Dunyoda shunday insonlar borki, ular hammaga o‘xshamaydi va ularning o‘ziga xos tomonlari tibbiyot-u ilm-fanni boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yadi. Biz quyida o‘ziga xos qobiliyatga ega bo‘lgan dunyoning yigirmata g‘aroyib kishisi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni keltirib o‘tamiz.
1. Jasprit Singx Kalra
JASPRIT SINGX KALRA o‘z vatanida “rezina yigit” sifatida juda mashhur. Uning tanasi shunchalik qayishqoqki, u boshini deyarli 180 darajada bura oladi. Biroq bu g‘aroyib yigitchaning o‘z tanasi bilan bajaradigan o‘nlab tryuklardan biri hisoblanadi.
2. Fransisko Domingo Joakima
FRANsISKO DOMINGO JOAKIMA ismli Sambizanga shahrilik bu yigit yuz mushaklari bilan odamni hayratga soladigan ishlarni amalga oshiradi. Hatto Ginness rekordlari kitobi uning og‘zini dunyodagi eng katta og‘iz, deya tan oldi. Insonlar odatda ovqat solib chaynaydigan joyga, rekordchi bemalol Koka-kola idishini sola oladi. Fransiskoning og‘iz o‘lchami 16,99 sm. ga teng.
3. Chjan Ruifang
Xitoyda istiqomat qiluvchi 101 yoshli ChJAN RUIFANGning peshonasida mana bir necha yildirki noma'lum sabablarga ko‘ra o‘simta kattalashmoqda. O‘simta zararli emas, biroq u juda ham shayton shoxiga o‘xshab ketadi. “Axir shoh bitta-ku”, deb uni tasodiy va ona-tabiatning bir hazil sifatida qabul qilsangiz, ayolning peshonasidagi uzun shox bilan aynan bir qatorda yana bir shox o‘sib chiqayotganini qanday baholaysiz. Gapirishga til ojiz!
4. Jino Martino
JINO MARTINO — ommani turli xil qattiq jismlarni sindira olish qobiliyati bilan lol qoldiruvchi amerikalik professional kurashchi va artist. Bunday buyumlar sirasiga temir xivichlar, beysbol taxtalari va beton bloklarini kiritish mumkin. Uning bosh suyagi hatto besh metr balandlikdan tushgan bouling shariga ham dosh bergan. Tibbiyot xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, Jinoning bunday g‘ayrioddiy fizik qobiliyati tabiatan mustahkam bosh suyagiga egaligi bilan izohlanadi. Shuning uchun ham uni Sandon-odam deyishadi.
5. Tim Kridland
TIM KRIDLAND ko‘p yillardan beri “Zamora – qiynoqlar qiroli” taxallusi bilan butun dunyoga o‘zining noyob qobiliyati – og‘riqlarga dosh bera olishini namoyish qilib kelmoqda. U o‘ziga nayza sanchgan, olov va shamshirni yutgan, mixlar ustiga yotgan va bularning barchasi uning karerasi davomida amalga oshirgan eng xavfli ishlariga misol bo‘ladi. Tim Kridlandning nomi Ginnes rekordlari kitobidan joy olgan.
6. Vim Xof
Gollandiyalik VIM XOF o‘ta past haroratga chidamlilik qobiliyatiga ega. U qor ustida oyoq yalang marafonlarda yugurgan, sovuq suvga kirgan va muz vannada uzoq vaqt – 1 soat-u 52 daqiqa o‘tirib, dunyo rekordini o‘rnatgan. Bundan tashqari, Vim Xof faqatgina bitta short kiygan holda Kilimanjaro tog‘i cho‘qqisiga ko‘tarilgan. Shuning uchun ham unga “Muz odam” nomi berilgan. Vim sovuqni umuman his qilmaslik holatiga tibbiyot yordamisiz erishganini ta'kidlaydi. Tadqiqotchilar ham Vimning o‘z vegetativ asab tizimini va immun tizimi ta'sirlanishini aqlan nazorat qilish qobiliyatiga ega ekanligini tasdiqlashdi.
