$
11808.76 UZS
-12.42
₽
142.16 UZS
1.72
€
13404.12 UZS
-15.28
31° Kechasi 18°

Surxondaryoda ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan 20 nafar shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi

09:27 / 11.09.2025

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha Boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi qaroriga binoan terrorchilik tashkiloti deb tan olingan va mamlakatda faoliyati taqiqlangan “Tavhid va jihod katibasi” terrorchilik tashkiloti tarafdorlaridan iborat noqonuniy guruh faoliyatiga chek qo‘yilgan.

Guruh a’zolari orasida muqaddam ekstremistik g‘oyalar bilan bog‘liq sodir etgan jinoyatlari uchun 2021-yilda yengillik qo‘llanilib, shartli ozodlik bilan ochiqlikda qoldirilgan shaxslar ham bo‘lgan.

2024-yilda tashkil etilgan guruh a’zolari viloyatning tog‘oldi hududlarida hordiq chiqarish niqobi ostida o‘tkazilgan diniy yig‘inlarda terrorchilik tashkilotlari g‘oyaviy rahnamolarining ma’ruzalarini tinglab, Suriya davlatiga borib, jangarilar safida “jihod” qilish va o‘zlarini portlatish yo‘li bilan “shahid” bo‘lish masalalarini muhokama qilishgan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali “Tavhid va jihod katibasi” tashkiloti yollovchilari bilan muloqot o‘rnatib, ular yuborgan qo‘lbola portlovchi qurilmalar va zaharlovchi moddalar tayyorlashning elektron yo‘riqnomalari yordamida keyinchalik qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirishni reja qilishgan.

Shu maqsadda Telegram messenjeridagi yopiq guruhda xorijdagi terrorchilar ko‘magida portlovchi moddalar tayyorlash bo‘yicha nazariy bilimlarni o‘rganishgan.

Ta’kidlash joizki, jinoiy guruhning 4 nafar a’zosi internetdagi targ‘ibotlar ta’sirida Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilishga ulgurgan. Natijada ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, rasmiy qidiruv e’lon qilingan.

Guruhning 20 nafar faol a’zosiga nisbatan sud hukmi o‘qildi va ular Jinoyat Kodeksining 155,  155-2,  155-3,  159,  244-1 va 244-2 moddalari bilan aybli deb topilib, qilmishlariga mos ravishda 6-yildan 13-yilgacha ozodlikdan mahrum etilgan.


O‘zbekiston


														
														14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi belgilanmoqda

14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi belgilanmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasini i…
17:01 / 30.09.2026

														
														O‘zbekistonda shakar miqdori yuqori ichimliklarga ogohlantirish yozuvlari qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda shakar miqdori yuqori ichimliklarga ogohlantirish yozuvlari qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda alkogolsiz ichimliklar tarkibidagi shakar miqdori haqida majburiy ogohlantiruvchi yozuvlar joriy etilishi reja…
16:19 / 30.09.2026

														
														O‘zbekistondagi maktablarda ayrim fanlar to‘liq i tilida o‘qitiladi

O‘zbekistondagi maktablarda ayrim fanlar to‘liq i tilida o‘qitiladi

O‘zbekistondagi 100 ta maktabda ayrim fanlar to‘liq ingliz tilida o‘qitiladi. Bu haqda bugun, 30-sentyabr kuni Prezident Sha…
15:47 / 30.09.2026

														
														Termizda Damas avtomobilida 21 nafar bola olib ketilayotgani aniqlandi

Termizda Damas avtomobilida 21 nafar bola olib ketilayotgani aniqlandi

Termiz shahrida Damas avtomobilida 21 nafar voyaga yetmagan bola olib ketilayotgani aniqlandi. Bolalar xususiy oilaviy bog‘c…
15:42 / 30.09.2026

														
														Ishlaydigan onalarning oilaviy bog‘cha badali budjet hisobidan qoplanadi

Ishlaydigan onalarning oilaviy bog‘cha badali budjet hisobidan qoplanadi

Kelasi yil 1-yanvardan 2–3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishlaydigan onalarning bog‘cha badali budjet hisobidan…
14:37 / 30.09.2026

														
														Bog‘chalarda o‘yin orqali ta’lim berish dasturi barcha muassasalarga joriy etiladi

Bog‘chalarda o‘yin orqali ta’lim berish dasturi barcha muassasalarga joriy etiladi

Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘yin orqali ta’lim berishga qaratilgan yangi dastur yil yakuniga qadar 38 mingdan ortiq b…
14:32 / 30.09.2026

														
														O‘zbekistonda xususiy maktablarni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi imtiyozlar beriladi

