$
12194.21 UZS
-16.5
149.97 UZS
-0.39
13984.32 UZS
-51.89
31° Kechasi 18°

6-may holatiga O‘zbekistonda 76 nafar bemor tuzalib, koronavirusdan butunlay sog‘ayganlar soni 1577 nafarni tashkil etmoqda

19:40 / 06.05.2020

Xorazm (14 nafar), Andijon (7 nafar) viloyatlari hamda Toshkent shahrida (9 nafar) jami 30 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar 1577 nafarga  yetdi.

Xorazmda tuzalganlarning barchasi Rossiyadan charter reys bilan olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Hududlar kesimida – Namangan va Samarqand viloyatlaridan 3 nafardan, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridan 2 nafardan, Buxoro va Jizzax viloyatlaridan 1 nafardan. Ularning 11 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 81 yoshli otaxon bo‘lsa, eng yoshi kichigi 16 yosh. Viloyatda shu paytga qadar 153 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 167 nafarga yetdi.

Andijonda darddan forig‘ bo‘lganlarning barchasi ushbu viloyatdan (5 nafari Andijon shahridan, 2 nafari Xo‘jaobod tumanidan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 5 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 53 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 15 yoshda. Viloyatda shu paytga qadar 126 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 133 nafarga yetdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan 6 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 3 nafar, jami 9 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay  sog‘ayib, reabilitatsiyaga  kuzatildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida sog‘ayganlarning 5 nafari Toshkent shahridan, 1 nafari esa Surxondaryo viloyatidan. Ularning 3 nafari Rossiyadan charter reysda O‘zbekistonga kelishgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, mazkur klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlarning 4 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 63 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 15 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan tuzalganlarning 2 nafari (73 yoshli hamda 40 yoshli ayollar) Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. 1 nafari (29 yoshli erkak) esa Qoraqalpog‘iston Respublikasidan bo‘lib, Qozog‘iston Respublikasidan yurtimizga kelgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. 

Toshkent shahrida shu paytga qadar 459 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 468 nafarga yetdi. 

Shunday qilib, bugunning o‘zida  76 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1577 nafarni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 2231 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 644 nafar bemor davolanmoqda.

Manba


Bu ham qiziq

Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

“Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–48-son, 30.03.2026-yil) qabul qilindi.
17:07 / 31.03.2026
Rossiya Kubaga 100 ming tonna neft jo‘natdi

Rossiya Kubaga 100 ming tonna neft jo‘natdi

Oq uy Rossiya tankeri tomonidan Kubaga neft yetkazilganiga izoh berdi.
17:49 / 31.03.2026
Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozogʻiston R…
09:23 / 01.04.2026
“Yosh ekolog” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

“Yosh ekolog” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

Qarorga ko‘ra, 2026-yildan oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan yashil kampus loyihalari ishlab chiqiladi va Ekologiya qo‘mit…
12:24 / 30.03.2026
Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Bundan tashqari, mazkur qaror bilan qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, avtomototransport vositasini ro‘y…
12:37 / 01.04.2026
Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Bu bilan bir vaqtda respublikamiz hududlarida 21 mingga yaqin yurtdoshlarimiz yana 164 gektar maydonda 88 ming tup ko‘chat o…
11:42 / 01.04.2026
Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik” boshlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik” boshlandi

Bugun, 30-mart kuni ushbu haftalik Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘z ishini boshladi.
14:31 / 30.03.2026
Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Yangi Farmonga ko‘ra, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish …
09:16 / 01.04.2026
Eskirgan avtomobillarni topshirganlarga yangisini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi

Eskirgan avtomobillarni topshirganlarga yangisini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi

2026-yil yakuniga qadar “Ekologik transport” tizimi doirasida Toshkent shahrining hududi “qizil”, “sariq” va “yashil” zonala…
09:30 / 31.03.2026
“O‘zgidromet” hududlarni suv bosishidan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” hududlarni suv bosishidan ogohlantirdi

🔷Joriy yilning 31-mart va 2-6-aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hud…
14:47 / 30.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!