7. Yakov Tsiperovich
Oddiy elektrik Yakov Tsiperovich haqiqiy “biorobot”ga aylandi. Uning birinchi xotini uni zaharlashga uringan, biroq Yakov tirik qolgan. Shundan so‘ng Yakov oldingiday his qilmayotgan tanasini nazorat qilishni qayta o‘rganishga majbur bo‘ldi. U karavotga yotganida noma'lum bir kuch uni turg‘izar va vertikal holatda bo‘lishga to‘sqinlik qilardi. Tsiperovich ham oddiy insonlar singari charchar va uxlagisi kelardi. Mudrashni boshlagan zahoti esa miyasida qandaydir tovush paydo bo‘lib, uxlashga bermasdi.
Ayni paytda Tsiperovich 54 ga to‘ldi va Minskda yashaydi. Mana 33 yildirki u uyqu nimaligini bilmaydi va uning yoshini 35 dan ko‘p demaysiz.
8. Chan Van Xey
Vetnamlik Chan Van Xeyning 6,8 metrlik sochi bo‘lgan. Ammo afsuski, bu haqda hech qachon Ginnesning rekordlar kitobiga xabar bermagan. 79 yoshli Xey Kiyen Jiang provinsiyasida (Janubiy Vetnam) istiqomat qilib, dorivor giyohlar bilan shug‘ullangan. U sochini o‘stirishni 25 yoshidan juda oddiy, lekin g‘aroyib sabab tufayli boshlagan. U har safar sochini tekislatganda qattiq kasal bo‘lib qolardi. U shifokorlarga murojaat qilib o‘tirmay, shunchaki sochini oldirishni to‘xtatib, uni o‘rishni boshladi. U yillar davomida qalin arqonga aylandi.
9. Sadxu Bxarati
SADXU AMAR — mana 40 yildirki, 1973 yildan buyon qo‘l suyagi qurib qolganligi tufayli undan foydalana olmaydi. U qo‘lini Shiva xudosiga hurmat bajo keltirish timsoli sifatida tepaga ko‘targan.
Sadxu 1970 yilgacha odatiy hamma qatori hayot kechirgan. U ishlardi, uning turmush o‘rtog‘i, oilasi va uch nafar farzandi bor edi. U oddiy hind edi. Biroq kunlarning birida u endi oilasiga ham, o‘ziga ham tegishli emasligini. Faqat xudoga tegishli ekanligini anglab yetdi.
U Hindiston yo‘llarida sayohatga otlandi. Bir necha yillik sargardonlikdan so‘ng ont ichib, o‘ng qo‘lini kelasi qirq yil davomida pastga tushirmaslik uchun tepaga ko‘tardi. Shunda 1973 yil edi. Aytishlaricha, u qo‘lini gunohlardan forig‘ bo‘lish timsoli sifatida ko‘targan. Biroq ba'zilar Sadxu qo‘lini yer yuzida kechayotgan urushlarga norozilik sifatida ko‘targan deyishadi.
Shunday qilib, Sadxu Amar Bxarati ko‘tarilgan qo‘l bilan qirq yildan beri yashab kelmoqda. Shu yillar davomida uning ishlatilmagan qo‘li qurib, faqat suyak va quruq teridan iborat jonsiz tayoqqa aylangan.
10. Mexmet Ozyurek
TURKIYaLIK MeXMeT OZYuReKning burni “Lo Show dei Record” nomli Italiya dasturi s'yemkalarida tantanali o‘lchanib, 8,8 sm uzunlikda (peshonasidan burnining uchigacha) ekanligi aniqlandi va 2010 yilda Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.
Shifokorlarning aytishicha, Mexmet burundagi teri elementlarining o‘sishi bilan kechuvchi teri kasalligi – rinofim bilan og‘rigan. Kun kelib u o‘z rekordini yangilashi mumkin, chunki uning burni hali ham biroz bo‘lsa-da, o‘sishda davom etmoqda.
11. Masutatsu Oyama
Karatening afsonaviy ustasi, Kyokusinkay usulining asoschisi, o‘ninchi dan sohibi Masutatsu Oyama kurash san'atining mashhur vakillaridan biri. Oyama yapon kurashchilarining “bitta zarba – bitta o‘lim” prinsiplari asosida zarba beradi.