O‘zbekistonda xususiy maktablarni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi imtiyozlar beriladi

Joriy yilda O‘zbekistonda birinchi sinfga 800 ming bola qabul qilindi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 10 foiz ko‘p. 20…
14:23 / 30.09.2026

														
														O‘qituvchilar uchun kasbiy rivojlanish vaucherlari joriy etiladi

O‘qituvchilar uchun kasbiy rivojlanish vaucherlari joriy etiladi

O‘zbekistonda pedagoglar uchun poytaxt yoki viloyat markaziga borib, bir oylik majburiy malaka oshirish kursida o‘qish talab…
14:17 / 30.09.2026

														
														Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham fan olimpiadalari o‘tkaziladi

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham fan olimpiadalari o‘tkaziladi

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham fan olimpiadalari yo‘lga qo‘yiladi. Kelasi yildan 4-sinf o‘quvchilarining olimpiada…
14:14 / 30.09.2026

														
														O‘qituvchilar uchun yangi imtiyozlar e’lon qilindi

O‘qituvchilar uchun yangi imtiyozlar e’lon qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi chor…
14:01 / 30.09.2026

Bu ham qiziq

Bog‘chalarda o‘yin orqali ta’lim berish dasturi barcha muassasalarga joriy etiladi

Bog‘chalarda o‘yin orqali ta’lim berish dasturi barcha muassasalarga joriy etiladi

Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘yin orqali ta’lim berishga qaratilgan yangi dastur yil yakuniga qadar 38 mingdan ortiq b…
14:32 / 30.09.2026
Prezident shaxmatchilarni Olimpiadadagi tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi

Prezident shaxmatchilarni Olimpiadadagi tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari a’zolari hamda ularning yaqinlari b…
16:37 / 29.09.2026
30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
09:58 / 30.09.2026
14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytirilishi taklif qilinmoqda

14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytirilishi taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik va jinsiy tajovuzlar uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyiha…
12:49 / 29.09.2026
O‘qituvchilar uchun kasbiy rivojlanish vaucherlari joriy etiladi

O‘qituvchilar uchun kasbiy rivojlanish vaucherlari joriy etiladi

O‘zbekistonda pedagoglar uchun poytaxt yoki viloyat markaziga borib, bir oylik majburiy malaka oshirish kursida o‘qish talab…
14:17 / 30.09.2026
Ko‘p ekran vaqti bolalar rivojidagi ayrim muammolar bilan bog‘liq ekani aniqlandi

Ko‘p ekran vaqti bolalar rivojidagi ayrim muammolar bilan bog‘liq ekani aniqlandi

Kalgari universiteti olimlari 64 ta mamlakatdan 2,8 milliondan ortiq bola haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, ekran qarshis…
09:23 / 30.09.2026
Hindistonda 600 yillik masjidning bir qismini buzishga qarshi namoyish bo‘ldi

Hindistonda 600 yillik masjidning bir qismini buzishga qarshi namoyish bo‘ldi

Hindistonning Ujjayn shahrida qariyb 600 yillik Shahi masjidining bir qismini buzish rejasiga qarshi musulmonlar namoyishga …
15:21 / 29.09.2026
O‘zbekistondagi maktablarda ayrim fanlar to‘liq i tilida o‘qitiladi

O‘zbekistondagi maktablarda ayrim fanlar to‘liq i tilida o‘qitiladi

O‘zbekistondagi 100 ta maktabda ayrim fanlar to‘liq ingliz tilida o‘qitiladi. Bu haqda bugun, 30-sentyabr kuni Prezident Sha…
15:47 / 30.09.2026
O‘zbekistonda quyosh panellari o‘rnatgan fuqarolarga 105,4 mlrd so‘m subsidiya ajratiladi

O‘zbekistonda quyosh panellari o‘rnatgan fuqarolarga 105,4 mlrd so‘m subsidiya ajratiladi

2026-yil avgust oyida “Quyoshli xonadon” dasturidan foydalangan 61 548 nafar fuqaro quyosh panellari orqali ishlab chiqarib,…
09:34 / 30.09.2026
O‘zbekistonda banklar uchun firibgarlik operatsiyalarini aniqlash bo‘yicha yangi talablar belgilanadi

O‘zbekistonda banklar uchun firibgarlik operatsiyalarini aniqlash bo‘yicha yangi talablar belgilanadi

O‘zbekistonda banklar va to‘lov tashkilotlarida firibgarlik operatsiyalarini aniqlash bo‘yicha yangi talablar joriy etilishi…
10:35 / 30.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!