Mamlakatimizning Benilyuks davlatlaridagi Elchixonasi 2020-yil 3-yanvar kuni Amsterdam shahrida (Niderlandiya) sirk shousidagi o‘z chiqishi chog‘ida 10 metr balandlikdan qulab tushgan akrobatlar, O‘zbekiston fuqarolari Kristina Vorobyeva va Rustem Osmanov Amsterdam Medical Center tibbiyot majmuasiga yotqizilganligini xabar qildi.
Vaziyat Elchixona nazoratiga olingan. Zarur yordamni ko‘rsatish uchun Konsullik bo‘limi xodimi Amsterdam shahriga jo‘nab ketdi. Kristina Vorobyeva ikki bor operatsiya qilindi va uchinchi jarrohlik amaliyotini o‘tkazish masalasi hal qilinmoqda. Turmush o‘rtog‘i Rustem Osmanovning sog‘ligi barqaror deb baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonlik akrobatlar Niderlandiyadagi tomosha vaqtida sirk gumbazi balandligidan pastga tushib ketganligi haqida xabar bergan edik. https://bit.ly/2tCiJtR
Fojia erkak akrobat sherigi bo‘lgan ayolni bir qo‘lida ushlab, ikkinchi qo‘lini bo‘sh qo‘ygan paytida yuz bergan. Ular birgalikda 10 metr balandlikdan qulab tushishgandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!