Oyama 17 qavat cherepitsa va 3-4 ta g‘ishtni bir zarba bilan sindiradi. U buqalar bilan ellikdan ortiq jang o‘tkazgan. Ularning uchtasini qo‘li bilan tiriklayin o‘ldirdi, 49 tasining esa qo‘l qovurg‘asi usuli bilan shoxini sindirdi. U yana yo‘lbars va sherlar bilan kurashishni istagandi, lekin unga hayvonlar bilan shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lishga ruxsat etishmadi. Keyinroq Oyama o‘z kuchini namoyish qilish uchun jonivorlarni o‘ldirish kerak emasligini tan oldi.
12. Mishel Lotito
MISheL LOTITO “Monsieur Mangetout”, ya'ni “Mse hamma narsani yeydi” nomi bilan ham mashhur. 1959 yildan 1997 yilgacha u samolyot, yettita televizor, 18 ta velosiped, 15 ta arava va Eyfel minorasining bir qismini, jami taxminan to‘qqiz tonna metall buyumlar yutgan.
Lotitoning hayratga soluvchi qobiliyatining sababi nimada ekan? Bu fenomen ilm-fan va tibbiyotda “pikatsizm” deb nomlanadi. U yeb bo‘lmaydigan narsalarga moyillik bilan kechadigan ovqatlanishdagi buzilishdir. Juda qalin oshqozon shilliq qavati Lotitoga metall bo‘laklarini iste'mol qilish imkonini yaratgan. U metalni maydalab, o‘simlik moyi qo‘shgan holda tanovvul qilgan va ustidan suv ichgan. Shunisi qiziqki, Mishel Lotitoning o‘limiga uning ovqatlanish tarzi sabab bo‘lmagan, u tabiiy o‘lim topgan.
13. Kerol Enn Yager
KEROL ENN YaGeR — dunyodagi eng og‘ir ayol shu bilan birga tibbiyot tarixidagi eng og‘ir odamlardan biri. Uning 1600 funtni (727 kg) tashkil qiladigan maksimal og‘irligi hujjatlarda qayd etilmagan; rasmiy manbalarda uning maksimal og‘irligi – 544 kg (uzunligi – 170 sm). Kerol yoshligidan ovqat qabul qilish muammosi bilan qiynalgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga dastlab oilasining yaqin do‘sti tomonidan qilingan og‘ir tajovuz sabab bo‘lgan. Biroq u boshqa intervyularida uning ovqatlanish odatlariga ta'sir o‘tkazib, shunday semirib ketishiga boshqa sabablar ham bo‘lganini aytib o‘tgan. Ular “shkafdagi skeletlar” va “mahluqlar”. Qizning tanasi og‘ir bo‘lganidan u mustaqil harakatlana olmagan. Shuningdek, Kerol Yager tabiiy yo‘l bilan eng ko‘p vazn yo‘qotgan ayol hisoblanadi. Uch oy davomida jarrohlik aralashuvisiz rasman 236 kilogramm vazn yo‘qotilgani ro‘yxatga olingan.
14. Jill Prays
JILL PRAYS, 42 yoshli kaliforniyalik ayol 12 yoshidan buyon bo‘lib o‘tgan barcha hodisalarni xronologik ketma-ketlikda eslaydi. U hayotidagi har bir voqeani, o‘sha paytda televizorda bo‘layotgan ko‘rsatuvdan tortib toki olamda bo‘lgan yangiliklargacha hammasini eslaydi. Shunchaki unga ma'lum bir sanani ayting va u sizga o‘sha kun haftaning qanday kuni bo‘lgani va unda qanday voqealar sodir bo‘lgani haqida aytib beradi. Ba'zi odamlar uning bu xususiyatiga havas qilishadi, ammo superxotira hammaga ham berilavermaydi. Tasavvur qilinga, hayotingizda bo‘lib o‘tgan har bir xodisani qayta va qayta boshdan kechirsangiz, xuddi ular hozirgina bo‘lib o‘tganday. Bundan tashqari hayotimizda hech qachon yodga tushurishni xohlamaydigan hodisalar ham bo‘ladi. Mutaxassislar Jillning xotirasi uchun dori vositasini hali o‘ylab topishganicha yo‘q.
