$
12437.15 UZS
62.6
153.34 UZS
0.21
14480.57 UZS
55.56
36° Kechasi 19°

Dahshatli tush ko‘rishning ham foydasi bor: u miyani xavfga tayyorlaydi

15:08 / 27.11.2019

Olimlar qo‘rquvga soluvchi dahshatli tushlarning ijobiy tomonini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Ularning fikricha, bunday tushlar asab tizimini “mashq qildiradi” va shu orqali asablarni real stressli vaziyatlarga tayyorlaydi. Tadqiqot natijalari ilmiy jurnal – Human Brain Mappingda chop qilindi.

Qo‘rqinchli tush miya qismlarini faollashtiradi

Tadqiqotning birinchi bosqichida 18 ta ko‘ngilli ishtirok etdi. Elektroensefalograf tekshiruvi yordamida mutaxassislar uyqu vaqtida ishtirokchilarning bosh miya faoliyatini tekshirishdi. Ularning boshiga 256 ta datchik mahkamlandi. 

Hamma narsa tayyorlab olingach, har bir ishtirokchi kechasi bir necha marta uyg‘otilib, qo‘rqinchli tush ko‘rdimi-yo‘qmi, so‘ralgan. Olingan natijalar qayd qilib borilgan.

Картинки по запросу Ученые рассказали о пользе кошмаров

Natijalarga ko‘ra

“Dahshatli tush ko‘rgan vaqtda miyaning qaysi qismlari faollashishini bilmoqchi bo‘ldik. Shu maqsadda ishtirokchilarning qo‘rqinchli tush ko‘rgan va ko‘rmaganligi haqidagi javobiga qarab, tushda qo‘rquv hissiga javob beruvchi miyaning ikki asosiy bo‘limi faollashishini aniqladik. Markaziy qism uyg‘oqlik vaqtidagi hissiyotlarga javob beradi va u qo‘rquvni his qilganimizda faollashadi. Old bo‘lim esa organizmni xavf reaksiyasiga tayyorlaydi. Tadqiqotlarda biz uyg‘oqlik va uyqu vaqtida miyaning, aynan, bir xil qismlari faollashishini aniqlashga muvaffaq bo‘ldik”, – deydi Jeneva universiteti xodimi, olim Lampros Perogamvros.

Shundan so‘ng, olimlar yana bir tadqiqot o‘tkazishdi. Bu galgi tadqiqotda 89 nafar ishtirokchi qatnashdi. Ular ertalab uyg‘ongach, tushda ko‘rganlari va hissiyotlarini qayd qilib borishlari kerak bo‘lgan. Shundan so‘ng magnit-rezonans tomografiyasi yordamida ishtirokchilarning zo‘ravonlik va ofatlar aks ettirilgan suratlarga javob reaksiyasini aniqlashdi. “Uyqu vaqtida inson qancha ko‘p qo‘rquvni his etsa, miya bo‘limlari shuncha kam faollashadi. Bu esa bizni xavfni kutib olishga tayyorlaydi”, – deydi olim Perogamvros.

Endi Jeneva universiteti olimlari bemorlardagi xavotir holatini tush ko‘rish terapiyasi orqali davolashni rejalashtirmoqda.


Bu ham qiziq

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun QQS yengillashtiriladi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun QQS yengillashtiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bil…
09:20 / 05.09.2025
Qaysi hududda aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining yuqori o‘sishi qayd etildi?

Qaysi hududda aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining yuqori o‘sishi qayd etildi?

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 21,9 foizga oshgan
20:50 / 04.09.2025
Yangi quriladigan aeroport uchun O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlaridan yer ajratiladi

Yangi quriladigan aeroport uchun O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlaridan yer ajratiladi

Bu haqda Toshkent viloyati Kadastr agentligi rasmiy axborot berdi
18:49 / 04.09.2025
Xitoy uzoq masofaga yetib bora oladigan yangi ballistik raketani namoyish etdi

Xitoy uzoq masofaga yetib bora oladigan yangi ballistik raketani namoyish etdi

AQSh va Xitoy o‘rtasida ehtimoliy keskinlashuv amalda yuz bersa, bu qurolning ahamiyati oshib ketishi taxmin qilinmoqda
22:26 / 03.09.2025
Namangan IIBB: “Fuqaroni qiynoqqa solganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”

Namangan IIBB: “Fuqaroni qiynoqqa solganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”

Rasmiy munosabatda aytilishicha, hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda
21:52 / 03.09.2025
Kuz faslida nega allergik kasalliklar avj oladi?

Kuz faslida nega allergik kasalliklar avj oladi?

Bu borada mutaxassis tavsiyasi bilan tanishamiz
22:53 / 03.09.2025
Chilonzorda avtomobil yonib ketdi

Chilonzorda avtomobil yonib ketdi

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘qligi va hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanayotgani ma’lu…
09:36 / 04.09.2025
Namangan va Andijon viloyatlarida sifati kafolatlanmagan dori vositalarining savdoga chiqarilishini oldi olindi

Namangan va Andijon viloyatlarida sifati kafolatlanmagan dori vositalarining savdoga chiqarilishini oldi olindi

Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
22:56 / 04.09.2025
Mahsulotni yetishtirishda bir qancha xarajatlar uchun hisobga olingan QQSni qaytarib berish amaliyoti saqlanib qoladi

Mahsulotni yetishtirishda bir qancha xarajatlar uchun hisobga olingan QQSni qaytarib berish amaliyoti saqlanib qoladi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i yengillashtiriladi
19:35 / 04.09.2025
5-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

5-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:49 / 04.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!