$
12634.34 UZS
-18.98
162.37 UZS
0.48
14821.34 UZS
-0.76
36° Kechasi 23°

Kun tarixi: Yerning “tomi”da ilk bor televizion lavha namoyish etilgan kun

11:19 / 05.05.2020

1988-yil 5-may kuni ilk bor Yer sayyorasining eng yuqori nuqtasi – Everest tog‘ining tepasida televizion lavha namoyish etildi. Ulanishlar hali ham to‘xtovsiz ishlashini hisobga olsak, o‘sha paytlarda bu aql bovar qilmas texnologik yutuq edi.
Bu balandlik inson tomonidan 1953-yilda zabt etilgandi. Shu bilan birga bugungacha Everest haqida u yerda bir qancha filmlar suratga olingan.

• U yerda 2007-yildan beri Xitoy operatorlaridan biri tomonidan o‘rnatilgan sun’iy yo‘ldosh aloqasi mavjud, ammo u unchalik chidamli emas. Everestda 2011-yildan beri italiyalik olimlar tomonidan o‘rnatilgan Jomolungma veb-kamerasi global tarmoqqa ma’lumot uzatib kelmoqda.
 
• Tog‘ dengiz sathidan 8848 metr balandlikda joylashgan. U Yerning eng baland nuqtasi bo‘lib, uni hatto Yerning “tomi” ham deyishadi.

• Tog‘ning uchta nomi bo‘lib, ulardan eng tarqalgani Everest. Bunday nom 1865-yil Jorj Everest tog‘ning joylashishi va balandligini aniqlaganligi sharafiga qo‘yilgan. Mahalliy aholi esa uni Jomolungma, deb atashadi.

• Everestni ilk bor 1953-yil 29-mayda Edmund Hillari va Tensing Norgeylar zabt etishgan. Shundan keyin Everestni zabt etish poygasi boshlanib ketadi.

• 1975-yil 16-mayda Everestga ilk bor ayol kishi – yaponiyalik ayol Yunko Tabey ko‘tarilgan. 1978-yil 8-mayda esa, italiyalik Raynxold Messener va avstraliyalik Piter Hebeler ilk bor kislorod balonlarisiz Everestni zabt etishgan. Shundan so‘ng, ikkalasi ham “7500 metrlik balandlikda tanangiz sizga tegishli bo‘lmay qoladi”, deya ta’kidlashgan.

• 2001-yil Everestga Erik Veyxenmayer ismli ilk ko‘zi ojiz inson ko‘tarildi. Bungacha u barcha qit’alardagi eng yuqori nuqtalarni zabt etgan edi.

• 2004-yilda ikki inson, 13 yoshli Purna Malavat Everestni zabt etgan eng yosh ayol, 72 yoshli Bill Berk esa eng keksa alpinist sifatida rekord o‘rnatishdi.

• Dunyoning “tomi”da 2004-yilda birinchi to‘y bo‘lib o‘tgan. Bu nepallik Moni Mule Pati va Pem Jorji Sherpalarning to‘yi edi.

• 2011-yil Ketron Kul Twitter’idagi shaxsiy sahifasida to‘qqizinchi marta Everestda ekanligi haqida xabar bergan va bu Yerning eng yuqori nuqtasidagi ilk tvit edi.

• 1953-yildan shu kungacha Everestni zabt etish jarayonida 200 nafardan ortiq odam vafot etgan. Shunga qaramay har yili 500 nafarga yaqin inson o‘z kuchi va chidamliligini sinashga harakat qilib ko‘radi.

Guljahon Sanjarbekova tayyorladi


Bu ham qiziq

Toshkentda sun’iy intellektga asoslangan kameralar ishga tushdi

Toshkentda sun’iy intellektga asoslangan kameralar ishga tushdi

Toshkent shahridagi 10 ta piyodalar o‘tish joyida AI (sun’iy intellekt) texnologiyasiga asoslangan kuzatuv kameralari ishga …
09:50 / 12.07.2025
KXDR Rossiyani Ukrainaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

KXDR Rossiyani Ukrainaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Rossiyaning Ukrainadagi urushini “shartsiz qo‘llab-quvvatlashini” bildirdi — bu haqda Px…
10:33 / 13.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat avtomobilida mototsiklchi bilan poyga uyushtirdi

Toshkentda YPX xodimi xizmat avtomobilida mototsiklchi bilan poyga uyushtirdi

Ammo, Xudoyberganov YPX xodimining xizmat mashinasida poytaxtning markaziy ko‘chasida katta tezlikda harakatlanib, mototsikl…
14:59 / 12.07.2025
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yaponiya elchisi bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yaponiya elchisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda kun tartibidagi bir qancha masalalar muhokama qilindi
19:01 / 12.07.2025
O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Afg‘oniston va Pokiston transport idoralari ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazildi
22:43 / 11.07.2025
Okeaniya mintaqasida yangi davlat tuziladi

Okeaniya mintaqasida yangi davlat tuziladi

Ammo bu mamlakat muxtoriyat maqomida bo'ladi
22:25 / 12.07.2025
Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona viloyati IIB haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
17:31 / 13.07.2025
Farg‘onada Gentra haydovchisi tanishini qasddan bosib ketdi

Farg‘onada Gentra haydovchisi tanishini qasddan bosib ketdi

Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.
11:28 / 13.07.2025
O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilmoqda?

O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilmoqda?

O‘zbekistonda sug‘urtaning qaysi turi ko‘proq qo‘llanilishi ma’lum qilindi.
15:06 / 13.07.2025
Suriyaning muvaqqat prezidenti Ozarbayjonga keldi

Suriyaning muvaqqat prezidenti Ozarbayjonga keldi

Ozarbayjon rahbari bu uchrashuvni o'ta muhim deb atagan
19:59 / 12.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!