$
12634.34 UZS
-18.98
162.37 UZS
0.48
14821.34 UZS
-0.76
36° Kechasi 23°

Qaysi hududlari “yashil” toifadagi hudud sanaladi? "Yashil" hududlarda ruxsat berilgan faoliyat turlari ma’lum qilindi

02:20 / 07.05.2020

O‘zbekistonda joriy yil 8-maydan boshlab karantin choralarini bosqichma bosqich bekor qilishga oid Respublika maxsus komissiyasining axboroti e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 6-maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq koronavirus tarqalishi holatining hududlar kesimidagi tahlilidan kelib chiqib, karantin cheklovlari joriy yilning 8-mayidan boshlab quyidagi uchta toifaga kiruvchi hududlarga ajratilib, bosqichma bosqich bekor qilib boriladi.

Uchinchi – “yashil” toifadagi hudud – koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan (yoki aniqlangan shaxslar to‘liq sog‘aygan) hududlar:

– Navoiy, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari.

“Yashil” hududlarda, qolgan toifadagilarga qo‘shimcha ravishda:

– park va istirohat bog‘lari (attraksion va ko‘ngilochar ob’yektlar faoliyati bundan mustasno), 
–  avtotransportlarning stikersiz harakatiga,
–  davlat tashkilotlarida fuqarolar qabullariga ham ruxsat beriladi. 

  “Yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda yo‘nalishsiz taksilarga yo‘lovchi tashishga, sartaroshxona va go‘zallik salonlari hamda savdo majmualari faoliyat yuritishiga quyidagi talablar asosidagina ruxsat berildi:

– yo‘nalishsiz taksilar – yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to‘silgan bo‘lishi, haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi (tibbiy niqobsiz yo‘lovchini tashish taqiqlanadi), yo‘lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tkazilishi hamda faqat o‘z (avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) hududida harakatlanishi lozim.

– sartaroshxona va go‘zallik salonlari – xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar tomonidan shaxsiy himoya vositalari – tibbiy xalat yoki kombinezon, tibbiy niqob (N95 yoki ustma-ust 2 ta oddiy spanbond niqobli), yuzni to‘liq to‘sadigan himoya maskasi va tibbiy qo‘lqopdan foydalangan holda “1 ta xizmat ko‘rsatuvchi shaxs – 1 ta mijoz” tamoyili asosida ijtimoiy masofani saqlagan holda ishlashi lozim

– savdo majmualari – qat’iy ijtimoiy masofani saqlagan holda ruxsat etiladi, bunda savdo majmuasining attraksion, ko‘ngilochar, ovqatlanish bo‘linmalari, kinoteatr va o‘yin maydonchalari faoliyatiga ruxsat berilmaydi.


Bu ham qiziq

Surxondaryoda ikki bosh morxo‘r ovlagan shaxslar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Surxondaryoda ikki bosh morxo‘r ovlagan shaxslar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Ular ovlagan burama shoxli echkilar “Qizil kitob”ga kiritilgan bo‘lgan.
16:47 / 13.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat avtomobilida mototsiklchi bilan poyga uyushtirdi

Toshkentda YPX xodimi xizmat avtomobilida mototsiklchi bilan poyga uyushtirdi

Ammo, Xudoyberganov YPX xodimining xizmat mashinasida poytaxtning markaziy ko‘chasida katta tezlikda harakatlanib, mototsikl…
14:59 / 12.07.2025
Okeaniya mintaqasida yangi davlat tuziladi

Okeaniya mintaqasida yangi davlat tuziladi

Ammo bu mamlakat muxtoriyat maqomida bo'ladi
22:25 / 12.07.2025
Abduqodir Husanov tezlik bo‘yicha APLda eng yaxshilaridan biri deb topildi

Abduqodir Husanov tezlik bo‘yicha APLda eng yaxshilaridan biri deb topildi

U mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha bir qator yulduzlarni ham ortda qoldirdi
22:32 / 13.07.2025
13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20–23 daraja iliq, kunduzgi harorat esa 35–38 daraja bo‘ladi
23:13 / 12.07.2025
Farg‘onada Gentra haydovchisi tanishini qasddan bosib ketdi

Farg‘onada Gentra haydovchisi tanishini qasddan bosib ketdi

Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.
11:28 / 13.07.2025
Samarqandda sifatsiz qurilayotgan maktablar buzib tashlandi

Samarqandda sifatsiz qurilayotgan maktablar buzib tashlandi

Ularda rekonstruksiya ishlari sifatsiz holda amalga oshirilayotgani aniqlangan.
17:34 / 12.07.2025
Tennis. Karlos Alkaras Uimbldon finaliga yo‘l oldi

Tennis. Karlos Alkaras Uimbldon finaliga yo‘l oldi

Londonda davom etayotgan tennis bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining erkaklar o‘rtasidagi bahsl…
13:13 / 12.07.2025
KXDR Rossiyani Ukrainaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

KXDR Rossiyani Ukrainaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Rossiyaning Ukrainadagi urushini “shartsiz qo‘llab-quvvatlashini” bildirdi — bu haqda Px…
10:33 / 13.07.2025
Taxtiqoracha dovoni orqali pulli tunnel qurilishi bo‘yicha shartnoma imzolanadi

Taxtiqoracha dovoni orqali pulli tunnel qurilishi bo‘yicha shartnoma imzolanadi

Tunnel qurilishidagi asosiy murakkabliklar geologik sharoit va tog‘lik hududda ish olib borish bilan bog‘liq.
18:01 / 12.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!