$
12447.35 UZS
86.49
146.08 UZS
0.42
14545.97 UZS
66.46
31° Kechasi 18°

Prezident farmoni «paynetchilar» masalasini hal etdi

10:38 / 29.06.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi.

Hujjatga muvofiq, 2019 yil 1 avgustdan boshlab kalendar yili davomida xizmatlarni realizatsiya qilishdan olgan tushumi 100 million so‘mdan oshgan, biroq bir milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar xizmat haqi summasidan 25 foiz stavkada yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tadi.

 Masalan, barcha tushumi 100 million so‘mdan ortgan «paynetchilar»  ko‘rsatilgan xizmat uchun realizatsiya qilingan summaning 2,5 foizi miqdorida haq oladi. Shunga qaramay, ular yakka turdagi tadbirkor sifatida barcha tushumning 4 foizi miqdorida soliq to‘lashiga to‘g‘ri kelayotgandi.

Prezident farmoni bilan ushbu masalaga yechim taklif etildi: endilikda ta'kidlangan toifadagi tadbirkorlar realizatsiya qilingan summadan (2,5 foizli haq) chorak qismini soliq sifatida to‘laydi.

Shuning bilan bir qator masalalar ham hal etildi. Xususan, 4,5 mingga yaqin telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar  ish o‘rnini barqaror saqlab qoladi. Bundan tashqari, soliq to‘lovchi tadbirkorlar onlayn pul o‘tkazmalar orqali xizmat ko‘rsatish, bir vaqtning o‘zida xufiyona iqtisodiyotga qochmaydi.

Ma'lumot uchun, 2018 yilda telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlari tomonidan  7 milliard so‘mga teng summa realizatsiya qilingan.


Bu ham qiziq

Paxta va don qabulini elektron hisobga olish tartibi belgilandi

Paxta va don qabulini elektron hisobga olish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan “Paxta va don qabul qilish hamda uning elektron hisobini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqla…
12:03 / 11.09.2025
Toshkentda pulli “parkovka”lar hududidagi “dom”lar aholisi uchun imtiyoz beriladi

Toshkentda pulli “parkovka”lar hududidagi “dom”lar aholisi uchun imtiyoz beriladi

Bu haqda poytaxt hokimligining Matbuot xizmati xabar berdi.
12:30 / 11.09.2025
Isroil Yaman poytaxtiga zarba berdi

Isroil Yaman poytaxtiga zarba berdi

Yaman poytaxti Sanada Isroil tomonidan amalga oshirilgan havo hujumlari qayd etilgan.
20:29 / 10.09.2025
Qashqadaryoda qariyb 211 million so‘mlik sifatsiz dori vositalarining savdosining oldi olindi

Qashqadaryoda qariyb 211 million so‘mlik sifatsiz dori vositalarining savdosining oldi olindi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda
20:19 / 11.09.2025
Retsept talab qilinadigan dorilar uchun elektron retsept tizmi yo‘lga qo‘yiladi

Retsept talab qilinadigan dorilar uchun elektron retsept tizmi yo‘lga qo‘yiladi

Hukumat qarori bilan “Tibbiyot tashkilotlarida retsept bilan beriladigan dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlas…
17:52 / 11.09.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 57 ta harbiy vertolyotni qaytaradimi?

O‘zbekiston Afg‘onistonga 57 ta harbiy vertolyotni qaytaradimi?

Bu haqda Afghanistan International manbalariga tayanib xabar bermoqda.
17:15 / 11.09.2025
O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi

Umummilliy ro‘yxatga olish mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk marotaba o‘tkaziladi
22:34 / 11.09.2025
Toshkentda yana bir ko‘cha 20 kunga yopildi

Toshkentda yana bir ko‘cha 20 kunga yopildi

Ushbu muddatda qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 640 metr uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari yangilanish ko‘zda tutilgan.
10:24 / 11.09.2025
Nukusda 10 ga yaqin harbiy xizmatchi jarohatlandi

Nukusda 10 ga yaqin harbiy xizmatchi jarohatlandi

Milliy gvardiyaning O‘zAga ma’lumot berishicha, joriy yilning 10-sentyabr kuni Nukus dala o‘quv maydonida, amaliy o‘quv mash…
14:31 / 11.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!