“O‘zgidromet” bunday harorat may oyining boshiga qaraganda ko‘proq yoz mavsumi uchun xos ekanini ma’lum qildi.
Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Havo harorati ko‘tarilishi davom etadi, kunduz kunlari havo +35 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +39 darajagacha isiydi.
Harorat foni oyning birinchi o‘n kunligi oxirida biroz pasayadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Keyinchalik harorat kechalari 17-22 darajadan 10-15 darajagacha, kunduz kunlari 32-37 darajadan 25-30 darajagacha o‘zgarib turadi.
Umuman olganda, joriy may oyida o‘rtacha oylik harorat iqlimiy me’yor atrofida, ba’zi joylarda undan 1-2 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!