15. Aleks Lenkey
Ingliz Aleks Lenkey 16 yoshidan beri o‘z-o‘zini gipnoz qilish bilan shug‘ullanadi. U osteoartrit bo‘yicha o‘tkazilgan jarrohlik operatsiyasida an'anaviy og‘riqsizlantirish xizmatidan kechib, o‘zini gipnoz holatiga soldi. 83 daqiqa davom etgan operatsiyada gipnozchining bilagi ochilib, yong‘oqday keladigan suyagi olib tashlandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u operatsiya davomida doktorning barcha gaplarini va suyaklar ovozini eshitgan, biroq hech qanday og‘riq sezmagan.
Bundan oldin gipnoz ostida Aleks Lenkeyning churrasi ham olib tashlangan. Shuningdek, u bir kuni singan qo‘lining og‘rig‘ini susaytirish maqsadida o‘g‘lini ham gipnoz qilgan.
16. Yosiro Nakamatsu
Yaponiyalik Tomas Alva Edison, telba olim, tarixdagi daho ixtirochi – 85 yoshli yapon olimini insonlar mana shunday atashadi. Ko‘pchilik uning IBM AQSh kompaniyasidan 20 yil oldin mashhur floppi-disklarni kashf qilganini va ixtiro qilgan buyumlari sonining ko‘pligi bilan rekord o‘rnatganini ta'kidlaydi. Uning ixtirolari 3,300 ga yetgan.
U kashf qilish jarayoniga falsafiy qaraydi. Har bitta qilingan yangi ijod mahsulini u besh qavatli iqlimga teng, deb biladi. Uning birinchisi qalb quvvati, axir aynan u insonga kashfiyotning mashaqqatli yo‘lidan yurishda kuch bag‘ishlaydi.
Ikkinchi qavat sog‘lom tana. So‘ngra – o‘qish. Shu o‘rinda Nakamatsu haqiqiy ixtirochi texnik bilimlar bilan bir qatorda ijtimoiy bilimlarni ham yaxshi egallashi kerakligini ta'kidlaydi. Keyin esa tajribalar o‘tkazish mahorati va albatta, iqtidor turadi.
17. Jonatan Li Riches
JONATAN LI RICheS — elektron aloqalar vositalaridan foydalanishdagi firibgarligi hukmi bilan qamalgan Kentukki shahridagi Federal qamoqxona mahbusi. Bundan tashqari, u Amerika sudiga bir kishi tomonidan bir qancha sabablarga ko‘ra eng ko‘p da'vo ochgan kishi sifatida rekordchi hisoblanadi.
2006 yilning boshida Jonatan sudga o‘zining ilk arizasini topshirgan. Shundan keyin yetti yil davomida u ikki yarim mingdan ortiq da'vo bilan murojaat etgan. U o‘zining sa'y-harakatlari tufayli faol fuqaro sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Jonatan esa bunga javoban kitobni sudga bergan. 2012 yilda u reper Kane Uest va aktrisa Kim Kardashyanni terrorizmda ayblab sudga berdi.
18. Amu Xoji
60 yildan beri biron marta yuvinmagan eronlik 80 yoshli Amu Xoji Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. U shuncha vaqt mobaynida nafaqat yuvinmagan, balki suvning yaqiniga ham yo‘lamagan.
Xoji Eron janubidagi Fors provinsiyasining Dejax qishlog‘i yaqinida yashaydi. Qishda uning boshpanasi sovuq bo‘lib qolganida, u qishloqdoshlari qurib bergan g‘isht kulbaga ko‘chib o‘tadi.
Eronlik bu kishi hali yosh bo‘lgan vaqtida yuvinishni to‘xtatgan. Xojining aytishicha, hissiy omadsizlik va psixik jarohatlar tufayli u tozalik qoidalariga rioya qilmay qo‘ygan. U suvdan qo‘rqadi. U qo‘lini yuvishi yoki yuvinishi bilanoq kasal bo‘lib qolishiga ishonadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!