ichida 163 nafar jurnalist o‘ldirilgan

Butun dunyoda 2023-yilning avgustidan joriy yilning may oyigacha 163 nafar jurnalist o‘ldirilgan. Bu haqda Birlashgan Millat…
18:00 / 03.11.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!